Iya Borisovna Ninidze (gruzincha: ია ბორისის ასული ნინიძე, 1960-yil 8-sentyabrda tugʻilgan) – gruziyalik aktrisa. Ninidze oʻn uch yoshida musiqiy filmda rol ijro etgan. Ninidzeni „Gruziyaning Audrey Hepburni“ deb atashgan, aktrisa kino va televideniyeda faoliyat yuritgan. Filmlaridan birida Iosif Stalinni satirik tarzda tasvirlashgani uchun sovet senzurachilari tomonidan film 3 yil taqiqda boʻlgan.

Iya Ninidze
Tavalludi
Iya Ninidze

1960-yil 8-sentyabr
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR Rossiya bayrogʻi Rossiya
Kasbi aktrisa

Hayoti

tahrir

Iya Borisovna Ninidze 1960-yilda Gruziya poytaxti Tbilisida tugʻilgan. Uning otasi televideniye rejissyori, onasi esa rus tili oʻqituvchisi boʻlgan[1]. Ninidze yoshligidanoq Tbilisi xoreografiya maktabida baletni oʻrganishni boshlagan va u yerda uning aktrisalik isteʼdodini payqab qolishgan. Ninidze oʻn uch yoshida Georgiy Shengelayaning mashhur „Melodii Veriyskogo kvartala“ gruzin musiqiy filmida rol ijro etgan[2]. Ninidze u yerda balet maktabiga borishni orzu qilgan qiz rolini ijro etgan[1].

Shunda soʻng aktrisani „Gruziyaning Audrey Hepburni“ deb atasha boshlashgan. Uning mashur rollari orasida 1968-yilda suratga olingan „Ne goryuy!“ va 1975-yilda suratga olingan „Pervaya lastochka“ filmlaridagi rollari ham bor[3]. 1987-yilda suratga olingan „Monanieba“ filmida bosh qahramonning rafiqasi rolini oʻynagan[2][1]. Film 1984-yilda suratga olingan, ammo sovet senzurachilari filmni namoyish qilishga rozi boʻlguncha uch yil kerak boʻlgan. Film Stalinning hayoti va jinoyatlari haqidagi satiradir[4].

Televidiniyeda Ninidze „Prostie istini“ va „Nebesnie lastochki“ ikki qismli komediyali telerseriallarda rol oʻynagan. Mashhur „Nebesnie lastochki“ telefilmida Ninidze aktrisa boʻlishni istagan maktab oʻquvchisi rolini oʻynaydi[5]. Keyinroq esa Ninidze teatr rol oʻynash uchun Moskvaga koʻchib oʻtadi[1].

2012-yilda Ninidze „Gaigimet“ filmida rol oʻynadi, bu film Rusudan Chkonia tomonidan suratga olingan kichik byudjetli film boʻlib, oʻsha yil Oscar kinomukofoti marosimida Gruziyaning eng yaxshi chet tilidagi filmi sifatida taqdim etilgan[6].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 „Ия Нинидзе - Биография - Актеры советского и российского кино - Биография Ии Нинидзе“. rusactors.ru. Qaraldi: 2024-yil 5-mart.
  2. 2,0 2,1 „Dollar VS Lari“ (ka). GeorgianJournal (2020-yil 1-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 5-mart.
  3. „First Swallow at Ciné Lumière“ (en-GB). Institut Français · Royaume-Uni. Qaraldi: 2024-yil 5-mart.
  4. Bradshaw, Peter. „Repentance review – dreamlike satire from Soviet Georgia brings life to Stalinist ghosts“ (en-GB). The Guardian (2024-yil 8-fevral). Qaraldi: 2024-yil 5-mart.
  5. Beyond. „10 Soviet musical films the whole country sang along to (VIDEO)“ (en-US). Russia Beyond (2023-yil 9-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 5-mart.
  6. Holdsworth. „Georgia ‘Smiling’ for Oscar“ (en-US). Variety (2012-yil 25-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 5-mart.