Jane Birkin
Jane Mallory Birkin (/ˈbɜːrkɪn/; 1946-yil 14-dekabr – 2023-yil 16-iyul) – britaniyalik-fransuz aktrisasi va qoʻshiqchisi. Birkin aktrisa sifatida, asosan fransuz kinosida sermahsul karyeraga ega edi.
Jane birkin | |
---|---|
Birkin 1970-yilda | |
Tavalludi |
Jane Mallory Birkin 14-dekabr 1946-yil Marylebone, London, Angliya |
Vafoti |
16-iyul 2023-yil (76 yoshda) Parij, Fransiya |
Fuqaroligi |
|
Taʼlimi | Upper Chine School, Isle of Wight |
Kasbi |
|
Faoliyat yillari | 1965–2023 |
Unvoni | Britaniya imperiyasi ordeni |
Turmush oʻrtogʻi |
John Barry (turm. 1965; ajr. 1969) |
Bolalari | |
Otasi | David Leslie Birkin |
Onasi | Judy Campbell |
Londonda tugʻilgan Birkin aktrisa sifatida karyerasini boshlagan boʻlib, Mikelanjelo Antonionining "Blowup" (1966) va "Kaleydoskop" (1966) filmlarida kichik rollarda qatnashgan. 1968-yilda "Slogan" filmida Serge Gainsbourg bilan birga suratga tushayotganda tanishgan, bu esa ularning koʻp yillik shaxsiy munosabatlarining boshlanishiga asos boʻlgan[1]. Keyinchalik juftlik 1969-yilda "Jane Birkin/Serge Gainsbourg" nomli debyut albomini chiqarishgan shuningdek Birkin 1976-yilda Gainsbourg rejissyorligidagi "Je tʼaime moi non plus" filmida ham rol ijro etgan. Jane Birkin asosan Fransiyada faoliyat yuritgan va u yerda yirik yulduzga aylangan, aktrisa baʼzida ingliz tilidagi filmlarda ham qatnashgan. Bular orasida Agatha Christie qalamiga mansub "Death on the Nile" (1978) va "Evil Under the Sun" (1982) asarlari asosida suratga olingan filmlar, shuningdek, James Ivoryning "A Soldier’s Daughter Never Cries" (1998) kabi filmlar kiradi.
Birkin 1960-yillarning oxiridan boshlab asosan Fransiyada yashab, Fransiya fuqaroligini qoʻlga kiritgan[2][3]. U birinchi eri John Barry bilan fotograf Kate Barryning, Serge Gainsbourg bilan aktrisa va qoʻshiqchi Charlotte Gainsbourgning hamda Jacques Doillon bilan musiqachi Lou Doillonning onasi hisoblanadi. Aktrisa oʻz ismini Hermèsga oʻz ismini Birkin qoʻl sumkalarida foydalanish huquqini bergan.
1980-yilda Gainsbourg bilan ajralgandan soʻng, Birkin ham aktrisa, ham qoʻshiqchi sifatida faoliyatini davom ettirdi. U turli xil filmlarda ishtirok etdi va koʻplab yakkaxon albomlar yozdi. 2016-yilda Akademiya mukofotiga nomzod boʻlgan "La femme et le TGV" qisqa metrajli filmida bosh rolni ijro etdi va bu uning oxirgi kino roli sifatida tarixda qoldi.
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „From The Archive: When Vogue Captured Jane Birkin & Serge Gainsbourg In Love“ (en-GB). British Vogue (2020-yil 8-aprel). Qaraldi: 2020-yil 20-aprel.
- ↑ „Franco-British singer and actress Jane Birkin dies in Paris aged 76“. Euronews (2023-yil 16-iyul). — „A naturalised French citizen, Birkin moved to France in the late 1960s“.
- ↑ Décugis, Jean-Michel. „Jane Birkin est morte à l'âge de 76 ans“ (fr) (2023-yil 16-iyul). Qaraldi: 2023-yil 16-iyul.
Havolalar
tahrirWikimedia Commonsda Jane Birkin mavzusiga oid fayllar bor. |
- Official website (archived, 9 February 2019)
- Jane Birkin AllMusicda
- Jane Birkin IMDbda
- Jane Birkin diskografiyasi Discogsda
- CNN interview with Jane Birkin