Iridotsiklit (lot. iris - yey va kyklos — aylana, itis — yalligʻlanish) — koʻz rangdor pardasi bilan kipriksimon tanachasining yalligʻlanishi. Revmatizm, sil, zaxm, streptokokk va stafilokokk infeksiyalari, shuningdek, moddalar almashinuvining buzilishi va koʻzning shikastlanishi sabab boʻladi. I. da bemor yoruqqa qaray olmaydi, koʻzi yoshlanadi, qizaradi, xiralashadi va qattiq ogʻriydi, qovoklari shi-shadi; rangdor pardaning rangi oʻzgaradi, koʻzning shox (muguz) pardasi, shishasimon tanasi va gavhari xirala-shadi, koʻz qorachigʻi torayadi. I. ning oldi olinmasa, gyaaukomata olib kelishi mumkin. Davo: kasallikka sabab boʻlgan omilni bartaraf etish, mahalliy davo, antibiotiklar, tomir kengaytiruvchi dorilar va h.k. dan iborat.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil