Iqrornoma
"Iqrornoma"- 1879-1882- yillar oraligʻida yozilgan Lev Tolstoyning hasbi hol janrida yozilgan asarlaridan biri. Jahon adabiyotida bu singari asarlarning soni koʻp emas. Ular orasida eng mashhurlari Jan Jak Russo, Oskar Uayld singari yozuvchilarniki anchayin muvaffaqiyatli[1]. Asarning asosiy mazmuni – yozuvchining koʻp yillik ichki kechinmalarini sarhisob qilish, ogʻriqli va ehtirosli izlanishlarda aziyat chekkan hayotning mazmuni haqida yangi tushuncha berish. 1882-yili „Rus tafakkuri“ („Russkaya misl“,№ 5) jurnalining may oyi sonida asarni joylashtirish rejasi bor edi, ammo pravoslav cherkovining senzurasi nashrga keskin qarshilik koʻrsatdi. Asar ilk bor 1884-yil Jenevada nashr qilindi. 1906-yilda esa Rossiyada "Всемирный вестник" jurnalining birinchi sonida chop etildi[2].
Asl nomi | Исповедь,о жизни |
---|---|
Muallif(lar) | Lev Tolstoy |
Tarjimon(lar) | Ozod Sharafiddinov, Bogdan Baran (ingiz tili) |
Mamlakat | Rossiya |
Til | ruscha |
Janr(lar)i | hasbi hol |
Nashr etilgan sanasi | 1978-yil 1-yanvar |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 1928, 1991, 2008 (Maʼnaviyat), 2018 |
Sahifalar soni | 126 bet (Maʼnaviyat) |
ISBN | ISBN 978-9943-04-076-2 |
Asar haqida
tahrirIqrornomaning eng muhim jihati shundaki, Tolstoy asarda qaysi muammo haqida bahs yuritmasin, hamisha bu muammolarni oʻz hayoti misolida tahlil qilgan va biror oʻrinda ham samimiyatdan chekinish, maqtanchoqlikka, manmanlikka, oʻzini pardozlab koʻrsatishga uringan emas. Mana, quyidagiparchaga bu fikrlarni isbotlashi mumkin: „Men urushda odam oʻldirganman, oʻldirmoq niyatida duelga chaqirganman, tasarrufimdgi yigitlarni qartaga boy berganman, ularning mehnati evaziga yashaganman, ularni qatl etganman. Yolgʻonchilik, oʻgʻirlik, har xil rangdagi zinokorlik, ichkilikbozlik, zoʻravonlik, qotillik… Men qilmagan jinoyat qolgan emas…“ Koʻrinadiki, „ Iqrornoma“ yuksak samimiyat bilan oʻzi haqida yozilgan oʻta shafqatsiz qalam tebratish bilanoq inson haqida haqida fikr yuritganda bir tomonlamalikka yoʻl qoʻymaslik zarurligini, masalaning hamma qirralariga birday eʼtibor bilan qarash kerakligini oʻrgatadi. „Iqrornoma“ning yana bir fazilati – muallif fikrlarining gʻoyatda oʻtkirligida. U har gal betakror bir sinchkovlik bilan masalaning mohiyatigacha yetib borishga harakat qiladi va natijada kitobxon ilgari kam eʼtibor bergan jihatlarini ochib, uni yanada qiziqtirib, oʻz ortidan yetaklaydi. „Iqrornoma“ 1879-yilda, yaʼni adibning 51 yoshida yozib boshlangan, lekin unin mazmuni haqida, asarda qoʻyilgan axloqiy-maʼnaviy va falsafiy masalalar toʻgʻrisida Tolstoy kamida 20 yoshdan oʻylay boshlagan[3]. Asar dastlab „Dogmatik ilohiyot tanqidiga kirish“ deb nomlangan boʻlib, toʻrt qismdan iborat asarning birinchi qismi boʻlgan[4].
Tahlili
tahrirRus adabiyotining milliy shon-sharafiga aylangan Lev Tolstoy yoshi ellikdan oʻtgach, shon-sharafini, boyligini rad etdi, chunki u ichki olamida vayronagarchilik his qildi. U kimgadir oʻrgatish uchun hech narsasi yoʻq ekanini oʻylay boshlaydi. „Hayotingizdan albatta maʼno topishingiz kerak, yoʻqsa biror kun miyangizni yoʻqotib qoʻyishingiz hech gap emas“, deb yozgan edi adib. Uning hayoti, moddiy va maʼnaviy boyliklariga qaramay, buni toʻldirmaydi; hamma narsa bemaʼni, majburlangan; Hamma yozuvchilar biladigan dahshatli haqiqat bor, ammo deyarli hech kim asarlarini shon-shuhrat izlab yozilgan deb tan olmaydi. Tolstoy bu yerda oʻz asarlarini shuhratparastlik va magʻrurlik uchun yozishni boshlaganini tan olgan. Endi yaxshilikka va mukammallikka intiladigan hayot bu cheklangan va keraksiz tasavvurga rioya qila olmaydi. Shuning uchun u yozuvchilar doirasiga kirib, shoirlar va sanʼatkorlarning eʼtiqodi, yaʼni ijodning asl ahamiyati va qadriyatiga ishonishni boshlaganda, Tolstoy oʻzida nochorlik, siqilish va bezovtalikni his qiladi, chunki u bu sohada „Men nimani bilaman va boshqalarga nimani oʻrgatishim mumkin?“ kabi fundamental savollar berishning hojati yoʻqligini anglaydi. Chunki ijodkor oʻrgatish qobiliyatiga ham ega boʻlishi kerak. Tolstoy aytganidek, u oʻzi nimani oʻrgatayotganini bilmasdan turib yozishi va boshqalarga dars berishi mumkin edi. Shuning uchun rus yozuvchisi izlanishni davom ettirishga qaror qiladi, yozishdan tashqari, undagi iymon faqat hayotning maʼnosini tushunishga yordam bermaydigan xurofot ekanini, ayniqsa yordamga muhtoj boʻlgan yosh, aqlli, mehribon akasining vafotidan soʻng anglagan edi. Tolstoy yozadi: „U bir yildan koʻproq azob chekdi, nima uchun yashaganini va nima uchun oʻlganini tushunmay, azobda oʻldi“.
Keyin unga chalkashliklar va javobsiz savollar kela boshladi. Hayot toʻxtadi va oʻz joniga qasd qilish fikri bilan yashay boshladi. „Siz faqat hayotning masrurligi davom etar ekan, yashashingiz mumkin, lekin kimdir bu mastlikdan xalos boʻlganda, bularning barchasi ahmoqona yolgʻon ekanini koʻrmaslik mumkin emas!“ deb yozadi Tolstoy. Biroq bu falsafiy mulohazalar ham yozuvchini ishontira olmaydi. Yagona haqiqat – oʻlim, qolgani yolgʻon. Tolstoy bu haqiqatni buyuk mutafakkirlar Suqrot, Shopengauer, Sulaymon va Budda misolida tasdiqlaydi. „Men qarilik, azob va oʻlim borligini bilgan holda hayotdan zavqlana olmadim“, deb yozadi u. Adibni „hayot ongi“ deb ataydigan va oddiy, savodsiz va kambagʻal odamlarda kashf etgan juda kuchli tuygʻu hayotga qaytaradi. Bu kashfiyot – iymon va ishonch edi[5].
Manbalar
tahrir- ↑ Ozod, Sharafiddinov „Buyuk adibning iqrornomasi“. Xurshid Davron kutubxonasi. Qaraldi: 24-iyul 2024-yil.
- ↑ „Исповедь (Комментарии, вариант 2)“. tolstoy-lit.ru. (ruscha)
- ↑ „Lev Tolstoy. “Iqrornoma”dan“. Xurshid Davron kutubxonasi. Qaraldi: 24-iyul 2024-yil.
- ↑ „Anna Karenina“. Britannika.com. Qaraldi: 24-iyul 2024-yil.
- ↑ Alimov, Nurbek „Buyuk yozuvchining iqrori. "Iqrornoma" romani haqida“. daryo.uz. Qaraldi: 24-iyul 2024-yil.