Ismoiljon Malikov
Ismoiljon Mahamadjanovich Malikov (1973-yil 19-yanvar, Qirgʻiziston) — sovet va qirgʻiz[1] futbolchisi, maydonning barcha pozitsiyalarida oʻyin boradi. 1999-yilgi Qirgʻiziston chempionatining eng yaxshi toʻpurari.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Ismoiljon Mahamadjonovich Malikov | ||
Tavallud sanasi | 1973-yil 19-yanvar | ||
Tavallud joyi | Qirgʻiziston | ||
Ampluasi | universal |
Biografiya
tahrirIlmoiljon Malikov 1973-yilning 19-yanvar sanasida Qirgʻizistonda tavallud topgan.
Sport faoliyati
tahrirIsmoiljon Malikov SSSR chempionatining so‘nggi mavsumida Andijonning „Navro‘z“ klubi uchun ikkinchi liga bahslarida o‘ynay boshlaydi. SSSR parchalanib ketganidan keyin ham bir necha yil davomida „Navroʻz“ klubi safida Oʻzbekiston chempionatidagi oʻyinlarini davom ettiradi. 1992—1997-yillarda oliy ligada umumiy hisobda 90 ta oʻyin oʻtkazib, 10 ta gol urishga muvaffaq boʻladi. Keyinchalik qisqa fursat ichida Qirgʻiziston chempionatida ishtirok etuvchi klublar safiga oʻtadi — 1992-yilda „Spartak“ (Toʻqmoq), 1995- yilda esa „Dinamo“ klubi bilan (Oʻsh) oʻyinlarda maydonga tushadi[2].
1990-yillar oxiriga kelib Malikov Qirgʻizistonga qaytib keladi. 1999-yilda „Jashtik-Ak-Altin“ (Yoshlik-Oq-Oltin) jamoasi tarkibida o‘ynaydi va jami 16 ta gol[3] bilan Qirg‘iziston chempionatining eng yaxshi to‘purari deb topiladi. Ushbu oʻyinlarda Malikov jamoasi bilan birgalikda chempionatning bronza medallarini qo‘lga kiritadi. Keyingi yili futbolchi „Dinamo-Oloy“ (O‘sh) jamoasida o‘yinlarini davom ettiradi va Qirg‘iziston kubogi finaligacha yetib borgan holda va umumiy 10 ta gol bilan klubning eng yaxshi to‘purar futbolchisi deb topiladi.
2002-yildan 2010-yilga qadar Malikov „Jashtyk-Ak-Altyn“ tarkibida toki jamoa tarqab ketmagunga qadar oʻyin olib boradi.
Yutuqlari
tahrirFutbolchi sport faoliyati davomida 1 marta mamlakat chempionligini qoʻlga kiritgan (2003), 1 marta kumush (2002) va 5 marta bronza (2004, 2005, 2006, 2007, 2009) medallari sohibi, shuningdek, Qirg‘iziston kubogi finalchisi (2002, 2003, 2004, 2005, 2006, 200) bo‘lgan. Ushbu yutuqlarga erishgan davrida Mailokov, asosan, maydonda himoyachi vazifasini bajargan.
Manbalar
tahrir- ↑ Po nekotorim dannim, imel takje grajdanstvo Uzbekistana
- ↑ „Ismoil Malikov“.
- ↑ „КИРГИЗИЯ. НАЗВАНЫ ЛАУРЕАТЫ СЕЗОНА И СТОЛЕТИЯ“. 2019-yil 20-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 19-fevral.