Interkontinental
Interkontinental – Oʻzbekistondagi birinchi besh yulduzli mehmonxona. Toshkentdagi Amir Temur koʻchasida joylashgan. Xalqaro savdo-koʻrgazma majmuasi tarkibida. Milliy va eng zamonaviy meʼmoriy uslubda qurilgan (1996, bosh meʼmori Azamat Toʻxtayev).
Interkontinental 16 qavatli, 246 xonadan iborat. Xonalar kichik bar, seyf, yoʻldosh orqali uzatiladigan televizor, konditsioner, xalqaro telefon bilan jihozlangan. Bosh vestibyuli va qavatlarida dam oladigan joy (xoll), 4 ta restoran, bar, qahvaxona, konferensiya zali (1000 oʻrinli), sauna, sogʻlomlashtirish klubi, basseyn, shuningdek, Amir Temur nomidagi konferensiya zali va billurli katta zali mavjud. IQurilishida 27 xorijiy firma ish- I tirok etgan. Bosh pudratchisi Turkiya- * ning "Yuksal Inmaat" firmasi, qurilishini "Aysel" korxonasi amalga oshirgan. Ichki bezak va jihozlari Amerikaning "Grexand" kompaniyasi tomonidan bajarilgan. Foyesi oʻzbekona uylardagi kabi ichki hovlili, kichik favvoraga raqs tushayotgan sharq goʻzali haykalchasi oʻrnatilgan. Amir Temur nomidagi konferensiya zalidagi jihozlar klassik jihatdan oddiy, B. Jalolovning "Tun maʼbudasi" va "Afrosiyob" nomli kompozitsiyalari naqshlar bilan uygʻunlashtirilgan. Lyuks xonalari va restoran devorlari oʻziga xos sharqona pardozlangan. Binoni tashqi tomondan bezashda Italiya gra-nitlaridan foydalanilgan. Ustunlardagi sher aksi tushirilgan marmarlar Afrikadan keltirilgan. Mehmonxonani qurishda yogʻoch, metall, tosh va oynadan foydalanilgan.
Mehmonxona atrofidagi madaniy sogʻlomlashtirish, biznes va savdo markazlari, Milliy bank binosi, "Toshkentlend" (sunʼiy koʻl va xiyobon) bogʻ — koʻli bilan uzviy bogʻlangan.[1]
Manbalar
tahrir
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |