Inkrustatsiya
Inkrustatsiya (lotincha: incrustatio — qadash) — bezash usuli; buyum, binolar (tarzi, interyeri va boshqalar)ni badiiy bezashda keng qoʻllanadi. Yogʻoch, tosh, sadaf, suyak, koshin va boshqa boʻlaklaridan qadab, yopishtirib naqsh, yozuv, tasvir hosil qilinadi. Bezatilayotgan sirtga undan boshqa material (yogʻoch, sadaf va b.)dan yoki ayni shu materialning boshqa ranglisi (masalan, oq marmarga qora marmar, oq yogʻochga qora yogʻoch) oʻyib qadaladi. Xalq amaliy bezak sanʼatida yogʻochga yogʻochdan inkrustatsiya qilish muqatta, xotamkori deb ataladi[1].
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |