Irina Borisivna Krush (ukraincha: Ірина Борисівна Круш Krush; 1983-yil 24-dekabrda tugʻilgan) — 2013-yilda FIDE grossmeyster (GM) unvonini olgan amerikalik shaxmatchi[1]. U 2022-yil avgust holatiga koʻra AQShda oʻynab GM unvonini qoʻlga kiritgan yagona ayol[2]. Krush sakkiz marta AQShning ayollar oʻrtasidagi shaxmat musobaqalari chempioni boʻlgan.

Irina Krush

Krush 42-shaxmat Olimpiadasida, 2016-yil
Toʻliq ismi Irina Borisivna Krush
Mamlakat Amerika Qoʻshma Shtatlari
Tugʻilishi 24-dekabr 1983-yil (1983-12-24) (40 yosh)
Odessa, Ukraina SSR, Sovet Ittifoqi
Saravha Grossmeyster (2013)
FIDE reyting 2430 (fevral 2024)
Yuqori reytingi 2502 (2013-yil oktabr)

Yoshlik paytlari va faoliyati tahrir

Irina Krush SSSRning Odessa shahrida (hozirgi Ukraina) tugʻilgan. U besh yoshida shaxmat oʻynashni oʻrgangan va oʻsha yili (1989-yil) ota-onasi bilan Bruklinga koʻchib oʻtishgan.

14 yoshida Krush 1998-yilda shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi AQSh chempionatida gʻolib chiqib, AQSh tarixidagi eng yosh ayollar chempioniga aylanadi. U 2007[3], 2010[4], 2012, 2013, 2014, 2015 va 2020-yillarda jami yetti marta chempionlikni qo‘lga kiritadi[5].

Krush 1999-yilda „Kasparov dunyoga qarshi“ nomli shaxmat musobaqasida qatnashgan. Shuningdek, Krush 2008-yilda Niderlandiyaning Veyk-an-Zi shahrida boʻlib oʻtgan 14 oʻyinchi ishtirokidagi „Corus Chess“ turnirining „C“ guruhida ishtirok etadi. U beshta gʻalaba (shu jumladan yakuniy gʻolib Fabiano Karuanaga qarshi), toʻrt durang va toʻrtta magʻlubiyatdan soʻng 7/13 ball toʻplagan holda beshinchi oʻrinni egallaydi[6][7].

2013-yilda u 2001-yildagi NYC Mayor’s Cup xalqaro GM turniridagi, 2013-yilda ayollar oʻrtasidagi shaxmat boʻyicha jamoaviy jahon chempionati va 2013-yil Baku Open turniridagi natijalari tufayli grossmeyster unvoniga sazovor boʻladi[8].

2022-yilda u 2022-yilgi Amerika kubogiga (ayollar maydonida) juftlik yoʻllanmasini qoʻlga kiritadi[9].

Jamoa musobaqalari tahrir

Krush 1998-yildan beri ayollar shaxmat olimpiadasida AQSh terma jamoasi safida o‘ynab kelmoqda. AQSh terma jamoasi safida 2004-yilda kumush medalni[10] va 2008-yilda bronza medalini qoʻlga kiritadi[11]. Shuningdek, u 2009 va 2013-yillarda shaxmat bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi jamoaviy jahon chempionatida AQSh terma jamoasi tarkibida ishtirok etgan.

U 2015-yilda AQSh shaxmat ligasida Manhattan Applesauce jamoasiga oʻtadi. U ilgari Nyu-York Knights jamoasida oʻynagan edi (2005-2011, 2013)[12]. Krush va uning sobiq eri, kanadalik grossmeyster Paskal Charbonneau[3] Birlashgan Qirollik ligasida Guildford-ADC turnirida ham oʻynagan.

Jurnalistlik faoliyati tahrir

Krush tez-tez Chess Life jurnali va uschess.org saytlariga maqolalar yozib turadi. Uning 2013-yilda grossmeyster unvonini qo‘lga kiritgani haqidagi maqolasi o‘sha yili „AQSh shaxmatining eng yaxshisi namoyondasi“ deb topiladi[13].

Yutuqlari tahrir

Oʻtmishdoshi:
Esther Epstein
AQSh ayollari o`rtasidagi shaxmat chempionati
1998
Vorisi:
Anjelina Belakovskaia
Oʻtmishdoshi:
Anna Zatonskih
AQSh ayollari o`rtasidagi shaxmat chempionati
2007
Vorisi:
Anna Zatonskih
Oʻtmishdoshi:
Anna Zatonskih
AQSh ayollari o`rtasidagi shaxmat chempionati
2010
Vorisi:
Anna Zatonskih
Oʻtmishdoshi:
Anna Zatonskih
AQSh ayollari o`rtasidagi shaxmat chempionati
2012, 2013, 2014, 2015
Vorisi:
Nazí Paikidze
Oʻtmishdoshi:
Jennifer Yu
AQSh ayollari o`rtasidagi shaxmat chempionati
2020
Vorisi:
Carissa Yip

Manbalar tahrir

  1. „2018 U.S. Championships: Irina Krush“. uschesschamps.com.
  2. Waldstein, David. „A Chess Prodigy's Return to Health Brings Cheer to the Game“. The New York Times (2020-yil 27-may). 2020-yil 27-mayda asl nusxadan arxivlangan.
  3. 3,0 3,1 „Krush Wins Her Second Championship“. uschess.org. United States Chess Federation.
  4. „Saint Louis: Irina Krush US Women's Champion 2010“. Chess News (2010-yil 20-iyul).
  5. „Irina Krush Bio“. uschesschamps.com. Chess Club and Scholastic Center of Saint Louis. Qaraldi: 2012-yil 28-may.
  6. „Wijk R13: Aronian, Carlsen win Wijk aan Zee 2008“. ChessBase (2008-yil 27-yanvar). Qaraldi: 2016-yil 3-aprel.
  7. Shahade, Jennifer. „Carlsen and Aronian Win Corus“. Chess Life Online (2008-yil 28-yanvar). Qaraldi: 2016-yil 3-aprel.
  8. „GM title application“. FIDE.com.
  9. „2022 American Cup - Day 9 Recap | www.uschesschamps.com“. www.uschesschamps.com. Qaraldi: 2022-yil 3-iyun.
  10. „Susan Polgar's dream comeback“. Chess News. ChessBase (2004-yil 11-noyabr). Qaraldi: 2019-yil 5-iyun.
  11. „Olympiad in Dresden: Closing ceremony and prize giving“. Chess News. ChessBase (2008-yil 29-noyabr). Qaraldi: 2019-yil 5-iyun.
  12. „Profile“. uschessleague.com.
  13. [1]. "Best of CLO #1- Krush on Baku ". March 26, 2018