Ivy Liga Amerika Qo'shma Shtatlarining shimoli-sharqidagi sakkizta xususiy ilmiy tadqiqot universitetlarini o'z ichiga olgan Amerika universitetleri sport konferensiyasidir[2].

Ivy Ligasi
Turi Diviziya 1
Ishga tushgan sanasi 1954
Bosh kotib Robin Harris[1](2009-yilgacha)
Bosh mahkamasi New Jersey
Aʼzolari 8
Vebsayti ivyleague.com
Ivy ligeague a'zolarining hududiy joylashuvi

"Ivy League" nomi ushbu universitetlardagi eski binolar atrofida o'sadigan pechak kurtaklaridan kelib chiqqan[3]. Ligaga kiritilgan universitetlar yuqori sifatli ta'lim tizimiga ega.

Ivy liga a'zolari: Brown universiteti, Kolumbiya universiteti, Cornell universiteti, Dartmouth kolleji, Garvard universiteti, Princeton universiteti, Pensilvaniya universiteti va Yale universitetidir.

Ivy liga 1933-yildan beri faoliyat yurutishiga qaramasdan, 1954-yilda, Atletika konferensiyasi tashkil etilgandan keyingina rasmiy tashkilot sifatida ish boshladi. Korneldan tashqari barcha "Ivy" mustamlaka davrida tashkil etilgan universitetlardir. Ular Amerika inqilobidan oldin tuzilgan to'qqizta kolonial universitetlarning yettitasini tashkil qiladi[4]. Boshqa ikkita kolonial kollejlar esa, Rutgers universiteti–Newark, Uilyam va Meri kolleji davlat muassasalariga aylandi[5].

Ivy liga universitetlari dunyodagi eng nufuzli universitetlari sarasiga kiradi. Sakkizta universitetning barchasi 2023-yilgi US News & World Report National universitetlar reytingining eng yaxshi 18 taligidan joy oldi shu jumladan uchta Ivyning, birinchi beshlikka kirganlari (Yale universiteti, Garvard universiteti va Princeton universiteti) ham bor[6]. "US News" 2001-yildan beri har yili Ivy ligasi eng yaxshi milliy universitetlarni e'lon qilib boradi. 2020-yilga kelib Princeton o'n bir marta, Garvard ikki marta g'olib bo'lgan va bu ikkita Ivy besh marta teng raqobatlashgan. Sakkizta Ivy barchasi Amerika tadqiqot universitetlarining eng nufuzli ittifoqdosh bo'lib Amerika Universitetlari Assotsiatsiyasining a'zolaridir[7].

A'zo Universitetlar tahrir

Universitet nomi Tashkil etilgan yil Joylashgan shahri Bakalavriat soni Arizachilarning qabul foizi[8] Ivy ligadagi universitetlar logosi
Brown universiteti 1764 Rod-Aylend 7,349 6.6%
 
Kolumbiya universiteti 1754 New York (shahar) 8,148 5.1%
 
Cornell universiteti 1865 New York (shahar) 15,503 10.6%
 
Dartmouth kolleji 1769 Nyu-Xempshir 4,556 7.9%
 
Garvard universiteti 1636 Kembrij (shahar) 7,153 4.5%
 
Princeton universiteti 1746 New Jersey 5,321 5.8%
 
Pensilvaniya universiteti 1740 Filadelfiya 9,962 7.4%
 
Yale universiteti 1701 Konnektikut 6,536 5.9%
 

Universitetlarning moliyaviy holati tahrir

Ivy Ligasi universitetlari dunyodagi eng yirik moliyaviy fondlariga ega bo'lib, o'z talabalariga akademik dasturlari, moliyaviy yordamlari va ilmiy ishlari uchun anchagina resurslarni taqdim etadilar. 2021-yil holatiga ko'ra Garvard o'z talabalariga va boshqa xarajatlari uchun 53,2 milliard dollar ajratdi. Har bir universitet federal hukumat va xususiy manbalardan har yili millionlab dollar tadqiqot mablag'larini jalb qiladi.

Akademik Reytingi tahrir

Ivy Liga qabul darajasi juda past bo'lib, taxminan 10% yoki undan pastroq. Kelasi 10 yilgi o'rin uchun sakkizta universitet oltitasining qabul ko'rsatkichlari 6% dan pastligini e'lon qildi[9]. Ivy ning asosiy qismini Amerika Qoʻshma Shtatlari shimoli-sharqidagi talabalar talabalar tashkil qilsada qabul qilingan talabalar turli xil millat va elat vakillaridir.

Talabalarning ilmiy salohiyati tahrir

Bugungi kunda Ivy ligasi 68000 ga yaqin talabalari AQShdagi talabalarni umumiy sonining 0,4 foizini tashkil qiladi.[10] Ivy ligasi bitiruvchilari hukumat va siyosatda yuqori o'rinlarni egallab kelishgan. AQSHning jami 15 prezidenti Ivy liga universitetlarida o'qigan.

Manbalar tahrir