Jacques Tits
Jacques Tits (talaffuzi: Jak Tits) (1930-yil 12-avgustda tugʻilgan) — belgiyalik-fransiyalik matematik. Guruh teoriyasi va insidentlik geometriyasi sohalaridagi ishlari bilan tanilgan. 1993-yil Wolf mukofoti, 2008-yil John Thompson bilan birgalikda Abel mukofoti bilan taqdirlangan[2].
Jacques Tits | |
---|---|
Tavalludi |
12-avgust 1930-yil Uccle, Brussel Poytaxt Regioni, Belgiya |
Vafoti | 5-dekabr 2021[1] |
Istiqomat joylari | Fransiya |
Fuqaroligi |
Belgiya (1930-1974) Fransiya (1974-yildan) |
Sohasi | Matematika |
Ish joylari |
Brussels erkin universiteti Brussel Vrije universiteti Bonn universiteti Fransiya kolleji Fransiya fanlar akademiyasi |
Akademik rahbarlari | Paul Libois |
Mashhur shogirdlari |
Francis Buekenhout Jens Carsten Jantzen Karl-Otto Stöhr |
Mashhur ishlari | Tits imorati, Tits alternativasi, Tits guruhi, Tits oʻlchovi |
Mukofotlari |
Wolf mukofoti (1993) Cantor medali (1996) Abel mukofoti (John Thompson bilan birgalikda) (2008) |
Tits 1930-yilda Brussel Poytaxt Regionining Uccle kommunasida tugʻilgan. Brussel erkin universitetida tahsil olgan. 1950-yilda ayni universitetda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1974-yilda Fransiya fuqaroligini qabul qilgan.
U 1956-1964-yillarda Brussel erkin universitetida, 1964-1974-yillarda Bonn universitetida dars bergan. 1974-yildan boshlab Fransiya kollejida ishlagan, 2000-yilga kelib kesa yoshga chiqqani uchun lavozimini tark etgan. Olim Tits imorati, Tits alternativasi, Tits guruhi hamda Tits oʻlchovi kabi tushunchalar muallifidir.
Tits 2021-yil 5-dekabrda 91 yoshida Parijning 13-okrugida vafot etgan[3].
Manbalar
tahrir- ↑ (unspecified title)
- ↑ „Thompson and Tits share the Abel Prize for 2008“. The Niels Henrik Abel Memorial Fund (2008-yil 17-may). — „The Norwegian Academy of Science and Letters has decided to award the Abel Prize for 2008 to John Griggs Thompson, University of Florida and Jacques Tits, Collège de France. This was announced by the Academy’s President, Ole Didrik Lærum, at a press conference in Oslo today. Thompson and Tits receives the Abel Prize "for their profound achievements in algebra and in particular for shaping modern group theory".“. 2008-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 20-may.
- ↑ „MatchID - Moteur de recherche des décès“.
Havolalar
tahrir- Biography at the Abel Prize site (Wayback Machine saytida 2020-02-18 sanasida arxivlangan) (pdf)
- List of publications at the Université libre de Bruxelles