James Franck

James Franck - nemis fizigi elektronlarni atomlar bilan toʻqnashuvi ni isbotlagan olim. Nobel mukofoti laureati

James Franck (talaffuzi: Jeyms Frank) (1882.26.8, Gamburg — 1964.21.5, Gyottingen) — nemis fizigi. London qirollik jamiyati aʼzosi (1964). Geydelberg universitetida oʻqigan (1901—1902). Berlin universitetini tugatgan (1906), ugla yerda 1917-yilgacha ishlagan, professor (1916-yildan). Berlin kimyo instituti fizika boʻlimini boshqargan (1917—21). Gyotting Fizika instituti direktori (1921—34), Xopkins universiteti professor (1935—36), Chikago universiteti professor (1938—47). Ilmiy ishlari atom va yadro fizikasi, molekulyar spektroskopiyaga oid. Gustav Ludwig Hertz bilan simob bugʻi atomlarini elektronlar zarbi bilan uygʻotish va ionlashtirish boʻyicha qator eksperimentlar oʻtkazib (Frank — Gers tajribasi) (1912—14), atom energetik sathlarining diskretligini isbotlovchi va Bor atom nazariyasini tasdiqlovchi elektronlarning atomlar bilan toʻqnashish qonunlarini kashf etdi. Flyuoressensiya, fotokimyoviy jarayonlarni oʻrgangan. Nobel mukofoti laureati (1925)[1][2].

James Franck
Tavalludi 26-avgust 1882-yil
Vafoti 21-may 1964-yil
Gyottingen
Fuqaroligi nemislar

Manbalar

tahrir
  1. Nobel mukofoti sovrindorlari
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil