Bazaviy hisoblash miqdori
Bazaviy hisoblash miqdori (2019-yilgacha — Ish haqi minimumi, eng kam ish haqi) — mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar mamlakatdagi barcha korxonalar, tashkilotlarda mehnatga toʻlanadigan haqning davlat tomonidan rasmiy belgilangan eng kam miqdori. Oylik ish haqi minimumi stavkalari yoki soatbay haq shakllarida joriy etiladi. Oʻzining iqtisodiy-ijtimoiy mazmuniga koʻra, Ish haqi minimumi insonning munosib turmush darajasining eng quyi chegarasini belgilaydi. Ish haqi minimumi hayot vositalarining minimal qiymatiga toʻgʻri keladi va amaldagi qonunlar boʻyicha maʼlum davr mobaynida (odatda bir oy davomida) insonning yashashi uchun kerak boʻlgan hayot vositalari minimumini sotib olishga (minimal isteʼmol byudjetini qoplashga) yetishi lozim. Ish haqi minimumim. Har doim ham tirikchilik minimumiga bogliq boʻlmay, muayyan davrlar uchun davlatning moliyaviy imkoniyatlariga qarab, mamlakatning oʻz iqtisodiyoti va xususiyatlarini hisobga olgan holda belgilanishi va davriy oshib borishi mumkin. Ish haqi minimumim. Jahon mamlakatlarida Xalqaro mehnat tashkilotining Konvensiyalari (Minimal ish haqini belgilash amaliyotini yaratish toʻgʻrisidagi konvensiya va Minimal ish haqini rivojlanayotgan mamlakatlarni alohida hisobga olgan holda belgilash toʻgʻrisidagi konvensiya talablariga rioya qilgan holda tartibga solinadi. Inflyasiya jarayonida Ish haqi minimumi miqdorni indeksatsiyalash hukumatning maxsus qarorlari bilan amalga oshiriladi. Davlat soliqlari, toʻlovlar, jarimalarni hisoblashda, jismoniy shaxslardan undiriladigan daromad soligʻi darajalarini belgilashda ham Ish haqi minimumi baza tarzida foydalaniladi. Oʻzbekistonda 1992-yildan boshlab joriy qilingan[1].
- Oʻzbekiston Respublikasida shu vaqtgacha boʻlgan davrda eng kam ish haqi oʻsib borishi shkalasi
Sana | Miqdor |
---|---|
16.03.1992 | 550 rubl |
01.07.1992 | 1 000 rub. |
01.09.1992 | 1 250 rub. |
01.10.1992 | 2 000 rub. |
01.01.1993 | 2 500 rub. |
01.04.1993 | 3 000 rub. |
01.06.1993 | 7 500 rub. |
01.09.1993 | 13 500 soʻm-kupon |
01.11.1993 | 16200 soʻm-kupon |
01.12.1993 | 24300 soʻm-kupon |
01.01.1994 | 30000 soʻm-kupon |
01.03.1994 | 45000 soʻm-kupon |
01.06.1994 | 70000 soʻm-kupon |
01.08.1994 | 100 soʻm. |
01.03.1995 | 150 soʻm. |
01.09.1995 | 250 soʻm. |
01.04.1996 | 400 soʻm. |
01.09.1996 | 550 soʻm. |
01.12.1996 | 600 soʻm. |
01.07.1997 | 750 soʻm. |
01.07.1998 | 1100 soʻm. |
01.01.1999 | 1320 soʻm. |
01.08.1999 | 1750 soʻm. |
01.08.2000 | 2450 soʻm. |
01.08.2001 | 3430 soʻm. |
01.04.2002 | 3 945 soʻm. |
01.08.2002 | 4535 soʻm. |
01.05.2003 | 5440 soʻm. |
01.08.2004 | 6530 soʻm. |
01.05.2005 | 7835 soʻm. |
01.10.2005 | 9400 soʻm. |
01.07.2006 | 10800 soʻm. |
01.11.2006 | 12420 soʻm. |
01.08.2007 | 15525 soʻm. |
16.11.2007 | 18630 soʻm. |
01.04.2008 | 20865 soʻm. |
01.09.2008 | 25040 soʻm. |
16.11.2008 | 28040 soʻm. |
01.08.2009 | 33645 soʻm. |
01.12.2009 | 37680 soʻm. |
01.08.2010 | 45215 soʻm. |
01.12.2010 | 49735 soʻm. |
01.08.2011 | 57200 soʻm. |
01.12.2011 | 62920 soʻm. |
01.12.2012 | 79590 soʻm. |
15.08.2013 | 91530 soʻm. |
15.12.2013 | 96105 soʻm. |
01.09.2014 | 107635 soʻm. |
15.12.2014 | 118400 soʻm. |
01.09.2015 | 130240 soʻm. |
01.10.2016 | 149775 soʻm. |
01.12.2017 | 172240 soʻm. |
15.07.2018 | 184300 soʻm. |
01.11.2018 | 202730 soʻm. |
01.09.2019 | 223000 soʻm |
01.02.2021 | 245000 soʻm |
01.09.2021 | 270000 soʻm |
01.06.2022 | 300000 soʻm |
01.04.2023 | 330000 soʻm [2] |
01.12.2023 | 340000 so'm |
Manbalar
tahrir- ↑ Qodirjon Yusupov. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ Иш ҳақи, пенсиялар ва нафақалар миқдорини ошириш тўғрисида президент фармони имзоланди
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |