Ishkashim tumani
(Ishkashim, Afg'onistondan yoʻnaltirildi)
Bu maqola Afgʻonistondagi tuman haqidadir. Tojikistondagi qoʻshni tuman uchun Ishkoshim tumani sahifasiga qarang.
Ishkashim tumani (dariycha: ولسوالی اشکاشکم) – Afgʻoniston sharqidagi Badaxshon viloyati tarkibiga kiruvchi 28 tumandan biri. Tuman markazi Ishkashim shaharchasi[2]. Tuman aholisi taxminan 15 951 kishini tashkil qiladi, ularning koʻpchiligi etnik tojiklar, keyingi oʻrinlarda pushtunlar, oʻzbeklar va boshqa millatlar sanaladi. Afgʻonistonning ikkita asosiy tili – dariy va pushtu tilidan tashqari, mahalliy xalq ishkoshimi tilida ham soʻzlashadi.
Ishkashim اشکاشم | |
---|---|
tuman | |
36°42′23″N 71°34′23″E / 36.70639°N 71.57306°E | |
Mamlakat | Afgʻoniston |
Viloyat | Badaxshon |
Maʼmuriy markazi | Ishkashim |
Markazi balandligi | 2600 m |
Aholisi (2021) |
15 951[1] |
Vaqt mintaqasi | UTC+4.30 |
|
Ishkashim tumani Pokistonning Xaybar Paxtunxva va Tojikistonning Togʻli-Badaxshon viloyatlari oʻrtasida joylashgan boʻlib, Tojikistonda ham ayni nomdagi aholi punkti bor[3]. Vohon tumani sharqda joylashgan. Hudud 2021-yil iyul oyida Tolibon nazoratiga oʻtgan[4] .
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Estimated Population of Afghanistan April 2021
- ↑ „Analysts Predict Decrease in Govt Revenue as Border Town Falls“. TOLOnews (2021-yil 7-avgust). Qaraldi: 2022-yil 15-dekabr.
- ↑ The Afghanistan – Tajikistan border there.
- ↑ „Over 1,000 ANA soldiers in Badakhshan flee to Tajikistan“. Pajhwok Afghan News (2021-yil 5-iyul). Qaraldi: 2022-yil 15-dekabr.
Havolalar
tahrir- Badakhsan Ishkashim, کابل تا بدخشان، گزارش ضیا، اشکاشم ۱۷ YouTubeda
- „Ishkashim Border Crossing Between Tajikistan & Afghanistan“. Nicole L. Smoot (2022-yil 7-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 21-dekabr.