Ivan Vadimovich Bariyev (Ivan Rigini) (ruscha: Иван Вадимович Бариев; 1991-yil 16-aprelda tugʻilgan) — yakka holda konkida uchish musobaqalarida qatnashgan italiyalik sobiq figurali uchuvchi va hozirda xoreograf boʻlib faoliyat yuritadi. Ikki karra Bavaria Open turniri chempioni va toʻrt karra Italiyaning milliy chempioni boʻlgan. Ivan toʻrtta Xalqaro konkida uchish ittifoqi chempionatida erkin konkida uchib, 2016-yilgi Yevropa chempionatida oltinchi boʻlib, eng yaxshi natijasini qoʻlga kiritgan.

Ivan Rigini (Bariyev)
Shaxsiy maʼlumotlari
Davlat Italiya
Oldin vakil boʻlgan Rossiya
Tavalludi 16-aprel 1991-yil (1991-04-16) (33 yosh)
Moskva
Boʻyi 1.77 m (5 ft 9 12 in)
Murabbiyi Michael Huth, Igor Pashkevich
Jamoasi Forum Assago
Oldingi jamoalari Moskvich
Mashgʻulot oʻtkazadigan joyi Oberstdorf
Uchishni boshlagan 1997
Shaxsiy rekordlari
Qisqa dastur 82.23
Erkin dastur 154.13

Ivan Bariyev nomi bilan Rossiya vakili sifatida bellashib kelgan va Xalqaro konkida uchish ittifoqi tomonidan oʻtkazilgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri seriyasida toʻrtta kumush medalni, ikkita Rossiya oʻsmirlar oʻrtasidagi milliy chempion unvonini va 2011-yilgi „Golden Spin of Zagreb“ musobaqasida bronzani qoʻlga kiritgan.

Shaxsiy hayoti tahrir

Ivan Bariyev 1991-yil 16-aprelda Moskvada tugʻilgan. 2013-yilda onasining sobiq familiyasini olgan. Ivan Italiya fuqaroligiga ega.

Faoliyati tahrir

Ilk faoliyati tahrir

Bariyev 1994-yilda konkida uchishni oʻrgana boshlagan[1]. U 2007-yil sentyabr oyida I Xalqaro konkida uchish ittifoqi tomonidan oʻtkazilgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri (JGP) seriyasida debyut qilib, Ruminiya va Xorvatiyada boʻlib oʻtgan musobaqalarda kumush medallarni qo‘lga kiritgan. 2007-yil oktyabr oyining oxirida oʻng tizzasidagi jarohatini operatsiya qildirgan. Ivan JGP finalida ham, 2008-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida ham 7-oʻrinni egallagan[2].

Bariyev keyingi mavsumda Chexiya va Janubiy Afrikada oʻtkazilgan JGP musobaqalarida kumush medallar bilan taqdirlangan. U JGP finalida 4-o‘rinni egallagan. Ivan 2012-yil oktabr oyi oxirida, 2012 Coupe Internationale de Nice turnirida Rossiya terma jamoasi safida so‘nggi musobaqasini o‘tkazgan[3].

Dasturlari tahrir

Mavsum Qisqa dastur Erkin dastur
2017 — 2018

Eron raqsi

2016 — 2017

2015 — 2016

  • You Raise Me Up

    Josh Groban

  • Nessun Dorma
2014 — 2015

Natijalari tahrir

GP: Gran-pri ; CS: Challenger seriyasi ; JGP: Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri

Rossiya vakili sifatida tahrir

Xalqaro
Musobaqa 07 — 08 08 — 09 09 — 10 10 — 11 11 — 12 12 — 13
Nice Cup 5
Golden Spin of Zagreb 3
Ice Challenge 4
Nebelhorn Trophy 8
NRW Trophy 8
Universiada WD
Xalqaro: Oʻsmirlar
Jahon chemp. 7
JGP finali 7 4
JGP Xorvatiya 2
JGP Ruminiya 2
JGP Janubiy Afrika 2
Milliy
Rossiya chemp. 7 9 6
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Rossiya chemp. 1 1
WD = Musobaqani tark etgan

Manbalar tahrir

  1. „IVAN COSTRETTO A RINUNCIARE AL FREE SKATING DI OGGI“ [A foot injury of Ivan] (Italian). Ivan Righini - Official site (2015-yil 17-oktyabr). 2015-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „INFORTUNIO AL PIEDE PER IVAN“ [Ivan forced to give up free skating today] (Italian). Ivan Righini - Official site (2015-yil 16-sentyabr). 2015-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  3. Castellaro, Barbara. „Ivan Righini, carico per la nuova stagione, ci svela obiettivi e programmi“ (Italian). ArtOnIce.it (2015-yil 14-oktyabr).