Jakub Krako (7-iyul, 1990-yil; Žilina; Žilina viloyati) — slovak togʻ changʻichisi, besh karra paralimpiya chempioni. Koʻrishda nuqsoni boʻlgan sportchilar toifasida ishtirok etadi. Beshta paralimpiya oʻyinlari ishtirokchisi.

Jakub Krako
Shaxsiy maʼlumotlari
Fuqaroligi Slovakiya bayrogʻi Slovakiya
Tavallud sanasi 7-iyul 1990-yil (1990-07-07) (33 yosh)
Žilina viloyati, Slovakiya
Sport
Qaysi sport Togʻ changʻi sporti

Tarjimai holi

tahrir

Jakub Krako 1990-yil 7-iyulda tugʻilgan. Bratislavadagi Iqtisodiyot universitetida tahsil olgan[1].

Faoliyati

tahrir

2006-yilda Turindagi paralimpiya oʻyinlarida debyut qilgan. Oʻsha paytda slovakiyalik sportchi 15 yoshda boʻlgan. Krako koʻrishda nuqsoni boʻlgan sportchilar orasida super-G toifasida oltinchi oʻrinni egallagan[2].

2009-yilda Krako Janubiy Koreyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida qatnashib, togʻ changʻisining slalom yoʻnalishida chempion boʻlgan. Shuningdek, gigant slalom va superkombinatsiyada kumush, super-G toifasida bronza medalini qoʻlga kiritgan[2].

2010-yilda Yakub Krako katta muvaffaqiyatga erishgan. Vankuverda uch karra paralimpiya chempioniga aylangan. Slalom, superkombinatsiya va gigant slalomda gʻolib chiqqan. Super-G toifasidagi musobaqada esa kumush medal sohibiga aylangan. Tezkor tushish bahslarida ham ishtirok etib, toʻrtinchi oʻrinni egallagan[2].

2011-yilda Sestriere shahrida boʻlib oʻtgan jahon chempionatida Yakub Krako slalom boʻyicha chempionlik unvonini himoya qilishga muvaffaq boʻlgan. Jamoaviy baslarda ham qatnashib, bronza medalini qoʻlga kiritgan. Gigant slalom va superkombinatsiyada ikkita kumush medalni qoʻlga kiritgan[2].

2013-yilda Ispaniyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida slovakiyalik paralimpiyachi medalni qoʻlga kirita olmagan. Uning Mazkur chempionatdagi eng yaxshi natijasi gigant slalom yoʻnalishida toʻrtinchi oʻrinni egallaganligi boʻlgan[2].

Sochida boʻlib oʻtgan paralimpiya oʻyinlarida Yakub Krako tezkor tushish bahslarida toʻrtinchi oʻrinni egallagan. Ertasiga super-G musobaqasida oltin medalni qoʻlga kiritgan. 15-mart kuni gigant slalomda ikkinchi oʻrinni egallagan[2].

2015-yilda Kanadada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida Krako medallarni qoʻlga kirita olmagan. Gigant slalomda yettinchi oʻrinni egallagan. Ikki yil oʻtgach, Italiyada slovakiyalik sportchi uchta medalni qoʻlga kiritgan: Super-G boʻyicha kumush, superkombinatsiya va slalomda bronza[2].

Manbalar

tahrir
  1. „Vancouver 2010 profile“ (en). 2010-yil 9-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 21-mart.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 2,6 „Jakub Krako - Alpine Skiing | Paralympic Athlete Profile“ (en). International Paralympic Committee. 2022-yil 5-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-may.