Ispaniya iqtisodiyoti
Ispaniya iqtisodiyoti - yuqori darajada rivojlangan ijtimoiy bozor iqtisodiyotidir. U nominal YaIM bo'yicha dunyoda 15-o'rinda va Evropada oltinchi o'rinda turadi bundan tashqari Ispaniya Yevropa Ittifoqi va evrozona, shuningdek, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti va Jahon savdo tashkiloti aʼzosi. 2021-yilda Ispaniya dunyodagi yigirmanchi yirik eksportchi va o'n oltinchi yirik importyor bo'ldi. Ispaniya Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson taraqqiyoti indeksida 27-o'rinda va Jahon banki tomonidan aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot bo'yicha 37 - o'rinda. 2005 - yilda The Economist ma'lumotlariga ko'ra, Ispaniya hayot sifati bo'yicha dunyoda 10-o'rinda egallagan edi. Iqtisodiy faoliyatning asosiy yo'nalishlaridan biri - avtomobilsozlik, tibbiy texnologiya, kimyo, kemasozlik, turizm va to'qimachilik sanoatini o'z ichiga oladi.
Ispaniya Tabiati
tahrirIspaniya Pireney yarimorolining 84% qismini egallagan. Shimoli gʻarbdagi qirgʻoqlar suv toshqinlari taʼsirida juda oʻzgarib ketgan. Shimoli sharqda mamlakatni Fransiyadan Pireney togʻlari ajratib turadi. Biskay qirgʻogʻi boʻylab Kantabriy togʻlari va Galisiya massivi, sharqda – Iberiy va Katabn togʻlari, markaziy qismida – Markaziy Kordilera, janubda – Serra-Morena, Kordilera-Betika, Serra Nevada tepaliklari joylashgan. Mamlakatning markaziy qismida Meseta yassitogʻlari (balandhgi 400-1000 m) joylashgan. Iber togʻlaridan sharqda Aragon tekisligi, janubi gʻarbda Andalus tepatekisligi joylashgan. Kanar orollarida vulqonlar juda koʻp. Pireney va Iber togʻlaridan sharqqa qarab Ebro daryosi va uning irmoqlari oqadi[1]. Ispaniya iqlimi – subtropik. Oʻrtayer dengiziga iqlimi: shimolda nisbatan namroq (yogʻingarchilik yiliga – 900 mm), orol markazida – quruq (500 mm), janubiy qismida esa – quruq va jazirama issiq (Afrika sahrolari yaqinligi tufayli). Qishda Afrikadan issiq shamol sirokko (garmsel) esib turadi. Ispaniya uchun ichimlik suv tanqisligi va qattiq qurgʻoqchiliklar odatiy holdir. 2000-yildan boshlab qurgʻoqchilikka uchragan yerlami sugʻorish boʻyicha milliy suv rejasi amalga oshirilmoqda. Ispaniya hududini 52% oʻrmon va butalar tashkil qiladi. Qora archalar, eman va ignabargli daraxtlar shimolda va gʻarbda oʻsadi. Mamlakat janubida va Mesetada dasht va sahro oʻsimliklari, dengiz qirgʻoqlari boʻylab esa subtropik oʻsimliklar oʻsadi.
Diqqatga sazovor joylari
tahrir1960-1980-yillarda Ispaniyada sayyohlik mamlakat iqtisodiyotining eng muhim tarmoqlaridan biriga aylandi. 2003-yilda mamlakatga 52,3 mln. xorijlik sayyohlar keldi. Asosiy dengiz kurort maskanlari 0 ‘rtayer dengizi sohillariga hamda Kanar va Balear orollarida joylashgan. Gibraltardan to Portugaliya chegara sohillarigacha boʻlgan hududdagi hamda Biskay koʻrfazidagi dengiz plajlari, shuningdek, Serra-Nevada va Pireney togʻlaridagi togʻ-changʻi kurort maskanlari juda ham mashhur. Madriddagi Prado muzeyi, Kastiliyaning oʻrta asrlardagi poytaxti Toledo, qirollaming Eskorial yozgi qarorgohi, Servantesning vatani Alkala- de-Enares, Segoviyadagi Alkasar qal’asi, Salamankadagi oʻrta asrlar ibodatxonalari va universiteti, Leondagi gotik usuldagi ibodatxona va roman cherkovi, Bilbaodagi Gugenxaym muzeyi, Pamplondagi korrida, Barselonadagi A.Gaudi arxitektura sanʼati, Sagrada-Famihya ibodatxonasi va Montserat monastiri, Palma-de- Mayorkadagi rassom S.Dali muzeyi, Belveder qasri; Granadadagi Algambr qasri; Las-Palmas ibodatxonasi, Altamir gʻori va boshqalar.
Umumiy maʼlumotlar
tahrirIspan qirolligi – Yevropaning janubiy gʻarbidagi davlat. Ispaniya janub tomondan 0 ‘rtayer dengizi va Atlantika okeani, shimoldan esa Biskay koʻrfazi bilan oʻralgan. Ispaniya tarkibiga: Beleser va Kanar orollari, 2 ta avtonom shahar (Melilya va Marokashning shimolidagi Seuta) va Liviya anklavi (Fransiya oldidagi hudud) va mayda Veles-de-la-Gomera, Alusemas, Chafarinas, Perexil orollari kiradi. Davlat boshligʻi – qirol. Ispaniya – YI aʼzosi. Konstitutsiyasiga binoan Ispaniya aholisi – yagona millat, ammo aholisining etnik tarkibiga koʻra: ispanlar – 37%, katalonlar – 17%, galislar – 7%, basklar – 2% tashkil qiladi.
Davlat tuzumi
tahrirIspaniya-parlamentli monarxiya. Amaldagi konstitutsiyasi 1978-yil 6-dekabr sanasida milliy referendumda maʼqullangan, osha yili 29-dekabrdan kuchga kirgan, 1992-yilda unga tuzatishlar kritilgan. Davlat boshligʻi-Qirol(1975-yil 22-noyabrdan Xuan Karlos1), uning huquqi konstitutsiya boʻyicha cheklnagan. Qonun chiqaruvchi hokimyatni bosh kortestlar(parlament) boshqaradi. Kortestlar ikki palatadan yani deputatlar kongresi va senatdan iborat. Ijrochi hokimyatni hukumat amalga oshiradi. Hukumatni qirol siyosiy partiyasi va parlamentning ikki palatasi raislari bilan maslahatlashib boshqaradi[2].
Poytaxti | Madrid |
Maydoni | 504,8 ming km2 |
Aholisi | 40,8 mln. kishi (2007) |
Rasmiy tili | ispan tili |
Aholisining diniy tarkibi | katoliklar – 90% |
Davlat tuzumi | parlamentar monarxiya |
Pul birligi | yevro[1] |
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 Dunyo mamlakatlari. Davr nashriyoti — 296bet-bet. Qaraldi: 13-sentabr 2023-yil.
- ↑ „Ispaniya“ (o'zb). https://qomus.info/oz/encyclopedia/i/ispaniya/. Qaraldi: 13-sentabr 2023-yil.