Jack OʻConnell
Jek Uilyam OʻKonnell (inglizcha: Jack William O'Connell) 1994-yil 29-martda Londonda tugʻilgan.Ingliz futbolchisi „Sheffild United“ jamoasi himoyachisi hisoblanadi.
Jack William OʻConnell | |
---|---|
Umumiy maʼlumotlari | |
Ism sharifi | Jack William OʻConnell |
Tugʻilgan | 29-mart 1994-yil(28 yosh) Liverpul, Angliya |
Fuqaroligi | Angliya |
Boʻyi | 190 cm |
Pozitsiyasi | markaziy himoyachi |
Hozirgi jamoasi | |
Klub | Sheffild United |
Raqami | 5 |
Wikimedia Commonsdagi media fayllar |
Jamoalardagi faoliyati
tahrirJek Uilyam OʻKonnell futbolchilik faoliyatini „Liverpool“ Premer-ligasining „Litherland Remica“ jamoasidada boshlagan[1]. 2011-yilning yozida u „Blekbern Rovers“ jamoasiga qoʻshildi[2]. 2011/12-yilgi mavsumda „Blekbern“ zaxira va akademiya jamoasida himoyachi sifatida oʻynagan OʻKonnell 35 oʻyinda 3 ta gol urdi, shuningdek, „Rovers“ga Angliya kubogi va akademik Premer-liganing final bosqichiga chiqishda yordam berdi[3]. 2012-yilning may oyida u klub bilan birinchi professional shartnomasini imzoladi[4]. Yoshlar jamoasidagi faoliyatini muvaffaqiyatli boshlaganiga qaramay, OʻKonnell „Blekbern Rovers“ning asosiy jamoasiga kira olmadi. 2014-yil 12-avgustda Jek „Blekbern“ning birinchi jamoasidagi yagona oʻyinini oʻtkazdi: bu Futbol Ligasi kubogining birinchi bosqichida „Skuntorp United“ jamoasiga qarshi oʻyini edi. OʻKonnell barcha 90 daqiqani maydonda oʻtkazdi va uning jamoasi minimal 0:1 hisobida magʻlub boʻldi[5].
2012-yildan 2015-yilgacha „Blekbern Rovers“ futbolchisi sifatida „Roterxem United“, „York City“ va „Rochdeyl“ klublarida ijara asosida oʻynagan.
2016-yilning 8-iyulida OʻKonnell 1-liganing „Sheffild United“ klubiga koʻchib oʻtdi va „Blades“ bilan uch yillik shartnoma imzoladi[6]. 6-avgust kuni u yangi jamoasi safida „Bolton Wonderers“ga qarshi oʻyinda debyut qildi[7]. „Sheffild“ tarkibida OʻKonnell darhol asosiy jamoa oʻyinchisiga aylandi, „Blades“ uchun debyut mavsumida 50 ta oʻyin oʻtkazdi va 6 ta gol urdi. Oʻsha mavsum oxirida „Sheffild United“ 100 ochko bilan 1-ligada gʻolib chiqdi va chempionatga yoʻl oldi. 2017-yilning noyabrida Jek klub bilan 2022-yilning yoziga qadar yangi shartnoma imzoladi[8]. 2018/19-yilgi mavsumda u „Bleyd“larga Premer-ligaga chiqishga yordam berdi[9]. 2019-yilning 10-avgustida u Premer-ligada „Bornmut“ga qarshi o‘yinda debyut qildi[10].
Terma jamoadagi faoliyati
tahrir2012-yil 7-mart kuni Angliyaning 18 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoasi Polshadan kelgan tengdoshlariga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi[11]. 2012-yil 26-sentabrda u Angliyaning 19 yoshgacha bo‘lgan yoshlar terma jamoasi safida Estoniyaga qarshi 19 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Yevropa chempionati saralash bosqichiga qarshi o‘yinda debyut qildi[11]. Umuman olganda, 2012-yildan 2013-yilgacha u Angliyaning 19 yoshgacha boʻlgan terma jamoasida 8 ta oʻyin oʻtkazgan[11].
Shaxsiy hayoti
tahrirOʻKonnell Angliya ayollar terma jamoasi futbolchisi Aleks Grinvud bilan bilan yashaydi[12].
Statistika
tahrir- 2020-21-yilgi mavsum oxiri
Klub | Mavsum | Liga | FA Kubogi | EFL Kubogi | Boshqa | Jami | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | ||
Blackburn Rovers | 2012-13[13] | EFL Championati | 0 | 0 | — | 0 | 0 | — | 0 | 0 | ||
2014-15[14] | Championat | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | — | 1 | 0 | ||
Jami | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | — | 1 | 0 | |||
Rotherham United (ijara) | 2012-13[13] | EFL Ikkinchi Ligasi | 3 | 0 | 2 | 0 | — | — | 5 | 0 | ||
York City (ijara) | 2012-13[13] | Ikkinchi Liga | 18 | 0 | — | — | — | 18 | 0 | |||
Rochdale (ijara) | 2013-14[15] | Ikkinchi Liga | 38 | 0 | 4 | 0 | 1 | 0 | 2 | 0 | 45 | 0 |
2014-15[14] | EFL Birinchi Ligasi | 29 | 5 | — | — | 2 | 0 | 31 | 5 | |||
Jami | 67 | 5 | 4 | 0 | 1 | 0 | 4 | 0 | 76 | 5 | ||
Brentford | 2014-15[14] | Championat | 0 | 0 | — | — | 0 | 0 | 0 | 0 | ||
2015-16[16] | Championat | 16 | 1 | 1 | 0 | 1 | 0 | — | 18 | 1 | ||
Jami | 16 | 1 | 1 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 18 | 1 | ||
Sheffield United | 2016-17[17] | Birinchi Liga | 44 | 4 | 2 | 1 | 1 | 0 | 3 | 1 | 50 | 6 |
2017-18[18] | Championat | 46 | 0 | 1 | 0 | 1 | 0 | — | 48 | 0 | ||
2018-19[19] | Championat | 41 | 3 | 0 | 0 | 1 | 0 | — | 42 | 3 | ||
2019-20[20] | Premer Liga | 33 | 0 | 2 | 0 | 0 | 0 | — | 35 | 0 | ||
2020-21[21] | Premer Liga | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | 2 | 0 | ||
2021-22[22] | Chempionat | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | 0 | 0 | ||
Jami | 166 | 7 | 5 | 1 | 3 | 0 | 3 | 1 | 177 | 9 | ||
Umumiy faoliyatida | 270 | 13 | 12 | 1 | 6 | 0 | 7 | 1 | 296 | 15 |
Manbalar
tahrir- ↑ „Former player joins Rochdale“ (en). Pitchero (2013-yil 22-iyul). 2020-yil 6-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 6-aprel.
- ↑ „Jack of the Rovers“ (en). Pitchero (2011-yil 13-may). 2020-yil 21-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 6-aprel.
- ↑ „Jack O'Connell“ (en). Blackburn Rovers F.C.. 2015-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Rovers reward O'Connell“ (en). Sky Sports (2012-yil 29-may). 2020-yil 6-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 6-aprel.
- ↑ „Blackburn Rovers 0-1 Scunthorpe United“ (en). BBC Sport (2014-yil 12-avgust). 2020-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 6-aprel.
- ↑ „Sheffield United sign Jack O'Connell and John Fleck“ (en). BBC Sport (2016-yil 8-iyul). 2019-yil 23-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 6-aprel.
- ↑ „Bolton Wanderers 1-0 Sheffield United“ (en). BBC Sport (2016-yil 6-avgust). 2019-yil 2-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 6-aprel.
- ↑ „Jack O'Connell: Sheffield United defender signs contract extension“ (en). BBC Sport (2017-yil 15-noyabr). 2019-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 6-aprel.
- ↑ „Sheffield United promoted to Premier League after Leeds draw“ (en). BBC Sport (2019-yil 28-aprel). 2020-yil 7-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 6-aprel.
- ↑ „Bournemouth 1-1 Sheffield United: Billy Sharp snatches late equaliser for Blades“ (en). BBC Sport (2019-yil 10-avgust). 2020-yil 6-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 6-aprel.
- ↑ 11,0 11,1 11,2 „Jack O'Connell“ (en). The Football Association. 2014-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Fiona Tomas. „England defender Alex Greenwood savouring double promotion with boyfriend ahead of World Cup“ (en). The Daily Telegraph (2019-yil 3-iyun). 2020-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 6-aprel.
- ↑ 13,0 13,1 13,2 „Games played by Jack OʻConnell in 2012/2013“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2015-yil 19-avgust.
- ↑ 14,0 14,1 14,2 „Games played by Jack OʻConnell in 2014/2015“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2017-yil 2-may.
- ↑ „Games played by Jack OʻConnell in 2013/2014“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2015-yil 19-avgust.
- ↑ „Games played by Jack OʻConnell in 2015/2016“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2016-yil 20-may.
- ↑ „Games played by Jack OʻConnell in 2016/2017“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2017-yil 16-iyul.
- ↑ „Games played by Jack OʻConnell in 2017/2018“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2018-yil 28-may.
- ↑ „Games played by Jack OʻConnell in 2018/2019“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2019-yil 26-iyun.
- ↑ „Games played by Jack OʻConnell in 2019/2020“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2021-yil 20-avgust.
- ↑ „Games played by Jack OʻConnell in 2020/2021“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2021-yil 20-avgust.
- ↑ „Games played by Jack OʻConnell in 2021/2022“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2021-yil 20-avgust.