Inna Semenivna Bulkina (ukraincha: Іnna Semenіvna Bulkіna; 1963-yil 12-noyabr — 2021-yil 20-yanvar) — ukrainalik adabiyot tanqidchisi, yozuvchi va muharrir.

Inna Semenivna Bulkina
Tavalludi 12-noyabr 1963-yil
Vafoti 20-yanvar 2021-yil(2021-01-20)
(57 yoshda)
Kiyev, Ukraina
Fuqaroligi Sovet IttifoqiUkraina bayrogʻi Ukraina

Biografiya

tahrir

Bulkina 1963-yil 12-noyabrda Kiyev shahrida tugʻilgan.[1][2]

1980-yillarda u Estoniyadagi Tartu universitetida o‘qigan.[3] 1993-yilda u „E.A. Baratinskiyning mualliflik toʻplamlari XIX asrning birinchi yarmidagi rus sheʼrlar toʻplami anʼanasi fonida“ mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Uning doktorlik dissertatsiyasi „Киев в русской литературе первой трети XIX века“ (oʻzbekcha: „Kiyev rus adabiyotida XIX asrning birinchi yarmida“) mavzusida boʻlgan va Tartu universitetida himoya qilib, fan nomzodi ilmiy darajasini oldi.

Bulkina 19-asr rus sheʼriyati, Rossiya va Ukrainada sovet va postsovet madaniyatini oʻrgangan. Keyinchalik u Kiyevdagi Pushkin muzeyida ishlagan va (ukraincha: Український центр культурних досліджень) Madaniy siyosat institutida ilmiy xodim boʻlgan.

U "Русского журнала" sharhlovchisi boʻlibgina qolmasdan, turli jurnallar va veb-saytlar uchun ham yozgan. U "Знамя", "Новый мир" va "Новое литературное обозрение" kabi bosma jurnallar va shuningdek, "Ежедневный журнал", Гефтер (gefter.ru) va "Русский журнал" kabi onlayn jurnallarga ham hissa qoʻshgan. Uning asarlari adabiyot va ijtimoiy-siyosiy mavzularga, jumladan, Kiyevning rus va ukrain madaniyatidagi o‘rni, Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi va zamonaviy Ukraina adabiyotiga bag‘ishlangan.

Bulkina „Jurnal pulp“ loyihasining muallifi[4] va Киев. Фотографии на память (oʻzbekcha: Kiev. Xotiradagi fotosuratlar) antologiyalarini va Киев в русской поэзии (oʻzbekcha: Kiyev rus sheʼriyatida) va " Числа " (oʻzbekcha: raqamlar) sheʼriy toʻplami tuzgan.[5]

Bulkina 2021-yil 20-yanvarda Kiyevda kutilmaganda vafot etdi

Manbalar:

tahrir
  1. „Інна Булкіна. In Memoriam, Євген Мінко, Тамара Гундорова“ (uk). Критика (2021-yil fevral). Qaraldi: 2022-yil 28-fevral.
  2. „Умерла Инна Булкина“ (uk). polit.ru (2021-yil 20-yanvar). 2021-yil 2-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 5-avgust.
  3. „В Киеве умерла филолог и литературный критик Инна Булкина“ (ru). Радио Свобода (2021-yil 20-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 28-fevral.
  4. Marsh, Rosalind J.. Literature, History and Identity in Post-Soviet Russia, 1991-2006 (en). Peter Lang, 2007 — 57-bet. ISBN 978-3-03911-069-8. 
  5. „Умерла филолог и литературный критик Инна Булкина“ (ru). jewseurasia.org. Qaraldi: 2022-yil 28-fevral.