Islomjon Bahromov
Islomjon Baxromov (1995-yil 17-iyul Samarqand viloyati, Oʻzbekiston[1]) – oʻzbekistonlik yunon-rum kurashchisi. 2023-yilda Serbiya poytaxti Belgrad shahrida oʻtkazilgan kurash boʻyicha jahon chempionatida 60 kilogramm vazn toifasida bronza medallaridan birini qoʻlga kiritgan[2]. 2019-yilda Xitoyning Sian shahrida oʻtkazilgan kurash boʻyicha Osiyo chempionati musobaqasida oltin medalni qoʻlga kiritgan[3][4].
Islomjon Bahromov | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Tavallud sanasi |
17-iyul 1995-yil Oʻzbekiston |
Sport | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Qaysi sport | Havaskor kurash, Yunon-rum kurashi |
Faoliyati
tahrir2017-yili Turkmanistonning Ashxobod shahrida boʻlib oʻtgan Yopiq inshootlardagi va jang sanʼatlari boʻyicha Osiyo oʻyinlarida 59 kilogramm vazn toifasida bronza medallaridan birini qoʻlga kiritgan[5].
2018-yilda Baxromov Indoneziyaning Jakarta shahrida boʻlib oʻtgan Osiyo oʻyinlarida 60 kilogramm vazn toifasida ishtirok etib, bronza medali uchun bahsda eronlik Mehrdad Mardaniga yutqazib qoʻygan edi[6].
2021-yilda Baxromov Xorvatiyaning Zagreb shahrida boʻlib oʻtgan Gran-pri Zagreb Open turnirida 60 kilogramm vazn toifasida oltin medalni qoʻlga kiritgan[7]. 2022-yilda Turkiyaning Istanbul shahrida oʻtkazilgan Vehbi Emre va Hamit Kaplan turnirida 63 kg vazn toifasida oltin medalni qoʻlga kiritgan[8].
2022-yilda Xitoyning Xanchjou shahrida boʻlib oʻtadigan Osiyo oʻyinlarida 60 kilogramm vazn toifasida bronza medali uchun bahsda magʻlub boʻlgan[9].
2024-yilgi Olimpiya oʻyinlari
tahrirIslomjon Bahromov 2024-yilgi Parijdagi Yozgi Olimpiada oʻyinlarining 1/16 finalda qochqinlar jamoasi aʼzosi, asli kelib chiqishi eronlik boʻlgan Jamal Valizodaga qarshi kurash olib bordi va 9:0 hisobida gʻalaba qozondi[10]. 1/8 finalda KXDR vakili Se Ung Ri bilan toʻqnashdi. Bahromov nimchorak finalda KXDR vakili 0:9 hisobida yutqazib qo'ydi.
Yutuqlar
tahrirYIl | Turnir | Joy | Natija | Toifa |
---|---|---|---|---|
2017 | Islom birdamlik oʻyinlari | Boku, Ozarbayjon | 2-oʻrin | Yunon-rum 59 kg |
Yopiq inshootlardagi va jang sanʼatlari boʻyicha Osiyo oʻyinlari | Ashxobod, Turkmaniston | 3-oʻrin | Yunon-rum 59 kg | |
2018 | Osiyo chempionati | Bishkek, Qirgʻiziston | 3-oʻrin | Yunon-rum 60 kg |
2019 | Osiyo chempionati | Xi’an, Xitoy | 1-oʻrin | Yunon-rum 60 kg |
2020 | Osiyo chempionati | Nyu-Dehli, Hindiston | 3-oʻrin | Yunon-rum 60 kg |
2023 | Osiyo chempionati | Belgrad, Serbiya | 3-oʻrin | Yunon-rum 60 kg |
Manbalar
tahrir- ↑ „Wrestling Results book“. 2017 Asian Indoor and Martial Arts Games. 2020-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 26-fevral.
- ↑ „2023 World Wrestling Championships Results Book“. United World Wrestling. 2023-yil 4-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-noyabr.
- ↑ „2019 Asian Wrestling Championships Results“. United World Wrestling. 2020-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Morgan, Liam. „Iran seal team Greco-Roman title on final day of Asian Wrestling Championships“. InsideTheGames.biz (2019-yil 28-aprel). Qaraldi: 2020-yil 18-may.
- ↑ Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; no text was provided for refs namedashgabat_wrestling_results_book_20172
- ↑ „Wrestling Results Book“. 2018 Asian Games. 2020-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 18-may.
- ↑ „2021 Grand Prix Zagreb Open Results Book“. United World Wrestling. 2021-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 7-noyabr.
- ↑ „2022 Yasar Dogu, Vehbi Emre & Hamit Kaplan Tournament Results Book“. United World Wrestling. 2022-yil 2-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-mart.
- ↑ „2022 Asian Games Wrestling Results Book“. United World Wrestling. 2023-yil 26-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 10-mart.
- ↑ „Париж-2024. Исломжон Баҳромов Олимпиадани ғалаба билан бошлади“. olamsport.com. Qaraldi: 5-avgust 2024-yil.