James David Garner (talaffuzi: Jeyms Devid Garner) (2001-yil 13-martda tugʻilgan) — angliyalik professional futbolchi. James Garner Angliya Premer-ligasi vakili „Everton“ futbol klubi va Angliyaning 21 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasida markaziy yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

James Garner
Garner 2017-yilda
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi James David Garner[1]
Tavallud sanasi 13-mart 2001-yil (2001-03-13) (23 yosh)[2][3]
Tavallud joyi Birkenhead, Merseyside, Angliya
Boʻyi 1.86 m[4]
Ampluasi markaziy yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Everton
Raqami 37
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2009—2018 Manchester United
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2018—2022 Manchester United 2 (0)
2020—2021Watford (ijara) 20 (0)
2021Nottingham Forest (ijara) 20 (4)
2021—2022Nottingham Forest (ijara) 41 (4)
2022 Everton 5 (0)
Milliy terma jamoa
2018

Angliyaning 17 yoshgacha boʻlgan

oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi
7 (0)
2018—2019

Angliyaning 18 yoshgacha boʻlgan

oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi
7 (0)
2019

Angliyaning 19 yoshgacha boʻlgan

oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi
5 (3)
2020

Angliyaning 20 yoshgacha boʻlgan

oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi
1 (0)
2021

Angliyaning 21 yoshgacha boʻlgan

oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi
9 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 29-oktyabr uchun)

Klublardagi oʻyin faoliyati tahrir

Manchester United tahrir

Dastlabki faoliyat yillari tahrir

James Garner Merseysidedagi Birkenhead shahrida tugʻildi. James Garner 8 yoshgacha boʻlgan „Manchester UnIted“ futbol klubining yoshlar akademiyasiga qoʻshildi. James Garner dastlab 15 yoshigacha markaziy himoyachi sifatida oʻynadi va undan keyin yarim himoyachi pozitsiyasiga oʻtdi[5]. James Garner 2016—2017-yilgi mavsum oxirida „Manchester United“ futbol klubining 18 yoshgacha boʻlgan futbolchilar jamoasi uchun ilk oʻyinlarini „Arsenal“ va „ Blackburn Rovers“ futbol klublariga qarshi oʻyinlarda oʻtkazdi. James Garner 2017-yil iyul oyida klub asosiy jamoasi bilan akademiya bitiruvchisi sifatida shartnoma imzoladi. 2017—2018-yilgi mavsumda James Garner „Manchester United“ futbol klubi Premer-liga chempioni boʻlganida barcha musobaqalarda (24 ta oʻyinda) toʻrtta gol urdi. Ammo, James Garner terma jamoa safida ham oʻynayotganligi uchun „Chelsea“ futbol klubiga qarshi musobaqa finalini oʻtkazib yubordi.

2018—2019-yilgi mavsum tahrir

"Manchester United" futbol klubi 2018—2019-yilgi mavsumda UEFA Chempionlar Ligasi guruh bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtganligi sababli, James Garner 12-dekabr kuni „Valencia“ futbol klubiga qarshi guruhdagi soʻnggi oʻyinida asosiy jamoa tarkibiga qoʻshildi. James Garner „Manchester United“ futbol klubining 2018—2019-yilgi Angliya kubogi 3-raundida 2019-yil 5-yanvarda „Reading“ futbol klubiga qarshi oʻyinda oʻrinbosar sifatida tayinlandi.

15-mart kuni James Garner klub bilan imzolangan shartnoma muddatini uzaytirdi va bu shartnoma James Garnerni „United“ safida 2022-yilning iyuniga qadar qoldirdi[6].

2019—2020-yilgi mavsum tahrir

James Garner akademiyadagi hamkasblari Angel Gomes, Tahith Chong va Mason Greenwood bilan birga asosiy jamoaning yozgi gastrollariga qatnashdi[7]. James Garner „Perth Glory“ futbol klubiga qarshi birinchi mavsumoldi oʻyinining 83-daqiqasida zaxiradan maydonga tushib, oʻzining ilk golini kiritishga muvaffaq boʻldi[8].

2020—2021-yilgi mavsum: Watford (ijara) tahrir

2020-yil 18-sentyabrda James Garner „Watford“ futbol klubi jamoasi bilan mavsumiy ijara shartnomasini imzoladi[9]. Xisco Muñoz „Watford“ futbol klubi bosh murabbiyi etib tayinlanganidan soʻng 2021-yilning 30-yanvarida James Garnerning ijarasi bekor qilindi[10].

Nottinham Forest (ijara) tahrir

2021-yilning 30-yanvarida James Garner 2020—2021-yilgi mavsumning qolgan qismi uchun „Nottinham Forest“ futbol klubi jamoasiga ijaraga oʻtdi[11][12]. James Garner klubdagi birinchi golini 2021-yil 26-fevralda Pride Park stadionida (1:1 hisobi bilan yakunlangan) „Derby County“ futbol klubi darvozasiga kiritdi[13]. Mavsum yakunlangach, James Garner mavsumoldi mashgʻulotlarini oʻtkazish uchun „Manchester United“ futbol klubiga qaytdi. 2021-yil 22-avgustda James Garner „Manchester United“ futbol klubi bilan shartnomasini uzaytirganidan soʻng, 2021—2022-yilgi mavsum uchun „Nottinham Forest“ futbol klubiga bir mavsumga ijaraga qaytdi[14]. Keyingi mavsum oldidan „Manchester United“ futbol klubi James Garner sotuvga qoʻyilganini eʼlon qildi, bu qaror muxlislarning jiddiy eʼtiroziga sabab boʻldi[15].

Everton tahrir

2022-yil 1-sentyabrda James Garner „Everton“ futbol klubi bilan 9 million funt sterling evaziga 4 yillik shartnoma imzoladi[16].

Xalqaro oʻyinlardagi faoliyati tahrir

James Garner Angliyaning 17 yoshgacha, 18 yoshgacha, 19 yoshgacha, 20 yoshgacha va 21 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar milliy futbol terma jamoalari tarkibida xalqaro maydonda Angliya sharafini himoya qildi[17]. James Garner 2018-yilgi 17 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi UEFA Yevropa chempionatining yarim finaliga chiqqan Angliyaning 17 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasiga sardorlik qildi[18].

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub Mavsum Liga Angliya kubogi Liga kubogi Boshqa Jami
Boʻlim Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Manchester United U21 2019—2020 2 1 2 1
2020—2021 1 0 1 0
Jami 3 1 3 1
Manchester United 2018—2019 Angliya Premer-ligasi 1 0 0 0 0 0 0 0 1 0
2019—2020 Angliya Premer-ligasi 1 0 0 0 1 0 4 0 6 0
2020—2021 Angliya Premer-ligasi 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
2021—2022 Angliya Premer-ligasi 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
Jami 2 0 0 0 1 0 4 0 7 0
Watford (ijara) 2020—2021 Chempionat 20 0 0 0 1 0 21 0
Nottingham Forest (ijara) 2020—2021 Chempionat 20 4 0 0 0 0 20 4
2021—2022 Chempionat 41 4 4 0 1 0 3 0 49 4
Jami 61 8 4 0 1 0 3 0 69 8
Everton 2022—2023 Angliya Premer-ligasi 5 0 0 0 0 0 5 0
Umumiy 88 8 4 0 3 0 4 0 6 1 105 9

Manbalar tahrir

  1. „2018/19 Premier League squads confirmed“. premierleague.com. Premier League (3-sentabr 2018-yil). 2-fevral 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-fevral 2019-yil.
  2. „James Garner“. Soccerbase. 28-fevral 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-fevral 2019-yil.
  3. Chandy, Alex. „Who is James Garner? Man Utd youngster profiled after being called up to first-team“. Daily Mirror (27-fevral 2019-yil). 27-fevral 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-fevral 2019-yil.
  4. „James Garner“. Nottingham Forest F.C.. 2-mart 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-mart 2022-yil.
  5. Leventhal. „Where does James Garner fit into Watford's crowded midfield?“. The Athletic (21-sentabr 2020-yil). Qaraldi: 21-sentabr 2020-yil. (subscription required)
  6. Marshall. „Garner signs new deal with United“. ManUtd.com. Manchester United (15-mart 2019-yil). 2019-yil 3-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-mart 2019-yil.
  7. Froggatt, Mark. „Confirmed: Ole's travelling squad for Tour 2019“. ManUtd.com. Manchester United (7-iyul 2019-yil). Qaraldi: 13-iyul 2019-yil.
  8. Froggatt, Mark. „Rashford and Garner score as United beat Perth Glory“. ManUtd.com. Manchester United (13-iyul 2019-yil). Qaraldi: 13-iyul 2019-yil.
  9. Marshall, Adam. „Loan move sealed for Garner“. ManUtd.com (18-sentabr 2020-yil). Qaraldi: 18-sentabr 2020-yil.
  10. „Manchester United midfielder James Garner set for new loan after Watford deal terminated“. manchestereveningnews.com (30-yanvar 2021-yil). Qaraldi: 30-yanvar 2021-yil.
  11. „James Garner: Manchester United youngster joins Nottingham Forest on loan“. BBC Sport (30-yanvar 2021-yil). Qaraldi: 30-yanvar 2021-yil.
  12. „Garner becomes a Red“. Nottingham Forest FC (30-yanvar 2021-yil). Qaraldi: 30-yanvar 2021-yil.
  13. „Derby 1-1 Nottingham Forest“. BBC (26-fevral 2021-yil). Qaraldi: 28-fevral 2021-yil.
  14. „Garner signs new deal and returns to Forest“. ManUtd.com (22-avgust 2021-yil). Qaraldi: 22-avgust 2021-yil.
  15. Hobkinson, Matthew. „'Absolute disgrace' - Man Utd fans fume as club accepts Everton's Garner bid“. Manchester Evening News (31-avgust 2022-yil). Qaraldi: 1-sentabr 2022-yil.
  16. „Garner signs for Everton“. Everton FC (1-sentabr 2022-yil). Qaraldi: 1-sentabr 2022-yil.
  17. „James Garner“. besoccer.com. Qaraldi: 27-sentabr 2022-yil.
  18. Marsh, Charlotte. „Who are Man Utd's first team teens?“. Sky Sports (27-fevral 2019-yil). 28-fevral 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-fevral 2019-yil.