Ipakchi mahallasi
Ipakchi mahallasi — Shayxontohur tumanidagi mahalla. Eski Jariq va uchtepa tumanidagi "Degrez" mahallalari bilan chegaradosh. 1967-yilda tashkil topgan. 1956-yilda shu hududga O'rta Osiyo ipakchilik ilmiy tadqiqot instituti ko'chib kelgan, shu hududdagi aksari fuqarolar institutga ishga kirgan, mahalla nomi shundan kelib chiqqan. Aholisi 5378 kishi, asosan, o'zbeklar (2009). Mahalla hududida 2 sport inshooti, 1 sanoat korxonasi, bolalar bog'chasi, 6 oziq-ovqat do'koni, 2 dorixona, kafe, novvoyxona, masjid, 5 madaniy-maishiy muassasa mavjud. [1]
Ipakchi Ipakchi mahallasi | |
---|---|
Mahalla | |
Mamlakat | O'zbekiston |
Shahar | Toshkent |
Tuman | Shayxontohur |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Telefon kodi | +998 (71) |
Pochta indeks(lar)i | 700002 |
Avtomobil kodi | 01 |
Manbalar
tahrir- ↑ Toshkent.Ensikopediya. Toshkent: Oʻzbekiston, 2009 — 254-bet.