Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz

Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, Oʻzbekiston Respublikasi Inson huquqlari boʻyicha milliy markazi – OʻzR Prezidentining farmoni (1996-yil 31 oktyabr) bilan tuzilgan markaz. Inson huquqlari va erkinliklarini muhofaza qilishning taʼsirli vositasini barpo etish, xalqaro tashkilotlar hamda huquqni muhofaza qilish tashkilotlari bilan hamkorlikni kengaytirish, davlat muassasalari xodimlari va barcha aholining inson huquqlari boʻyicha madaniyatini oshirish maqsadida, BMTning inson huquqlari va boshqaruv tizimini demokratiyalashni qoʻllabquvvatlash dasturiga muvofiq tashkil etilgan. Davlatga qarashli, taxlil, maslahat, idoralararo va muvofiklashtirish organi hisoblanadi. Asosiy vazifalari: inson huquqlari boʻyicha milliy harakat rejasini ishlab chiqish; shu soxaga oid milliy maʼruzalar tayyorlash; tegishli oʻquv-uslubiy adabiyotlar nashr etish, tadqiqotlar oʻtkazish.

Markaz huzuridagi jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi va bolalar qabulxonasida bepul yuridik maslahatlar beriladi. Inson huquqlarini buzish hollari yuzasidan fuqarolarning ariza va shikoyatlari koʻrib chiqilib, hal etiladi. Markaz BMT maxsus boʻlinma va tashkilotlari, Yevropa Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YEXHT) Demokratik muassasalar va inson hukuklari boʻyicha byurosi, AQSH, Angliya, Fransiya, Italiya, Hindiston kabi davlatlarning elchixonalari, Amerika yuristlar assotsiatsiyam, K. Adenauer fon-di, Soros fondi, F. Ebert fondi va sh. k. jamgʻarmalar bilan yaqin hamkorlikda faoliyat yuritadi. BMT Taraqqiyot dasturi (PROON) bilan birga taʼsis etilgan „Demokratlashtirish va inson huquqlari“ ilmiy-ommabop jurnali oʻzbek, ingliz va rus tillarida chop etiladi. Markaz huzurida inson huquqlari boʻyicha ommaviy kutubxona tashkil etilgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil