Italiya avtomobilsozlik sanoati

Italiyaning avtomobilsozlik sanoati — mamlakatda eng katta ish beruvchilardan xisoblanib, 2006-yilning koʻrsatkichlariga koʻra mamlakatda 250 000 dan ortiq kishi 2131 ta avtomobilsozlikga bogʻliq firmalarda ish faoliyatini yuritadi. [1] Italiyaning avtomobilsozlik sanoati oʻzining avtomobillarning dizayni va kichik shahar uchun moʻljallangan avtomobillari va superkarlari bilan mashhurdur. Avtomobilsozlik sanoati Italiya yalpi ichki mahsulotining 8,5 foizini tashkil qiladi. [2]

Fiat 4 HP (1899-yil) — bu Fiat tomonidan ishlab chiqarilgan birinchi avtomobil.
1910-yillarda Italiyaning Turin shahrida avtomobil sanoatining xaritasi.

Italiya Yevropa va butun dunyodagi eng yirik avtomobil ishlab chiqaruvchilardan biridir.

Bugungi kunda Italiya avtomobilsozlik sanoatida deyarli Fiat Group ustunlik qiladi; 2001-yilda ishlab chiqarilgan transport vositalarining 90 % dan ortigʻi shu kompaniyaga tegishlidir. Fiat oʻzining oʻziga xos va ommaviy bozor modellari qatorida Alfa Romeo va Lancia markalari hamda Maseratining ekzotik markalariga egalik qiladi.

Italiya avtomobillari har-yili oʻkaziladigan-yilning eng yaxshi avtomili unvonini (bular qatorida Fiat avtomobillari eng koʻp marotaba bu sovrunni qoʻlga kiritgan) va Jahondagi eng yaxshi avtomobil sovrinlarini qoʻlga kiritgan.

Tarix tahrir

Italiyaning avtomobilsozlik sanoati 1880-yillarning oxirida boshlangan boʻlib, 1884-yilda Enriko Bernardi benzin yoqilgʻisida harakatlanadigan uch tsiklni yaratishiga qaramasdan, Stefanini-Martina mamlakatdagi birinchi ishlab chiqaruvchi deb tan olindi [3]

1888-yilda Giovanni Battista Ceirano Welleyes nomli velosipedlarini qurishni boshladi va ularga inglizcha nom beradi, inglizcha nom mahsulotlarning sotilishini yanada jozibador qilar edi. Shu bilan birga 1898-yilning oktyabr oyida, Giovanni oʻzining Matteo va Ernesto isimli aka-ukalari bilan birgalikda „Welleyes“ avtomobillarini qurish uchu Ceirano Gb & C kompaniyasiga asos soladi. Boshqaruv va moliyaviy muammolarga duch kelganda soʻng, aka-ukalar Jovanni Agnelli boshchiligidagi mahaliy ishbilarmonlar va zodagonlar konsortsiumiga murojaat qilishdi va 1899-yil iyul oyida Fiat SpA kompaniyanining ishlab chiqarish zavodini, ishlab chiqilgan mahsulot dizaynlarini va patentlarni sotib oldi — shu natijada birinchi FIAT — Fiat 4 HPni ishlab chiqardi. Welleyes / FIAT 4 HP umumiy hajmi 679 kub. santimetrlik dvigatelga ega boʻlib, 35 km/soat tezlikga ega edi. [4]

1900-yilda Isotta Fraschini tomonidan dastlabki Renault rusumli avtomobillarni yigʻish tashkil etilgan.

Avtomobilsozlik sanoati jadal rivojlana boshladi va ishlab chiqaruvchilar qatoriga quyidagi kompaniyalar kirdi: Aquila Italiana, Fratelli Ceyirano, Società Anonima Italiana Darracq — Darracq, Diatto, Itala, Junior, Lancia, Società Ceirano Automobili Torino, STAR Rapid, SPA va Zust.

Birinchi va Ikkinchi Jahon urushlari va 70-yillarning iqtisodiy inqirozi paytida ushbu markalarning koʻpi yoʻq boʻlib ketdi va bazilari FIAT yoki xorijiy ishlab chiqaruvchilar tomonidan sotib olindi.

 
Fiat 124, 1967-yil Yevropa eng yaxshi avtomobili, sovet (Lada) va turk (TOFAŞ Murat 124, TOFAŞ Serçe) ommaviy avtomobilsozligi
 
1972-yil Fiat 127 Yevropaning eng yaxshi avtomobili, Ispaniya (SEAT) va Yugoslaviya (Zastava) avtomobil sanoatining katalizatori.

Yillar davomida Italiya avtomobilsozligi Italiyadan tashqaridagi koʻplab ishlab chiqarish korxonalarda oʻz faoliyatini olib borgan, ularning aksariyati Fiat avtomobil modellarni ishlab chiqarishga moʻljallangan edi, bular qatorida Rossiyada Lada, sobiq Yugoslaviyadagi Zastava va Yugo, Polshada FSO (Polski Fiat), Ispaniyada SEAT (hozirgi Volkswagen tarkibiga kiradi).

1960-1970-yillarda Italiya oʻzining yirik avtosanoatini tikladi, bu koʻrsatkichlar Yevropada 3-4- va dunyoda 5- yoki 6-oʻrinlarda edi. 1980-yillarda Italiya avtomobilsanoati Buyuk Britaniyani ortda qoldirdi, lekin FIAT yordami bilan yutuqlarga erishgan Ispaniya, Polsha va Yugoslaviyada va Sovet Ittifoqidan oʻta olmadi.

1970-1980-yillarda Yevropada avtomobilsozlik sanoatida katta oʻzgarishlar davri boʻldi. Orqa gʻildirak yordamida harakatlanadigan oilaviy avtomobillar, asta-sekin oldingi gʻildirakk yordamida harakatlanadigan avtomobillarga almashtirila boshladi. Hatchback korpusli avtomobillar birinchi marta 1965-yilda Fransiyadan Renault 16 -da paydo boʻlgan va 1980-yillarning oʻrtalariga kelib kichik avtomashinalar qatorida eng ommabop modelga aylangan. 1971-yil Fiat hatchback turdagi avtomobillar bozoriga 127 ta hatchbek avtomobillar bilan kirdi, 1978-yilda Ritmo oilaviy avtomobili paydo boʻldi. Oʻn-yillikning oxiriga kelib, Alfa Romeo va Lancia nomli avtomobil ishlab chiqaruvchilari oʻzlarining modellari qatoriga hatchbatchlarni qoʻshdilar. 1980-yillarda Italiyaning avtomobilsozlik sanoatini avtomobillarning innovatsion dizayniga boʻlgan katta etiborini davom etti va natijada 1983-yil Uno supermini va 1988-yilda Tipo oilaviy xetchbek avtomillari yaqdim etildai va ikkalasi ham eng zamonaviy va amaliy dizayniga koʻra-yilning eng yaxshi avtomobili deb tan olindi. Uno modelining butun ishlab chiqarish davrida Yevropada eng mashhur mashinalardan biri edi, garchi Tipo Italiyadan tashqarida unchalik mashhur boʻlmagan.

Uno modelining oʻrnini bosadigan avtomobil Punto 1993-yil oxirida ishga tushirildi va oʻzidan oldingi avlodidagi modelga oʻxshash muvaffaqiyatlarga erishdi, ilgari esa 1990-yillarda Cinquecento Yevropadagi shahar avtomobillari hajmini oshirishda katta rol oʻynagan. Kompaniya 1998-yilda yangi kompakt MPV bozoriga olti oʻrindiqli Multipla bilan kiridi va shu bilan birga qariyib oʻn-yildan beri katta MPV bozoriga Peugeot qoʻshma korxonasi bilan chiqaziladigan Evrovan modeli bilan beri b.

1990-yillarda Italiya avtosanoati Yevropada uchinchi va dunyoda 5-oʻrinni egalladi,-yillik ishlab chiqarish hajmi 2 millionga yaqin edi (1989-yilda maksimal koʻrsatkich — 2,222,774). Ammo 2011-yilda u yarim asr ichida birinchi marta 800 mingdan pastga tushdi va hozirda Evropada 6-oʻrinda va dunyoda 19-oʻrinda . [5][6]

Bugungi kunda Italiya avtomobilsozlik sanoati dizay va texnologiyalar boʻyicha dunyodagi muhim ishtirokchilaridan biri boʻlib qolmoqda va Fiat kompaniyasi Italiyadan tashqarida boʻlgan katta sarmoyalarga ega, shu jumladan 2014-yil yanvar holatiga koʻra kompaniya Amerikaning Chrysler avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyasining 100 foiz ulushini qoʻlga kiritgan. Fiatning erishgan katta yutuqlariga uning 2007-yildan beri ishlab chiqariladigan yangi Fiat 500 rusumli shahar avtomobillari sababchi hisoblanadi, garchi bu modelning ishlab chiqarilishi Italiyada emas, balkim Polsha va Meksikada yoʻlga qoʻyilgan.

Ishlab chiqarish koʻrsatkichlari tahrir

Italiyada avtoulov ishlab chiqarish koʻrsatkichlari [5] [6] [7]

-yil Birliklar (dona)
1913-yil 2,000
1924-yil 35.000
1928-yil 55.000
1935-yil 44,000
1950-yil 129 000
1960-yil 645 000
1961-yil 759,000
1970-yil 1,854,252
1971-yil 1.817.000
1980-yil 1,610,287
1981-yil 1,433,000
1989-yil 2,27,774
1990-yil 2120,850
1991-yil 1.878.000
1994-yil 1,534,000
1995-yil 1.667.000
1996-yil 1,545,000
1997-yil 1,827,592
1998-yil 1,692,737
1999-yil 1,704,326
2000-yil 1,741,478
2001-yil 1,581,908
2002-yil 1,429,678
2003-yil 1,324,481
2004-yil 1,145,181
2005-yil 1,038,352
2006-yil 1,211,594
2007-yil 1,284,312
2008-yil 1,023,774
2009-yil 843,239
2010-yil 838,400
2011-yil 790,348
2012-yil 671,768
2013-yil 658,206
2014-yil 697,864
2015-yil 1,014,223
2016-yil 1,103,516
2017-yil 1,142,210
2023-yil 2,154,847

Ishlab chiqaruvchilar tahrir

Italiya avtomobil ishlab chiqaruvchilari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

Mavjud boʻlmagan ishlab chiqaruvchilar:

Yana qarang tahrir

  • Italiya kompaniyalari roʻyxati
  • Seirano aka-uka tomonidan tashkil etilgan avtomobil kompaniyalarining roʻyxati

Manbalar tahrir

  1. „ITALY'S AUTOMOTIVE INDUSTRY IS BACK ON THE ROAD THANKS TO EXPORTS“. italtrade.com. 11-yanvar 2008-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 6-fevral. „arxiv nusxasi“. 2017-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 15-aprel.
  2. „Country Profiles > ITALY“. acea.thisconnect.com. 11-fevral 2008-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 9-fevral. „arxiv nusxasi“. 2008-yil 11-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 15-aprel.
  3. „Other European developments“. britannica.com. 2-yanvar 2008-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 23-dekabr.
  4. „The history of Fiat“. carsfromitaly.net. Qaraldi: 2007-yil 23-dekabr.
  5. 5,0 5,1 OICA: Production Statistics
  6. 6,0 6,1 RITA. Table 1-23: World Motor Vehicle Production, Selected Countries
  7. J. Bradford DeLong. „Slouching Towards Utopia?: The Economic History of the Twentieth Century“. econ161.berkeley.edu. 2008-yil 9-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 6-fevral. „arxiv nusxasi“. 2008-yil 9-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 15-aprel.