Ivan Pavlov
Ivan Petrovich Pavlov [1849.14(26).9, Ryazan-1936.27.2, Leningrad] — rus fiziologi; odam va hayvonlar oliy nerv faoliyati taʼlimoti asoschilaridan. Rossiya Fanlar akademiyasi akademik (1907); Tibbiyot-xirurgiya (Harbiy tibbiyot) akademiyasini tugatgach (1879), SP. Botkin laboratoriyasida ishladi. 1890-yildan Harbiy tibbiyot akademiyasining professori, avval farmakologiya, keyinchalik fiziologiya kafedrasi mudiri (1896— 1924), ayni vaqtda Eksperimental tibbiyot institutida fiziologiya boʻlimi boshligʻi. 1925-yildan SSSR Fanlar akademiyasi fiziologiya instituti direktori. Pavlovga ilmiy tatqiqot ishlari olib borish uchun 1921-yil Leningrad yaqinidagi Koltushi (hoz. Pavlove) qishlogʻida ilmiy tajriba stansiyayasi qurib berilgan. Ilmiy izlanishlari qon aylanishi, ovqat hazm qilish va oliy nerv sistemasi fiziologiyasiga oid. Sogʻlom organizm faoliyatini oʻrganishga imkon beruvchi surunkali eksperimentni amaliyotga tatbiq etgan. Ruhiy faoliyat asosini bosh miya poʻstida roʻy beradigan moddiy fiziologik jarayonlar tashkil etishini shartli reflekslar usuli yordamida isbotlagan. Pavlovning oliy nerv faoliyati fiziologiyasi (signal sistemasi, nerv sistemasi tiplari, funksiyalar lokalizatsiyasi, katta yarim sharlar ishi sistemali boʻlishi va boshqalar)ga oid tadqiqotlari fiziologiya, tibbiyot, psixologiya va pedagogikaning rivojlanishida katta rol oʻynadi. Pavlov shartli refleksni kashf qildi va oʻrgandi. Uning odam uchun xos boʻlgan oliy nerv faoliyati, ikkinchi signal sistemasi toʻgʻrisidagi tadqiqotlari amaliy ahamiyatga ega. Nobel mukofoti laureati (1904).[1]
Ivan Pavlov Иван Петрович Павлов | |
---|---|
![]() | |
Tavalludi |
26-sentabr 1849-yil Ryazan, Rossiya Imperiyasi |
Vafoti |
27-fevral 1936-yil (86 yoshda) Leningrad, SSSR |
Istiqomat joylari | Rossiya Imperiyasi, SSSR |
Fuqaroligi | SSSR |
Millati | Rus, SSSR |
Sohasi | Fiziolog |
Alma mater | Sankt Peterburg Universiteti |
Mashhur ishlari | oliy nerv faoliyati fiziologiyasi |
Mashhur sovrinlari |
|
Yana q.Tahrirlash
ManbalarTahrirlash
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |