Ispan gʻazabi (niderlandcha: Spaanse furie) — Gollandiya inqilobi (1568-1648) davriga taalluqli ushbu hodisa 1576-yil 4-noyabrda sodir boʻlgan. Ushbu hodisada ispan askarlari tomonidan Antverpen shahri talon-taroj qilinib yoqib yuborilgan.

Grote Markt va Antverpen shahar hokimiyati „Ispan gʻazabi“ paytida.

Ushbu qonli voqealarga, ispan askarlariga ish haqini toʻlashning kechikishi sabab boʻlgan. Hodisa natijasidaIspaniya Gollandiyasining madaniy, moliyaviy va iqtisodiy markazi boʻlgan shahar uch kun davomida talon-taroj qilinadi va uning 8 mingga yaqin aholisi halok boʻladi. Halok boʻlganlar shahar aholisining deyarli oʻndan bir qismini tashkil qilgan. 600 dan ortiq uy yoqib yuboriladi.

1577-yil 1-avgustda shahar garnizon bilan kelishuvga erishadi hamda ispanlarni shahardan olib chiqish uchun pul toʻlaydi va qal’a buzib tashlanadi.

Yana qarang

tahrir
  • Sancho d’Avila

Manbalar

tahrir

Adabiyotlar

tahrir