James Arthur (talaffuzi: Jeyms Artur) (1944-yil 18-mayda tugʻilgan) — kanadalik matematik. Avtomorfik shakllar sohasidagi ishlari bilan tanilgan. 2015-yil Wolf mukofoti bilan taqdirlangan.

James Arthur
Tavalludi 18-may 1944-yil (1944-05-18) (79 yosh)
Hamilton, Ontario, Kanada
Fuqaroligi Kanada
Sohasi Matematika
Ish joylari Yale universiteti
Duke universiteti
Toronto universiteti
Taʼlimi Toronto universiteti
Yale universiteti
Akademik rahbarlari Robert Langlands
Mashhur ishlari Arthur–Selberg iz formulasi
Arthur gipotezalari
Mukofotlari John L. Synge mukofoti (1987)
Jeffery–Williams mukofoti (1993)
CRM-Fields-PIMS mukofoti (1997)
Henry Marshall Tory medali (1997)
Gerhard Herzberg fan va muhandislik oltin medali (1999)
Wolf mukofoti (2015)
Leroy P. Steele mukofoti (2017)

Arthur 1962-yil Upper Canada kollejini tamomlagan. 1966-yil Toronto universitetidan B.Sc. darajasini, 1967-yil ayni universitetidan M.Sc. darajasini olgan. 1970-yil Robert Langlands rahbarligida Yale universitetidan Ph.D. darajasini olgan.

Olim Arthur–Selberg iz formulasi bilan tanilgan. Xususan, u Arthur–Selberg iz formulasini reduktiv guruhlar uchun umumlashtirgan. Shuningdek, olim reduktiv guruhlar boʻyicha Arthur gipotezalari muallifidir.