Islom Karimov koʻchasi (Buxoro)

Islom Karimov koʻchasi — Buxoro shahrining markaziy va sayyohlik koʻchalaridan biri — Oʻzbekiston Respublikasi Buxoro viloyatining maʼmuriy markazi. U Oʻzbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimov nomi bilan atalgan. Koʻchaga Xalq deputatlari Buxoro viloyat Kengashining 2017-yil 10-may kuni bo‘lib o‘tgan sessiyasida Islom Karimov nomi berildi.

Islom Karimov koʻchasining nomlanish tarixi

tahrir

Xalq deputatlari Buxoro viloyat Kengashining 2017-yil 10-may kuni bo‘lib o‘tgan sessiyasida O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimovning xotirasini abadiylashtirish maqsadida Buxoro shahridagi markaziy ko‘chalarni birlashtirib, Islom Karimov nomini berish to‘g‘risidagi masala muhokama qilindi. Buxoro viloyat deputatlari Buxoro shahar kengashi deputatlarining 9-fevraldagi qarori bilan tasdiqlangan Buxoro shahridagi Abduxoliq G‘ijduvoniy ko‘chasi hamda O‘zbekiston Mustaqilligi ko‘chasining Piridasgir ko‘chasi bilan kesishmasigacha bo‘lgan hudud nomini Islom Karimov ko‘chasi deb o‘zgartirish to‘g‘risidagi taklifni bir ovozdan maʼqulladi. Abduholiq G‘ijduvoniy ko‘chasidan O‘zbekiston Mustaqilligi va Piridastgir ko‘chalari kesishmasiga qadar bo‘lgan qismga O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti nomini berildi.

Havolalar va manbalar

tahrir