Ishoq ibn Ibrohim Shoshiy Samarqandiy

Ishoq ibn Ibrohim SHoshiy Samarqandiy (arabcha: اسحق بن ابراهيم شوشي سمرقندي — Ishoq ibn Ibrohim SHoshiy Samarqandiy (vafoti 937-yil)) — Faqih.

Ishoq ibn Ibrohim Shoshiy Samarqandiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti 937-yil
Dini Islom
Tanilgan sohasi Faqih

Hayoti

tahrir

Ishoq ibn Ibrohim SHoshiy Samarqandiyning qisqacha tarjimayi holi Qurashiyning (vafot 775/1373-yil) „Javo-hiru-l-muziyya fi tabaqoti-l-hanafiyya“ („Hanafiylar avlodlari haqida yorqin javohirlar“) nomli kitobida berilgan. Kitobda olimning kunyasi Abu Yaʼqub, nisbasi Xurosoniy Shoshiy deb yozilgan, Samarqandiy nisbasi esa berilmagan. Bu maʼlumotlarni o‘z holicha keltiramiz: "Ishoq ibn Ibrohim Abu Yaʼqub Xurosoniy Shoshiy, uni Ibn Yunus o‘zining „Misrga kelib qolgan g‘ariblar haqida“ nomli kitobida eslatadi va shunday deydi: "U Abu Hanafiyya mazhabi qonunlarini o‘rgangan. Shu mazhab tarafdori bo‘lishga qaramay, Misr qozixonalari ishiga aralashib, Misr viloyatlaridan birida qozilik qilgan. Men undan hikoya va hadislarni yozib oldim. U menga Muhammad ibn Hasanning „Jomi’u-l-kabir“ („Katta to‘plam“) kitobini Zayd ibn Usoma tilidan, u esa Abu Sulaymon Juzjoniy tilidan, u esa Muhammad Hasanning o‘zidan eshitganini rivoyat qilib bergan edi. U ishonchli kishi edi. Xudo rahmat qilgur 325-yili vafot etdi". Abdulhay Laknaviyning „Favoidu-l-bahiyya“ („Chiroyli foydalar“) kitobida esa Ishoq ibn Ibrohimning kunya va nisbasi - Abu Ibrohim Shoshiy Samarqandiy Xatibiy deb berilgan. Keltirilgan maʼlumotlardan maʼlum bo‘ladiki, Ishoq ibn Ibrohim Shoshda yoki Samarqandda tugʻulgan Ehtimol, bu ikki shaharning birida tug‘ilib, ikkinchisida taʼlim olgan yoki yashagan bo‘lish mumkin. So‘ngra Misrga borib qozilik ishlari bilan shug‘ullangan, baʼzi idoralarni boshqargan. Umrining oxirigacha shu yerda yashagan. 325/937-yili Misrda vafot etgan.

Faoliyati

tahrir

Ishoq ibn Ibrohim SHoshiy Samarqandiyning „Kitobu-l-usul“ („Asoslar kitobi“) nomli, islom huquqshunosligi usullariga oid, arab tilida yozilgan asari bizgacha yetib kelgan. Asar mazmuni jihatidan uch bahsga bo‘linadi. Har qaysi bahs o‘z navbatida bo‘limlar (fasllar)ga ajraladi va qonunshunoslikning bitta qoidasiga bag‘ishlanadi. „Kitobu-l-usul“ning 773/1371-yil Sadruddin ibn Alouddin Xolidiy degan xattot tomonidan ko‘chirilgan noyob nusxasi Abu Rayhon Beruniy nomli SHQMda saqlanmoqda (inv. 3287/1). Bu qo‘lyozma XV asrda Xo‘ja Muhammad Porso (vafot 822/1419-yil)ning vaqfiga tegishli ekani haqida hamma sahifalarga muhr bosilgan. Ishoq ibn Ibrohim SHoshiy Samarqandiyning „Fiqh usuli“ nomli asari ham bo‘lgan. Bu asar „Usulu-sh-shoshiy“ nomi bilan shuhrat topgan.[1]


Asarlari

tahrir
“Kitobu- l-usul”, “Fiqh usuli”

Manbalar

tahrir
  1. Oʻrta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. — Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. — B. 561.