Jammu
Jammu — Hindistonning shim.dagi shahar. Jammu va Kashmir shtatida, Tavi daryosi vodiysida. Shtatning ikkinchi maʼmuriy markazi (qishki qarorgoh). Aholisi 250 mingdan ziyod kishi (1990-yillar oʻrtalari). Himolay togʻlari etagidagi muhim transport yoʻllari tuguni. Savdo markazi. Kimyo, toʻqimachilik sanoati, hunarmandchilik rivojlangan. Ipak yigirish, sholi oqlash korxonalari bor. Kulolchilik buyumlari, dori-darmon, rezina va charmdan turli buyumlar ishlab chiqariladi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |