Itbaliqdumsiz amfibiyalar lichinkasi. Uvildirikdan rivojlanadi. Suvda yashaydi. Tashqi jabrasi, harakatlanishga yordam beruvchi uzun dumi, suv osti jismlariga yopishuvchi organi va yon organlari bor. Oyoklari boʻlmaydi. Oʻsimliklar bilan oziqlanadi. Metamorfoz yoʻli bilan rivojlanadi, Yuragi dastlab 2 kamerali, rivojlanishi davomida (3—4 oydan keyin) uch kamerali boʻlib qoladi; dumi yoʻqoladi; orqa oyoklari rivojlanadi; jabra va jabra yoriqlari yoʻqolib, oʻpka bilan nafas ola boshlaydi. Sezgi organlari oʻzgaradi; yon chiziqlari yoʻqoladi. Shu oʻzgarishlardan keyin I. baqaga aylanib, quruklikka chiqadi. [1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil