Iron Lung — 2022-yilda David Shimanski tomonidan ishlab chiqilgan[1]. O'yinchi oyning qonli okeanini o'rganayotgan "Iron Lung" nomli eski suvosti kemasida tutqunlikda ushlab turilgan personajni boshqaradi. Video o'yin 2022-yil 10-martda Windows operatsion tizimi uchun ishlab chiqilgan[2].

Iron Lung
Ishlab chiqaruvchi David Szymanski
Nashir etuvchi David Szymanski (Windows)
Dread XP (Switch)
Chiqarilgan sana Windows
March 10, 2022
Switch
December 19, 2022
Platformalar Windows, Nintendo Switch
Yuritkich Unity
Oʻyin rejimlari yolgʼiz oʼyinchi

O'yin haqida

tahrir

O'yinchi kemada ketayotgan soqov personajni boshqaradi. O'yinning asosiy qismi harakatlanish uchun juda kam joyi bo'lgan bitta xonali suvosti kemasida bo'lib o'tadi. Suv osti kemasini navigatsiya boshqaruv tizimi orqali harakatlantiriladi. Kemaning boshqaruvi asosan avtomatik amalga oshiriladi. O'yin davomida Iron Lung ichidan chiqib harakatlanishning iloji yo'q va faqatgina kemaning kameralaridan va oynasidan foydalanibgina okeanni kuzatish mumkin bo'ladi. O'yin davomida o'yinchi kema ichidan turib keyingi jarayonlarda kerak bo'ladigan fotosuratlarni olishi kerak bo'ladi. O'yin davomida personajda kislorod bosimi kamayishi va ko'rish qobiliyatining sezilarli pasayish holatlari sodir bo'ladi[3].

Iron lung video o'yinida shuningdek bir nechta chit kodlar mavjud va ular yordamida har kim o'yinni o'ziga qulay bo'lgan ko'rinishga o'tkazib olishi mumkin[4].

Syujet

tahrir
Bu ekspeditsiya emas. Bu qatl. Ular seni u yerga qaytib kelmasligingni bilgan holda jo'natishmoqda. Va hattoki sen buni uddasidan chiqsang ham va qaytib kela olsang ham ular senga erkinlik beradi deb o'ylaysanmi. I will get my freedom.
—— Mahkumlardan biri

Insoniyat koinotni zabt etgan vaqtda no'malum hodisa butun koinotni jumbushga keltiradi va barcha yulduzlar, tirik organizmi bor barcha sayyoralar yo'q bo'lib ketadi. Faqatgina kosmik kema ichidagi insonlargina tirik qolishga muvaffaq bo'lishadi. Insoniyatni saqlab qolish uchun COI tashkiloti AT-5 sayyorasi tomonga kosmik ekspeditsiyani boshlaydi. AT-5 sayyorasida inson qonidan bo'lgan okean hosil bo'ladi va COI olimlari okeanda inson hayoti uchun zarur bo'lgan resurslar bo'lishi mumkin degan fikrni ilgari surishadi. Olimlar AT-5 sayyorasidagi okeanni o'rganib chiqish uchun Iron lung suv osti kemasini jo'natishadi. Okean bosimi kuchli bo'lganligi tufayli suv osti kemasi temir zirx bilan to'liq qoplanadi va okean tubida bo'lgan vaqti u bilan aloqa yo'qoladi. O'yinchi kemada ekspeditsiyaga jo'natilgan mahbus personajini boshqaradi va kemada unga okeanni o'rganib qaytib kelganida ozodlik va'da qilib yozilgan habarni topadi. Biroq kemada oldin bo'lgan odam qoldirgan habarda u aldangani va hech qanday ozodlik berilmasligi haqida habar bo'ladi.

O'yinchi suv osti kemasini boshqaruvini qo'lga oladi va ko'p vaqt o'tmasdan qo'rqinchli g'orga duch keladi. Kemada g'ordagi alohida belgilar suratga olinadi. Biroq fotosuratlarda atrof butunlay o'zgacha ko'rinadi, o'simliklar hajmi kattaroq, atrofda suyaklar qalashib yotgan va toshlar tartib bilan joylashtirilgan huddi uy poydevoriga o'xshash holatda edi. Keyinchalik kemaning dum qismidan yong'in chiqadi va o'yinchining navbatdagi topshirig'i uni bartaraf etish bo'ladi. Kema yorug'lik tomonga yaqinlashayotganida titray boshlaydi. Keyinchalik o'yinchi katta noma'lum maxluq bilan jang qiladi va ko'zini jaroxatlaydi, maxluq ham unga javoban kemaga shikast yetkazadi. O'yinchi vaziyatni qo'lga olish uchun boshqaruv paneliga ketayotganida maxluq suv osti kemasini bo'lib yuboradi va o'yin to'xtab bosh ekranga qaytadi.

Bosh ekranda suv osti kemasi qoldiqlarini yoki unda olingan fotosuratlarni topishning iloji bo'lmagani haqida xabar bo'ladi va o'yinchi amalga oshirgan barcha ishlari behuda bo'lgani ham xatda keltirib o'tilgan bo'ladi. Shunga qaramay habarda insoniyat bu bilan to'xtab qolmasligi va koinotning qaysi qismida bo'lsa ham yashab qolishga harakat qilishi ta'kidlab o'tilgan bo'ladi.

Tanqid

tahrir

Iron lung o'yini umumiy olib qaraganda tanqidchilar tomonidan yaxshi qabul qilingan va o'yindagi atmosfera uning tuzilishi alohida maqtovga loyiq deb topilgan[5][3]. Zoey Handley ham o'yinga ijobiy baho bergan[6].

2023-yil dekabr oyida Shimanski o'yin narxini 2 dollarga ko'tarib qo'yganligi uchun tanqid qilingan va shundan keyin o'yin sotuvlari soni keskin tushib ketgan[7].

Titan kemasining portlashidan so'ng o'yin mashhurlashishi

tahrir

2023-yil iyun oyida Titan suv osti kemasi portlashidan so'ng Iron lung o'yinining sotuvlari soni keskin ko'payib ketti, chunki o'yindagi ba'zi epizodlar Titan suv osti kemasidagi holatga juda o'xshash bo'lgan. Shimanski o'yin sotuvlari oshishiga bir muncha havotir bilan qaradi va steam platformasida 1 hafta mobaynida o'yin sotuvlar afishasida "bu juda g'alati" yozuvlari bilan turgan. O'yinda bo'lib o'tadigan hodisalar Titan suv osti kemasi duch kelgan qiyinchiliklarga juda o'xshagan va shu sababdan sotuvlar o'sishida Shimanski o'zini yomon his qilgan[8].

Filmga moslashtirish

tahrir

2023-yil 21-aprel kuni Markiplier deb tanilgan amerikalik Youtuber Mark Fischbach, Iron lungni daxshat janridagi film sifatida ekranlashtirmoqchi ekanini e'lon qilgan[9][10][11][12]. O'zining YouTube kanalida Iron lung o'yinini o'ynagan Fischbach[11] filmni o'zi moliyalashtirishini va unda o'zi yozgan ssenariy bo'yicha hamkasbi Caroline Rose Kaplan bilan birga rol o'ynashini aytib o'tgan[9][12]. David Shimanski film ssenariysiga yordam berishi uchun jalb qilingan va keyinchalik suratga olish jarayonlarida qatnashgan Shimanski filmda kichik epizodik rolni ijro etgan[13]. 2023-yil 14-oktyabr kuni Fischbachning rasmiy YouTube kanalida filmning treyleri taqdim etilgan[14][15].

Manbalar

tahrir
  1. „Iron Lung on Steam“ (en). Steam. Qaraldi: 2023-yil 24-aprel.
  2. „Iron Lung for Nintendo Switch“ (en-us). Nintendo Official Store. Qaraldi: 2023-yil 13-yanvar.
  3. 3,0 3,1 Price. „'Iron Lung' Is a Terrifying Horror Game About Your Inevitable Demise“ (en). Vice (2022-yil 17-may). Qaraldi: 2022-yil 16-sentyabr.
  4. Zollner. „Iron Lung Has a New Mode That Surrounds You With Markiplier's Face“ (en). IGN (2023-yil 27-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 12-noyabr.
  5. Boehm. „[Review A Descent into an Ocean of Blood Makes 'Iron Lung' an Oppressively Atmospheric Experience“] (en-US). Bloody Disgusting! (2022-yil 15-mart). Qaraldi: 2023-yil 30-noyabr.
  6. Handley. „Review: Iron Lung“ (en-US). Destructoid (2022-yil 21-mart). Qaraldi: 2023-yil 22-iyun.
  7. Yin-Poole. „Iron Lung Dev Says 'Go Pirate It or Something' in Response to Price Rise Backlash“ (en). IGN (2023-yil 18-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 29-dekabr.
  8. Gerblick. „The creator of horror game Iron Lung says sales spike amid search for Titanic submarine 'feels so wrong'“. GamesRadar+ (2023-yil 21-iyun). Qaraldi: 2023-yil 22-iyun.
  9. 9,0 9,1 Grobar. „Markiplier To Star In & Direct Horror Film 'Iron Lung' From His Own Script; Self-Financed Feature Adapts David Szymanski Video Game“ (en-US). Deadline Hollywood (2023-yil 21-aprel). 2023-yil 21-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 21-aprel.
  10. Mark Fischbach [@Markiplier]. „Iron Lung. Coming Soon.“ (English) (2023-yil 21-aprel). 2023-yil 21-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 21-aprel.
  11. 11,0 11,1 Glaze. „Markiplier releases trailer for his Iron Lung movie based off[sic viral horror game“] (en). Dexerto (2023-yil 21-aprel). Qaraldi: 2023-yil 21-aprel.
  12. 12,0 12,1 Wolinsky. „Markiplier Takes Lead Role, Director's Chair In Iron Lung Horror Film Adaptation“ (en-US). GameSpot (2023-yil 21-aprel). Qaraldi: 2023-yil 21-aprel.
  13. David Szymanski [@DUSKdev]. „So yes, tl;dr the reason I've been so busy lately is because I've been heavily involved with production of the Iron Lung movie, from assisting with the script and pre-production to now being on set for the shoot and even having a small cameo in the film!“ (2023-yil 21-aprel). Qaraldi: 2023-yil 21-aprel.
  14. Iron Lung | Official Teaser Trailer. Markiplier.
  15. Beth. „Markiplier's 'Iron Lung' Movie: Trailer, Cast, Plot, and Everything We Know So Far“ (en). Collider (2023-yil 30-aprel). Qaraldi: 2023-yil 18-oktyabr.