Isroil–Falastin mojarosi

Levantda hozirgi kungacha davom etayotgan mojaro

Isroil–Falastin mojarosi – Levantda hozirgi kungacha davom etib kelayotgan mojaro. XX asrning oʻrtasida boshlangan boʻlib, dunyodagi eng uzoq davom etib kelayotgan mojarolardan biridir[2]. Isroil–Falastin tinchlik jarayoni doirasida mojaroga hamda keng koʻlamli Arab-Isroil mojarosiga yechim topish uchun koʻplab chora koʻrilgan[3]. Falastinda yahudiylar uchun vatan barpo etishga ommaviy chaqiriqlar, jumladan, 1897-yilda sodir boʻlgan Birinchi sionizm kongressi hamda 1917-yilda eʼlon qilingan Balfour deklaratsiyasi hududga yahudiylar immigratsiyasi fonida ilk ziddiyatlarni keltirib chiqargan. Ikkinchi jahon urushidan keyin Falastinda Britaniya mandati yuridik hujjatida „Falastinda yahudiy xalqi uchun milliy vatan yaratish“ majburiyati belgilangan. Tangliklar ortidan yahudiylar va arablar oʻrtasida ochiq mojaro boshlangan[4][5]. 1947-yilgi Falastinni boʻlish boʻyicha BMT rejasi amalga oshmagan va 1947–1949-yilgi Falastin urushiga turtki boʻlgan. Hozirgi kundagi status quo Isroil 1967-yilda sodir boʻlgan Olti kunlik urushda Falastin hududlari oʻlaroq maʼlum boʻlgan Iordan daryosining gʻarbiy sohili (Gʻarbiy Sohil) hamda Gʻazo sektori hududlarini harbiy okkupatsiya qilganidan keyin yuzaga kelgan.

Isroil–Falastin mojarosi
Arab-Isroil mojarosi

Oslo kelishuvlarida belgilangan Falastin hududi xaritasi
Sanalar 14-may 1948-yil[1] – hozirgacha
Urush yeri
Holati Davom etmoqda
Raqiblar
 Isroil  Falastin

Boshqaruv (FMM):
Fayl:Fatah Flag.svg Fatah (Iordan daryosining gʻarbiy sohili)
Hamas (Gʻazo Sektori)

Manbalar

tahrir
  1. „A history of conflict:Establishment of Israel“. 2022-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-sentyabr.
  2. „A History of Conflict: Introduction“. A History of Conflict. BBC News. 2011-yil 20-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 17-dekabr.
  3. Falk, Avner. Fratricide in the Holy Land: A Psychoanalytic View of the Arab-Israeli Conflict (en). Terrace Books, 2005-02-17. ISBN 978-0-299-20253-8. 
  4. „The Roots of the Israeli-Palestinian Conflict: 1882–1914“. 2017-yil 23-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 22-avgust.
  5. ((The Editors of Encyclopaedia Britannica)) (26 October 2020). "Balfour Declaration | History & Impact". Encyclopædia Britannica. Chicago: Encyclopædia Britannica, Inc.. https://www.britannica.com/event/Balfour-Declaration. <!--->