Izumozaki (yaponcha: 出雲崎町 Izumozaki-machi?) Yaponiyaning Niigata prefekturasida joylashgan shaharchadir. 2019-yil 1-iyul holatiga koʻra, shaharning taxminiy aholisi 4190 kishidan iborat boʻlgan, aholi zichligi esa 1 km² ga 94,4 kishidan toʻgʻri keladi. Shaharning umumiy maydoni 44,38 kvadrat kilometrni (17,14 mi²) tashkil etadi.

Izumozaki

出雲崎町
Shaharcha
Skyline of Izumozaki
Izumozaki
Bayroq
Izumozaki
Gerb
37°31′50.6″N 138°42′33.6″E / 37.530722°N 138.709333°E / 37.530722; 138.709333
Mamlakat Yaponiya
{{{mintaqa_turi}}} Chubu viloyati
Asos solingan 1886-yil 1-aprel
Maydon 4,438 km2 (1,714 kv mi)
Iqlim turi nam iqlim
Rasmiy til(lar)i yapon
Aholisi
 (2019-yil -iyul)
4 190
Zichligi 94.4 kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC+9:00
Izumozaki xaritada
Izumozaki
Izumozaki
Izumozaki qirgʻoq chizigʻi

Geografiyasi

tahrir

Izumozaki markaziy Niigata prefekturasining gʻarbda Yapon dengizi bilan chegaradosh qirgʻoq chizigʻi mintaqasida joylashgan.

Atrofdagi munitsipalitetlar

tahrir

Iqlimi

tahrir

Izumozaki nam iqlimga ega (Köppen Cfa) boʻlib, issiq va nam yoz hamda sovuq qish faslida kuchli qor yogʻishi bilan ajralib turadi. Izumozakidagi oʻrtacha yillik harorat 12,6 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 2261 mm, boʻlib, sentyabr esa eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 25,7 °C, eng past harorat esa yanvarda, 0,7 °C atrofida boʻladi[1].

Demografiyasi

tahrir

Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[2], Izumozaki aholisi soni soʻnggi 50 yil ichida barqaror ravishda kamaygan.

Aholining oʻsishi
YilAholi±%
19708,17—    
19807,048−13.7%
19906,421−8.9%
20005,814−9.5%
20104,907−15.6%
20204,113−16.2%

Tarixi

tahrir

Hozirgi Izumozaki hududi qadimgi Echigo viloyatining bir qismi boʻlgan. Edo davrida, bu toʻgʻridan-toʻgʻri Tokugavaa syogunati tomonidan nazorat qilinadigan Tenryō hududi va Izumozaki daikanshoning joylashgan hududi edi. Buyuk Zen shoiri va xattoti Ryokan 1758-yilda Izumozaki shahrida tugʻilgan. Meiji davri boshlangandan soʻng, hudud Niigataning Santo tumaniga aylantirildi. Keyinchalik, 1886-yil 1-aprelda zamonaviy munitsipalitetlar tizimini yaratish bilan Izumozaki shahri ham tashkil etildi. 1904-yil 1-aprelda Izumozaki qoʻshni Amaze shahrini oʻziga qoʻshib oldi. Izumozaki qoʻshni Nishikoshi qishlogʻi bilan 1957-yil 20-iyunda birlashib ketdi.

Iqtisodiyoti

tahrir

Mahalliy iqtisodiyotda baliq ovlash tijorati ustunlik qiladi. Ishlaydigan aholining katta qismi qoʻshni Nagaoka yoki Kashivazakiga sish qidirib boradi.

Taʼlim tizimi

tahrir

Izumozakida bitta davlat boshlangʻich maktabi va shahar hukumati tomonidan boshqariladigan bitta davlat oʻrta maktabi mavjud. Shaharda Niigata prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan bitta davlat oʻrta maktabi faoliyat yuritadi.

Transporti

tahrir

Temir yoʻl

tahrir

Magistral yoʻl

tahrir
  • Milliy yoʻnalish 116
  • Milliy yoʻnalish 352
  • Milliy yoʻnalish 402
  • Milliy yoʻnalish 460

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir