Bosh menuni ochish

"ITTIHOD VA TARAQQIY" (turkcha "İttihat ve Terakki") — turk inqilobchilarining siyosiy tashkiloti. Bu tashkilot aʼzolari keyinchalik oʻzlarini Yosh turklar deb atashgan. 1889 y. Istan-bulda Yosh turklarning maxfiy siyosiy tashkiloti sifatida tashkil topdi. Unga Istanbul harbiy tibbiyot oʻquv yurti talabalari Abdulla Javdat, Ibrohim Temo, Ishoq Sukuti, Mahmed Rashid asos soldi. Tashkilotning asosiy maqsadi sulton Abdulhamid II (1842—1918)ning mustabid hokimiyatini konstitutsion tuzum bilan almashtirishdan iborat boʻlgan. Tez orada xo-rijda ularning "Usmonlilar Ittihod va taraqqiy jamiyati" ham tuzildi. 1892 y.dan Parijda turk tilida tashkilotning "Mashvarat" gaz. chiqa boshladi. 1907 y. oxirida Parijda boʻlgan kong-ressda muxolifatdagi kuchlar Usmonlilar hokimiyatiga qarshi "I. va t." tashkiloti yetakchiligida blok tuzishdi. Axmad Rizo boshchiligidagi tashkilot rahbariyati xorijdan sultonlikka qarashli Makedoniyaning markaziy shaxri — Salonikiga kelib oʻrnashdi. Mamlakatda Abdulhamid 11 mustabid zulmiga qarshi kurash avj olib ketdi. Mamlakatda ittihodchilar rahbarlik qilgan Yosh turklar inqilobi gʻalaba qozondi. 1908 y.da "I. va t." tashkiloti partiyaga aylantirildi. Ziyo Koʻkalpnnt turkchilik goyalari "I. va t." tashkiloti aʼzolariga kuchli taʼsir koʻrsatdi. "I. va t." tashkiloti aʼzolari Turkiyada demokratik erkinliklarni joriy qilishga kirishdi.

1913 y.da Talʼat posho — Turkiyaning Bosh vaziri, Anvar posho — harbiy vazir, keyinchalik Bosh qoʻmondon, Ja-mol posho — harbiy dengiz kuchlari vaziri lavozimlarini egalladi. Anvar posho Buxorodan Turkiyaga tahsil olish uchun borgan Usmon Xoʻja, Fitrat kabi talabalarni oliy darajada qabul qilgan.

Birinchi jahon urushiyaa Turkiyaning yengilishi natijasida "I. va t." tashkiloti tarqatib yuborilib, uning fa-oliyati taqiklandi. 1918 y. 3 noyabrda Talʼat posho, Anvar posho va Jamol posho Turkiya hududidan chiqib ketishdi. Jamol posho va Anvar posho 1920— 21 y.larda Turkistonga kelishdi, Anvar posho Buxorodagi shoʻro tuzumiga qarshi harakatga rahbar boʻldi. Turkiyada yuz bergan muhim oʻzgarishlardan ke-yin — 1922 y. "I. va t." partiyasi yana qayta tiklandi, ammo u mamlakat hayotida avvalgi mavqeiga erisha olmadi. 1926 y. Otaturkka qarshi suiqasd qilganlikda nohaq ayblanib, yttihodchilardan 4 kishi oʻlim jazosiga hukm qilindi. "I. va t." partiyasi shu bilan oʻz faoliyatini tugatdi.

AdabiyotTahrirlash

  • 3iyo Goʻkalp , Turkchilik asoslari, T., 1994; Turk xalqining buyuk farzandi Otaturk, T., 1998; Rajabov Q., Buxoraga qizil armiya bosqini va unga qarshi kurash, T., 2002.

Qahramon Rajabov.[1]

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil