Ismatulla Abdullayev

adabiyotshunos olim

Ismatulla Abdullayev (Xoji Ismatullox Abdulox, 1927-yil2005-yil Namangan) — adabiyotshunos olim[1].

Ismatulla Abdullayev
Tavalludi 1927-yil
Namangan
Vafoti 2005-yil
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Millati o'zbek
Mukofotlari

Biografiyasi

tahrir

Ismatulla Abdullayev 1927-yilda Namangan shahrida tavallud topgan[2]. 1989-yilda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi. 1951-yilda Oʻrta Osiyo davlat institutning sharq fakultetini tamomlagan. 1951—1957-yillarda Namangan davlat pedagogika institutida oʻqituvchilik qilgan. keyinchalik Lelingrad unversitetida aspiranturada tahsil oladi. 1960 — 1993-yillarda Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik institutida ilmiy xodim, yetakchi ilmiy xodimi boʻlgan. U 1993-yildan Namangan davlat unversitetida professer boʻlib ishlaydi. Ilmiy faoliyati Movarounnahr va Xuroson shoirlarining arab tilidagi X—XI-asr boshlaridagi sheʼriyatiga bagʻishlangan. Abdullayev Ismatulla arab tilidagi bir qator ilmiy hamda hozirgi zamon arab yozuvchisi (Abdurahmon al-Hamisiyning badiiy asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. 1989-yil Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti sovrindori. Filologiya fanlar doktori. U arab va fors tillarini yaxshi bilgan. Xurosonning arab tilidagi sheʼrlari va tarixga oid „Yatimat ad-daxr“, „Latoif al-maorif“ va „Tatimmat al-yatima“ nomli asarlarini oʻzbekchaga tarjima qilgan. Abdullayev Abu Rayhon Beruniyning „Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar“ nomli asarini ham tarjima qilgan. „Oʻzbek sovet ensiklopediya“ga X. Xikmatillayev bilan birga „Sharqshunoslik soʻzligi“ni tuzdi va mazkur 14 jildlik qomusga 156 ta maqola yozib berdi[3].

Ismatulla Abdullayev Mashrabning „Mabdai Nur“ nomli asarini va sheʼrlarini, shuningdek Mullo Yoʻldosh Xilvatiyni devonini soʻz boshi va izohlar bilan chop ettiradi. U Qur’on karimning oʻzbekcha akademik tarjimasida ishtorok etgan. Usoma ibn Munqizning „Ibratli kitob“ini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.

Mukofotlari

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „Ismatulla Abdullayev“. Qaraldi: 2023-yil 20-iyun.[sayt ishlamaydi]
  2. „O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi“. Qaraldi: 2023-yil 20-iyun.
  3. „Исматулла Абдуллаев“. Qaraldi: 2023-yil 20-iyun.