Jahonshoh, Mirzo Jahonshoh (15-asr) — qora qoʻyunlilar sulolasiga mansub hukmdor, Qora qoʻyunlilar davlati asoschisi — Qora Yusufning oʻgʻli. J. 1437 yil temuriylardan Shohrux tomonidan Ozarbayjonga hokim etib tayinlanib, Gruziya hududining talaygina qismini zabt etgan. Shoxrux vafot etgach esa Temuriylar davlatiga qarshi yurish qilib Eronning anchagina qismini va Xurosonni qoʻlga kiritgandan soʻng, Oq qoʻyunlilar davlatiga hujum qilgan, ammo, Uzun Hasan tomonidan tor-mor etilib, qochgan va 1467 yil qoʻlga olinib, qatl etilgan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil