Jambul (tuman, Shimoliy Qozogʻiston viloyati)

Jambul tumani — Shimoliy Qozogʻiston viloyatining shimoli-gʻarbida joylashgan hudud. Avvalgi Presnov va Jambul tumanlarini biriktirishi natijasida (1997) tashkil topdi. Maydoni 7,46 ming km2. Aholisi 23,397 kishi (2013), oʻrtacha zichligi 1 km2-ga 3,1 kishidan toʻgʻri keladi (2013). Tuman markazi — Presnovka qishlogʻi. Tuman hududidan gʻarbdan sharqqa tomon davlat ahamiyatiga ega Qoʻstanay — Petropavlovsk avtomobil yoʻli, shimoldan janubga tomon Qorgʻan — Novoishim temir yoʻli oʻtadi.

Jambul tumani
qoz. Жамбыл ауданы
tuman
Tarkibida Shimoliy Qozogʻiston viloyati
Maʼmuriy markazi Presnovka
Asos solingan sanasi 1970
Rasmiy tillar qozoq, rus
Aholi (2013)
23,397[1]
(4 % )
Zichligi 3,1 kishi./km²
Millatlar tarkibi Qozoqlar - 47,85%
Ruslar - 37,17%
Ukrainlar - 7,85%
Olmonlar - 3,11%
Tatarlar - 1,27%
Beloruslar - 0,67%
Chechenlar - 0,34% [2][3]
Dinlar tarkibi Musulmonlar, Xristianlar
Maydoni 7,470 km²
Jambul tumani xaritada
Soat mintaqasi UTC+6
Telefon kodi +7 71544[4]
Avtomobil raqami kodi T, 15
Rasmiy sayti http://zhb.sko.kz

AholisiTahrirlash

Tuman aholisi 23,397 kishi (2013), oʻrtacha zichligi 1 km2-ga 3,1 kishidan toʻgʻri keladi (2013)

Tuman aholisining milliy tarkibi (1-yanvar 2010-yil)[2][3]:

IqlimiTahrirlash

Iqlimi keskin kontinental. Qishi sovuq, yozi issiq. Yanvar oyidagi oʻrtacha harorat −18 — 19 °C, iyulda 20 °C. Ayrim yillarda qishda −40 °C qahraton, iyulda esa 40 °C-dan yuqori darajada issiq boʻladi. Yogʻingarchilikning yillik oʻrtacha miqdori 300 mm-dan 350 mm-gacha boʻladi. Uning asosiy qismi yilning iliq mavsumida yogʻadi. Tumanda doimo shamol esib turadi. Yozda shimoliy va gʻarbiy shamollar, qishda janubi-gʻarbiy shamollar esadi. Ularning oʻrtacha tezligi 4 — 4,5 m/s, yozda esa issiq kunlari esadigan shamolning tezligi. 6 – 10 m/s.

ManbalarTahrirlash