Itaguaí
Itaguaí Braziliyaning Rio-de-Janeyro shtatida joylashgan shahar boʻlib, dunyodagi eng koʻp temir rudasini yetkazib beruvchi portlaridan bir Ilha Guaiba shu yerda joylashgan[2]. 2020-yilda uning aholisi 134,819 kishini tashkil etgan va maydoni 273 km2 ni tashkil qiladi[3]. Shaharga 1688-yilda asos solingan boʻlib, Rio-de-Janeyro va Angra dos Reis shaharlari oʻrtasida joylashgan[4].
Itaguaí | |
---|---|
Shahar | |
22°51′7″S 43°46′30″W / 22.85194°S 43.77500°W | |
Mamlakat | Braziliya |
Shtat | Rio-de-Janeyro |
Maydon | 1,223.59 km2 (472.43 kv mi) |
Aholisi (2020 [1]) |
134,819 |
|
Itaguaí Rio-de-Janeyro shahridan gʻarbga tomon taxminan 75 kilometr masofada, Santos (SP) yoʻli boʻylab joylashgan. Itaguaí Sepetiba qoʻltigʻi qirgʻogʻi bilan Atlantika yomgʻir oʻrmoni oʻrtasida joylashgan[5].
Itaguai va uning atrofidagi hududda Braziliyaning eng yirik maʼdan eksport qiluvchi portlaridan bir nechtasi joylashgan[6][7]. Itaguai, shuningdek, Rio-de-Janeyroning gʻarbiy sanoat mintaqasi (Zona Oeste) ishchilari uchun yotoqxona vazifasini ham bajaradi. Bu yer Itaguai shahridagi Rim-katolik yeparxiyasining markazi hisoblanadi.
Itaguai porti (Sepetiba / Guaiba orollari)
tahrirItaguai porti 1982-yilda chuqur suv koʻrfaziga ega port sifatida ochilgan. Itaguai asosan Minas-Jerais mintaqasida mavjud boʻlgan alyuminiy oksidi va boshqa minerallarni eksport qilish uchun moʻljallangan edi. Bu port tizimi Itaguai, Sepetiba va Guaiba oroli portlarini oʻz ichiga oladi[8][9][10]. 2018-yil avgust oyiga kelib yirik yuk kemalarini qabul qila oladigan boʻldi[11]. Sepetiba porti yana ikkita maʼmuriy hududga boʻlinadi – Sepetiba qoʻltigʻi va Sepetiba terminali[12].
Yaqin atrofda joylashgan Guaíba orol porti mineral rudalarni eksport qilish uchun alohida terminallarga ega, biroq port Vale togʻ-kon kompaniyasining xususiy mulki hisoblanadi va Itaguai porti Rio-de-Janeyro tasarrufiga kiradi[13][14][15]. Guaiba dunyodagi eng katta yuk tashuvchi kemalarini ortish uchun chuqur suv boʻylariga ega, ammo u yerda aholi yashamaydi va u yerga olib boruvchi avtomobil yoʻllari mavjud emas[16]. Temir rudasi orolni qitʼa bilan bogʻlaydigan va undan keyin Minas-Jeraisda joylashgan Vale konlarigacha choʻziladigan temir yoʻl koʻprigi orqali terminalgacha yetib boradi[17]. 2019-yil mart oyida mahalliy hokimiyat tomonidan yiliga 40 million tonna temir rudasini eksport qiladigan Itaguai porti yopildi. Bunga sabab, haddan tashqari ifloslanish va Braziliyadagi Brumadinho konidagi halokat tufayli[18]. Biroq, port uzoq muddatga yopilmadi, chunki bir kun oʻtib Vale kompaniyasiga sud qarorining berilishi natijasida port oʻz faoliyatini qayta boshladi[19].
Manbalar
tahrir- ↑ IBGE 2020
- ↑ Port Information book - Ilha Guaiba. Vale. Qaraldi: 2019-yil 22-aprel. (Wayback Machine saytida 2017-06-23 sanasida arxivlangan)
- ↑ „Brazilian Institute of Geography and Statistics“ (2018). — „2018 Estimates of Population“. Qaraldi: 2019-yil 6-mart.
- ↑ Sailing Directions - East coast of Brazil, 13th, Taunton: UKHO.
- ↑ „Sepetiba tecon - a profile“. bnamericas.com. BN Americas. Qaraldi: 2018-yil 5-sentyabr.
- ↑ „Port of Itaguai and Port of Guaiba island“. vale.com. Vale. Qaraldi: 2018-yil 5-sentyabr.
- ↑ Guide to port entry. London: World ports guides.
- ↑ „Is iron ore the next copper?“. cmegroup.com. Platts. Qaraldi: 2018-yil 5-sentyabr.
- ↑ „Official website - Port of Itaguai“ (pt). portosrio.gov.br. Ports rio. 2018-yil 1-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 5-sentyabr.
- ↑ „Itaguai port“. marinetraffic.com. Marine traffic. Qaraldi: 2018-yil 5-sentyabr.
- ↑ „Still room for Sepetiba in latest box pecking order“. Port Strategy (2009-yil 25-mart). Qaraldi: 2018-yil 5-sentyabr.
- ↑ „Sepetiba bay“. port-directory.com. Port Directory. 2018-yil 5-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 5-sentyabr.
- ↑ „The Ports of Guaiba and Itagui“. Vale official website. Vale. Qaraldi: 2019-yil 22-aprel.
- ↑ Investigation report - the sinking of Stellar Daisy. Virginia USA: registry of The Marshall Islands, 18 April 2019. Qaraldi: 2019-yil 22-aprel.
- ↑ „CSN Receives 10 Offers for Brazil Box Terminal“. Marine Link (2016-yil 8-yanvar). Qaraldi: 2018-yil 5-sentyabr.
- ↑ „Our mines and How Iron ore is made - Interactive Infographic“. www.vale.com. Vale. Qaraldi: 2019-yil 22-aprel.
- ↑ „Itaguai port pins hopes on extra trans Atlantic calls“. JOC. Qaraldi: 2018-yil 5-sentyabr.
- ↑ Brazilina town fines Vale, closes port terminal in Rio de janeiro state. Reuters (2019-yil 12-mart).
- ↑ Brazil's Vale to resume operations are port after court injunction. Reuters (2019-yil 19-mart).