Islom Ibrohim

bloger, biznes-motivator

Islom Ibrohim (asli: Ibrohimov Islom Ikrom oʻgʻli, 1996-yil 1-sentyabr, Buxoro viloyati Shofirkon tumani) – bloger, biznes motivatorlik faoliyati bilan tanilgan. 2023-yilning 25-oktyabridan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-modda 4-qism „a“ bandi boʻyicha Ichki ishlar vazirligi qidiruvida[1][2][3].

Faoliyati tahrir

Islom Ibrohim 2020-yil 11-martda „BUSINESS INVEST ONLINE SCHOOL“ MChJ tashkil qildi. Mazkur MChJ rahbari sifatida u odamlardan 70% foyda evaziga ushbu jamiyatga sarmoya kiritishni soʻragan. Odatda, odamlar bilan telefon orqali Islom Ibrohimning oʻzi muloqot olib borgan. Qolgan hollarda esa uning vakillari odamlardan kiritilishi soʻralgan investitsiyani naqd pul shaklida olib ketgan[4].

Mijozlar pulni qaytarishni talab qilgan vaqtda Islom Ibrohim tomonidan „Yil yakunlanib qoldi, rejalarimiz buzilib ketdi, yangi biznes boshlayapman“ qabilidagi vajlar bilan vaʼda qilingan pullarni qaytarmay kelgan[4]. 2023-yil oktyabr oyida oyiga 10 ming dollar ishlashni oʻrgatishga vaʼda bergan Islom Ibrohim firibgarlikda ayblanib, qidiruvga berildi[5][6][7].

Manbalar tahrir

  1. „Oyiga 20 000 topishni o‘rgatishni va’da qilgan Islom Ibrohimov qidiruvga berildi“. gazeta.uz (2023-yil 25-oktyabr). 2023-yil 14-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-noyabr 2023-yil.
  2. „Қидирувдаги шахслар“. iiv.uz. 2023-yil 14-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-noyabr 2023-yil.
  3. „“Treningchi” Islom Ibrohimov qidiruvga berildi“. kun.uz (2023-yil 26-oktyabr). 2023-yil 14-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-noyabr 2023-yil.
  4. 4,0 4,1 „1 yilda 70 foizlik foyda va’dasi. “Treningchi” Islom Ibrohimov odamlarni qanday chuv tushirgan va hozir u qayerda?“. kun.uz (2023-yil 27-oktyabr). 2023-yil 14-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-noyabr 2023-yil.
  5. „Oyiga 50 000 topishni o‘rgatishni va’da qilgan Islom Ibrohimov qidiruvga berildi“ (2023-yil 26-oktyabr). Qaraldi: gazeta.uz. [sayt ishlamaydi]
  6. „Тренер, учивший зарабатывать 60 тысяч в месяц, объявлен в розыск“ (2023-yil 26-oktyabr). Qaraldi: daryo.uz.
  7. „Бизнес-тренер Ислом Иброхимов объявлен в розыск полицией по делу о мошенничестве – МВД“ (2023-yil 26-oktyabr). Qaraldi: tnw.