Isabelle Delobel (talaffuzi: Izabel Delobel; 1978-yil 17-iyunda tugʻilgan) — muz ustida raqs boʻyicha musobaqalarda ishtirok etgan fransuz sobiq muz raqqosasi. Sherigi Olivier Schoenfelder bilan birga 2008-yilgi Jahon chempionatining gʻolibi, 2007-yilgi yevropa chempioni va 2008-yilgi Gran-pri finali chempioni boʻlgan.

Isabelle Delobel
Shaxsiy maʼlumotlari
Davlat Fransiya
Tavalludi 17-iyun 1978-yil (1978-06-17) (45 yosh)
Boʻyi 1.63 m (5 ft 4 in)
Sherigi Olivier Schoenfelder
Oldingi murabbiylari Muriel Zazoui, Romain Haguenauer, Tatiana Tarasova, Lydie Bontemps
Jamoasi CSG Lyon
Uchishni boshlagan 1984
Yakunlagan 2010
Shaxsiy rekordlari
Raqs (umumiy natija) 212.94
Standart raqs 41.25
Original raqs 67.25
Erkin raqs 110.39

Delobel va Schoenfelder juftligi yigirma yil davomida birga konkida uchib, 2010-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlaridan soʻng figurali uchishdan isteʼfoga chiqqan.

Faoliyati tahrir

 
Isabelle Delobel va Olivier Schoenfelder 2008 — 2009-yilgi Gran-pri finalida

Delobel 1978-yil 17-iyunda Clermon-Ferrand shahrida tugʻilgan. U olti yoshida konkida uchishni boshlagan va yakka holda 1 yil konkida uchgan va muz ustida raqs faoliyatiga oʻtib ketgan. Delobel akasi Loran bilan uch yil konkida uchgan.

Delobel va Schoenfelder 1990-yilda Irina Moiseyeva va Andrey Minenkov taklifiga koʻra murabbiy Lidi Bontemps tomonidan birlashtirilgan[1]. Juftlik 1996 — 1997-yilgi mavsum oldidan kattalar darajasiga oʻtishdan oldin 1996-yilgi oʻsmirlar Jahon chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritgan. Ular 1999 Skate Canada musobaqasida birinchi bor Gran-pri bosqichi medalini qoʻlga kiritdilar. Faoliyatining boshida juftlikka Fransiyaning Lion shahrida Muriel Boucher-Zazui murabbiylik qilgan. Tatyana Tarasova va Nikolay Morozov 1998 — 2002-yillarda ularning xoreograflari boʻlgan va juftlik 2000 — 2002-yillarda Konnektikut shtatining Newington shahrida mashgʻulotlar oʻtkazgan.

Juftlik 2002 — 2003-yilgi mavsumda oʻzlarining ilk milliy chempionligini qoʻlga kiritgan. Delobel va Schoenfelder 2005 — 2006-yilgi mavsumda xoreograf Pasquale Camerlengo bilan ishlagan[2].

Delobel va Schoenfelder juftligi 2006-yilgi Olimpiadada ishtirok etgan va 4-oʻrinni egallab, bronza medali sohiblaridan ikki ochko ortda qolgan[3].

Delobel va Schoenfelder jufligi 2007-yilgi Yevropa chempionatida ikkinchi oʻrinni egallagan. Keyinchalik ular 2008-yilgi Jahon chempionatida gʻolib chiqishgan. Juftlik musobaqaning original va majburiy raqs namoyishlarida birinchi oʻrinni egallab, erkin raqsda ikkinchidan joy olishga[4]n.

Shaxsiy hayoti tahrir

Delobelning egizak singlisi Véronique Delobel ham Fransiya milliy chempionatlarida va xalqaro miqyosdagi musobaqalarda qatnashgan.

Delobel 2009-yil iyun oyida Nordic jamoasi tarkibida 1998-yilgi Olimpiada bronza medali sovrindori Lyudovic Rouxga turmushga chiqqan.

Dasturlari tahrir

(Schoenfelder bilan)

Mavsum Original raqs Erkin raqs
2009 — 2010

  • La quête (Jacques Brel and Karl Hugo)
2008 — 2009
  • Boogie Woogie Bugle Boy (The Andrews Sisters)
2007 — 2008

  • Breton Gavotte:Replique (Djal)
2006 — 2007

  • Tango Volver (Maxime Rodriguez)
  • The Untouchables (film) (Ennio Morricone)
1994 — 1995
  • Quiero Saber
  • Amor Amor

Natijalari tahrir

(Schoenfelder bilan)

Natija
Xalqaro
Mavsum 1994 — 95 1995 — 96 1996 — 97 1997 — 98 1998 — 99 1999 — 00 2000 — 01 2001 — 02 2002 — 03 2003 — 04 2004 — 05 2005 — 06 2006 — 07 2007 — 08 2008 — 09 2009 — 10
Olimpiada 16 4 6
Jahon chempionatlari 18 14 11 13 12 9 6 4 5 4 1
Yevropa chempionati 15 12 9 10 7 4 3 4 1 2
Gran-pri finali 5 6 6 4 3 1
GP Cup of China 3
GP Cup of Russia 3
GP Lalique/Bompard 6 7 7 7 5 5 2 3 3 2 2 1 1
GP NHK Trophy 7 4 3 1
GP Skate America 3 2 1
GP Skate Canada 7 3 5 4
GP Sparkassen 5
Bofrost Cup 2
Nebelhorn 3
Ondrej Nepela 1
Lysianne Lauret 4
Xalqaro: Oʻsmirlar
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chemp. 4 2
Odessa Trophy 2
Autumn Trophy 1 4
Ukraine Trophy 2
EYOF 1
Milliy
Fransiya Chemp. 3 J. 1 J. 4 4 3 2 2 1 1 1 1 1 1
GP = Gran-Pri; J. = Oʻsmirlar darajasi

Manbalar tahrir

  1. „Isabelle DELOBEL / Olivier SCHOENFELDER: 2002/2003“. International Skating Union. 2003-yil 8-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „Isabelle DELOBEL / Olivier SCHOENFELDER: 2005/2006“. International Skating Union. 2006-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
  3. „Isabelle DELOBEL / Olivier SCHOENFELDER: 2003/2004“. International Skating Union. 2004-yil 3-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  4. „Isabelle DELOBEL / Olivier SCHOENFELDER: 2004/2005“. International Skating Union. 2005-yil 5-aprelda asl nusxadan arxivlangan.