Yahyo alayhis-salom - ma'nosi, "yashatuvchi", "lutf qiluvchi". Qurʼonda zikri kelgan paygʻambarlardan biri. Zakariyo alayhis-salomning oʻgʻli. Yahyo alayhis-salom yoshlikdan ibodatga berilgan, Tavrotdaga hukmlarga astoydil amal qiladigan, nihoyatda halim va kamtar boʻlgan. Iso alayhis-salom xudoning elchisi ekanligani birinchi boʻlib oldindan aytgan, unga ishongan va yordam bergan. Voyaga yetgach, Shomga borib u yerdagilarni Allohning birligiga ishonishga, yolgiz Ungagina ibodat qilishga daʻvat etgan. Yahyo alayhis-salomning shahid boʻlishi haqida bir qancha rivoyatlar bor. Shulardan birida aytilishicha, u nihoyatda kelishganchiroyli boʻlgan. Podshohning xotinlaridan biri uni yaxshi koʻrib qolib, oʻz muhabbatini izhor etadi. Lekin Yahyo alayhis-salom ayollarga shahvoniy munosabatda boʻlmasligini aytib, malikaga hech qachon eriga xiyonat etmaslikni nasihat qiladi. Yahyo alayhis-salomning bu harakatidan jaxli chiqqan ayol oʻzining siri oshkor boʻlib qolishidan qoʻrqib, podshoxdan uni oʻldirishni talab etadi. Yahyo alayhis-salom mehrobda ibodat qilib turganida oʻldiriladi. U shahid boʻlgach, bu ishga Parvardigorning qahri kelib, podshohning butun xonadoni bilan yer yutgani rivoyat qilinadi. Damashqdagi umaviylar masjidida joylashgan Yahyo alayhis-salom sagʻanasi musulmonlar ziyoratgohi sanaladi.

Andoza:Payg'ambar