Jaʼfar al-Barzanjiy (adib)
faqih, adib
Jaʼfar ibn Hasan ibn Abdulkarim ibn Muhammad ibn Abdurrasul al-Barzanjiy, al-Madaniy (shaʼbon oyida Madinada tugʻilib, 1764-yil (hijriy 1187-yil)da vafot etgan) — faqih va adib. Madinada shofiʼiy mazhabiga oid fatvolar chiqarishni boshqargan.
Jaʼfar al-Barzanjiy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Vafoti | milodiy 1764-yil (hijriy 1187-yil) |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | adib, faqih |
Asarlari
tahrir- „Nazmu mavlidi-n-nabiy (s.a.v.)“ (Nazmda bitilgan „Mavlidi-n-nabiy (s.a.v.)“);
- „Qissatu-l-meʼroj“ („Meʼrojnoma“);
- „Manoqibu sayyidi-sh-shuhado sayyidina Hamza“ („Shahidlarning sayyidi — janobimiz Hamzaning manoqibi“);
- „al-Arin li asmoi-s-sahoba al-badriyyin al-fayz al-latif biijobati noibi-sh-sharʼi-sh-sharif“ („Shariatning sharafli izdoshi javobidagi latif va fayzli ikki toʻlin oydek sahobalar ismlarining mavqei“);
- „Joliyatu-l-kurub bi asmoʻi sayyidi-l-ajam va-l-arab“ („Arab va ajamliklar janobining ismi sharifini eshitganda qaygʻuga tushuvchilar“);
- „Iqdul-javhar fi mavlidi sohibi-l-havzi va-l-kavsar“ („Jannatiy ariq va
kavsar sohibining tavalludi haqidagi gavharlar shodasi“);
- „Talʼatu-l-badr“ („Toʻlin oyning chiqishi“);
- „Manzuma roʻiya fi asmoʻi ahli badr ala hurufi-l-muʼjam“ („Toʻlin
oy ahlining alifbo tartibidagi ismi shariflari haqida koʻrinib turadigan manzuma“)[1].
Manbalar
tahrir- ↑ Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 77-bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.
Ushbu maqolada Renessans olimlari qomusi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |