Inverewe bogʻi (shotland gaelcha: Gàradh Inbhir Iù) — Shotlandiya togʻlarining Vester Rossdagi botanika bogʻi hisoblanadi. U Gʻarbiy Rossdagi Puludan shimolda joylashgan boʻlib, maydonining kengligi bilan ajralib turadi.

Inwerewe
Joylashuv Shotlandiya
Xarita
Koordinatalari 57°46′34.705″N 5°36′7.398″W / 57.77630694°N 5.60205500°W / 57.77630694; -5.60205500 G OKoordinatalari: 57°46′34.705″N 5°36′7.398″W / 57.77630694°N 5.60205500°W / 57.77630694; -5.60205500 G O
Inverewe bogʻidagi hovuz

Bogʻ 1862-yilda Osgud Makkenziga[1][2] onasi tomonidan sotib olingan 850-gektar (2,100-acre)ochiq maydonda bunyod etilgsn. Dastlab, shamol va tuproqni taʼminlash qiyin boʻlgan. Muammolarni hal qilish uchun u katta daraxtlar va butalar aralashtirib ekkan, masalan Korsika qarag'ayi, Duglas archasi, Rhododendrons va boshqalar[2]. Shunday qilib, uning maqsadi imkon qadar koʻproq ekzotik oʻsimliklar yetishtirish boʻgan va u 1922-yilda soʻngi nafasigacha mehnat qildi.[2]. 1914-yilda yongʻin oqibatida Asl Inverewe Lodge vayron boʻldi va 1937-yilda hozirgi Inverewe uyi bilan almashtirildi. Bogʻ tahminan 20 gektar (50 acre) maydonni egallaydi va 2500 dan ortiq ekzotik oʻsimliklar va gullarni oʻz ichiga oladi. Yana 2,000 gektar (2,000 gektar) yer dam olish va tabiatni muhofaza qilish uchun moʻljallangan[3].Bogʻ va mulk 1952-yilda Osgudning qizi Mayri Soyer tomonidan Trestga berilgan va shundan beri Milliy Trestning mulki boʻlib qoldi[4].Kichik bogʻ jamoasi bogʻ barpo qilishni davom qilyapti. Ayni paytda bog'da 10 ta malakali bogʻbon bor. Inverewe yil davomida gullaydigan eʼtiborga loyiq rhododendron bazasiga ega boʻladi[5]. Bogʻda Erythroniumsning katta bazasi mavjud. Bu gullar bilan bahorda va yilning oxirida bogʻda Erythronium festivali oʻtkaziladi.Shimoliy Atlantika oqimining taʼsiri tufayli yozda devor bilan oʻralgan bogʻ va chegaralar bu yerda oʻsadigan dunyoning turli burchaklaridan koʻplab ekzotik oʻsimliklari bilan ajralib turadi[6]. Hatto qishda ham Inverewe rang-barang boʻlib, qobigʻi chiroyli va nozik rangda boʻladi tabiiy va madaniy daraxtlar, Vollemi kabi daraxtlar xilma-xillikni aks ettiradi.

Taniqli xodimlari tahrir

Duglas Makkay Xenderson 1987-yildan 1992-yilgacha maʼmur.

Tashqi havolalar tahrir

Shotlandiya Milliy Trestidagi Inverewe Garden haqida maʼlumot

Manbalar tahrir

  1. „Inverewe Garden: Overview“. Gazetteer for Scotland. Qaraldi: 2018-yil 11-aprel.
  2. 2,0 2,1 2,2 G., Hessayon, D.. The bedside book of the garden. London: Expert Books, 2008. ISBN 978-0903505697. OCLC 213301421. 
  3. MacLeod, Dawn. Oasis of the North (1958).
  4. „Inverewe Garden: Overview“. Gazetteer for Scotland. Qaraldi: 2018-yil 11-aprel.
  5. „Garden“ (2021-yil 28-iyul).
  6. „Inverewe Garden: Overview“. Gazetteer for Scotland. Qaraldi: 2018-yil 11-aprel.