James McCarthy (talaffuzi: Jeyms Makkarti; 1990-yil 12-noyabrda Shotlandiyada tugʻilgan) — shotlandiyalik futbolchi, Shotlandiyaning „Celtic“ futbol klubi va Irlandiya terma jamoasi yarim himoyachisi.

James McCarthy
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi James Patrick McCarthy
Tavallud sanasi 12-noyabr 1990-yil (1990-11-12) (33 yosh)
Tavallud joyi Glasgow, Shotlandiya
Boʻyi 1.80m
Ampluasi himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Celtic
Raqami 16
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Hamilton Academical
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2006—2009 Hamilton Academical 95 (13)
2009—2013 Wigan Athletic 120 (7)
2013—2019 Everton 108 (6)
2019—2021 Crystal Palace 49 (0)
2021— Celtic 15 (0)
Milliy terma jamoa
2007 Irlandiya Respublikasi U17 3 (1)
2007 Irlandiya Respublikasi U18 2 (2)
2007—2008 Irlandiya Respublikasi U19 2 (0)
2008—2011 Irlandiya RespublikasiU21 7 (1)
2010— Irlandiya Respublikasi 43 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(15-oktyabr uchun)

Klublardagi faoliyati tahrir

James McCarthyning birinchi professional futbol klubi „Hamilton Academical“ boʻlib, u yerda 2006-yilda oʻynay boshlagan. James McCarthy jamoada 100 dan ortiq oʻyin oʻtkazgan[1].

2009-yil 16-iyulda Angliyaning „Wigan Athletic“ futbol klubidan James McCarthyni sotib olish taklifi tushgan va futbolchi besh kundan keyin „Wigan Athletic“ futbol klubiga ko‘chgan. Transfer narxi 1,2 million funt sterlingni tashkil etgan[2]. James McCarthy „Wigan Athletic“ futbol klubida toʻrt mavsum davomida premyer ligada oʻynagan. 2012—2013-yilgi mavsumda u jamoa tarkibida Angliya kubogi sohibiga aylangan. Futbolchi 2013—2014-yilgi mavsumni „Wigan Athletic“ futbol klubida boshlagan, ammo 2-sentyabr kuni 13 million funt sterling evaziga mavsum boshlanishidan oldin „Wigan Athletic“ futbol klubi futbolchini „Everton“ futbol klubiga sotgan[3]. Umuman olganda, barcha turnirlarda James McCarthy 133 ta oʻyin oʻtkazib, 8 ta gol urgan. Futbolchining „Everton“ futbol klubidagi debyuti 2013-yilning 14-sentyabrida „Chelsea“ futbol klubiga qarshi oʻyinda amalga oshirgan. Shuningdek, 2013—2014-yilgi mavsumda James toʻrtta Angliya kubogi va bir marta Liga kubogi oʻyinida ishtirok etgan. 2014—2015-yilgi mavsumda James McCarthy premyer liganing 28 uchrashuvida maydonga tushib, ikkita gol urgan. Qolaversa, futbolchi faoliyatida ilk bor Yevropa ligasida maydonga tushgan edi[4].

Xalqaro faoliyati tahrir

2007-yilda James McCarthy Irlandiyaning 17 yoshgacha boʻlgan terma jamoasida oʻynash taklifini qabul qilgan. James McCarthy 2008-yilgacha Irlandiyaning turli yoshlar jamoalarida oʻynagan. 2008—2012-yillarda Irlandiya yoshlar terma jamoasi safida 7 oʻyin oʻtkazib, bitta gol urgan.

2010-yilning mart oyida u Irlandiya terma jamoasi safida Braziliyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida debyut qilgan. James McCarthy Irlandiya terma jamoasi safida Makedoniyaga qarshi EURO-2012 saralash oʻyinida maydonga tushgan.

Irlandiyaliklar uchun 2014-yilgi Jahon chempionati saralash turnirida James McCarthy 10 ta oʻyindan 9 tasida ishtirok etgan.

Statistika tahrir

Jamoa Mavsum Liga Milliy kubok Xalqaro kubok Boshqa Jami
Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Hamilton Academical 2006—2007 23 1 1 1 0 0 0 0 24 2
2007—2008 35 6 2 0 5 1 1 0 43 7
2008—2009 37 6 3 0 3 0 43 6
Jami 95 13 6 1 8 1 1 0 110 15
Wigan Athletic 2009—2010 20 1 3 1 1 0 24 2
2010—2011 24 3 1 0 2 0 27 3
2011—2012 33 0 0 0 1 0 34 0
2012—2013 38 3 4 0 0 0 42 3
2013—2014 5 0 1 0 6 0
Jami 120 7 8 1 4 0 1 0 133 8
Everton 2013—2014 34 1 4 0 1 0 39 1
2014—2015 28 2 0 0 1 0 8 0 37 2
2015—2016 3 0 0 0 0 0 0 0 3 0
Jami 65 3 4 0 2 0 8 0 79 3
Umumiy faoliyatida 280 23 18 2 14 1 10 0 322 26

Manbalar tahrir

  1. „https://www.celticfc.com/news/2021/august/Double-signing-delight-as-Joe-Hart-and-James-McCarthy-join-Celtic/“.
  2. „McCarthy agrees £1.2m Wigan move“ (en). BBC Sport (2009-yil 20-iyul). 2013-yil 5-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 6-avgust.
  3. „Blues Confirm Five Deals“ (en). Официальный сайт ФК «Эвертон» (2013-yil 2-sentyabr). 2015-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 6-avgust.
  4. „http://www.independent.ie/sport/soccer/face-of-the-future-1252257.html“.