Irgʻa
(Irg'adan yoʻnaltirildi)
Irgʻa, qoʻngʻir (Anas strepera) — oʻrdaksimonlar oilasining turi. Oʻrtacha kattalikdagi qush, vazni 0,73–1,3 kg . Yevropa, shimoliy Amerika va Osiyoda tarqalgan. Asosan, shimoliy va Oʻrta dengiz qirgʻoqlarida hamda shimoliy Amerikaning janubida qishlaydi. Oʻzbekistonda uya quradi, migratsiya davrida uchrab, qisman qishlaydi. Irg'a suv oʻsimliklari moʻl boʻlgan koʻllarda yashaydi. Uyasini suvdan uzoq boʻlmagan quruq yerlarga quradi; 6–14 dona tuxum qoʻyadi. Ularni 27–28 kun bosadi. Bolalari tuxumdan chiqishi bilan suvga tushib, suza boshlaydi. 2 oyligida uchirma boʻladi. Asosan, suv oʻsimliklari, suvda yashaydigan umurtqasiz qayvonlar bilan oziqlanadi. Goʻshti uchun ovlanadi[1].
Manbalar
tahrir