Janna d’Ark (fransuzcha: Jeanne d’Arc), Orlean qizi (taxminan 1412-yil, Domremi qishlogʻi – 30-may 1431-yil, Ruan) – Fransiyaning milliy qahramoni. Oddiy dehqon oilasida tugʻilgan, yoshligidan taqvodor boʻlib oʻsgan. Yuz yillik urush (1337— 1453) davrida ingliz bosqinchilariga qarshi fransuz xalqining umumxalq kurashiga rahbarlik qilib, urushda tubdan burilish yasalishiga sababchi boʻlgan.

Janna dʼArk
Tavalludi 6-yanvar 1412[1][2]
Vafoti 30-may 1431[3]
Fuqaroligi Kingdom of France
Otasi Jacques d'Arc
Onasi Isabelle Romée

Inglizlar tomonidan Orlean shahri qamal qilinganda qamalga qarshi ishtiroki va qatʼiyati uchun fransuz millatining himoyachisi sifatida ulugʻlangan. Yuz yillik urush davrida Fransiya qiroli Karl VIIning toj kiyish marosimida ishtirok etgan. U ilohiy kuch yordamida harakat qilayotganini daʼvo qilib, fransuz qoʻmondonlaridan ustun oʻrinlarda turgan va Fransiyaning qutqaruvchisi sifatida eʼtirof etilgan harbiy rahbarga aylangan.

Janna Fransiya shimoli-sharqida joylashgan Domremi shahrida mulkdor dehqon oilasida tugʻilgan. 1428-yilda u Fransiyani ingliz hukmronligidan qutqarish uchun avliyo Maykl, Avliyo Margaret va Avliyo Ketrinning vahiylari unga mujda yuborib, janglarga rahbarlik qilganini eʼlon qiladi. Qirol Charlz oldiga olib borishni soʻraydi. Charlz qizning fidoyiligini koʻrib, uning taklifiga koʻnadi. Oʻn yetti yoshli Jannani yordamchi qoʻshin bilan birga Orlean qamaliga yuboradi. Janna 1429-yilning aprel oyida shaharga yetib keladi. Fransuz bayrogʻini baland koʻtarib, ruhiy tushkunlikka tushgan fransuz armiyasiga umid olib keladi. Janna kelganidan toʻqqiz kun oʻtgach, inglizlar qamalni toʻxtatishadi. Janna fransuzlarni Luara yurishi paytida inglizlarni tajovuzkorlik bilan taʼqib qilishga undaydi, bu esa Patayda yana bir hal qiluvchi gʻalaba bilan yakunlanadi. Natijada fransuz armiyasining Reymsga qarshiliklarsiz oldinga siljishi uchun yoʻl ochiladi. Reymsda Charlz Fransiya qiroli sifatida toj kiyadi. Toj kiyish marosimida Janna ham qatnashadi. Bu gʻalabalar fransuzlar ruhiyatini koʻtarib, Yuz yillik urushdagi bir necha oʻn yillar ichida fransuzlar erishgan buyuk gʻalabalarga yoʻl ochadi.

Orlean qamalini eshitgach, u Vokuler shahriga kelib, qalʼa boshligʻini oʻzining zimmasiga Fransiyani inglizlardan xalos etish vazifasi yuklatilganligiga ishontira oldi. Erkakcha kiyingan va qurollangan Janna katta qiyinchiliklar bilan valiaxd shahzoda Karl qabuliga kirib (1429-yil fevral) uni keskin harbiy harakatlarni boshlashga daʼvat eta olgan. Yoshgina qizaloqqa fransuz qoʻshiniga qoʻmondonlik qilish topshirilgach, Janna dʼArk ilohiy mujdalar yordamida birin-ketin ajoyib gʻalabalarni qoʻlga kirita boshlagan. Janna dʼArk kamaldagi Orleanni xalos qilgach (1429-yil 8-may), unga Orlean qizi nomi berilgan. Pate yonidagi jangdagi gʻalaba (1429-yil 18-iyun), Shampan grafligini ozod qilinishi uning obroʻsini yanada oshishiga sabab boʻlgan. Janna Reymsni ozod qilib valiaxd Karl VII ni Fransiya qiroli deb eʼlon qilgan va unga toj kiydirish marosimini oʻtkazgan (1429-yil 17-iyul). Janna dʼArkning oddiy xalq va askarlar oʻrtasida obroʻsi oshib ketishi qirol va saroy aristokratiyasiga yoqmagan. Uni harbiy harakatlarga rahbarlik qilishdan chetlatganlar. Kompyen ostonalarida boʻlgan jangda Janna dʼArk inglizlarga ittifoqchi boʻlgan burgundlar tomonidan asir olingan (1430-yil 24-may) va Burgundiya gersogi uni 10000 livrga inglizlarga sotgan. 1430-yil oxirida inglizlar Janna dʼArkni Ruan shahriga keltirib, cherkov sudiga topshirganlar. Çerkov sudi uni dahriylik va jodugarlikda ayblagan. Janna dʼArkni Ruanning markaziy maydonida yoqishgan.

Yuz yillik urush tugagach, Fransiyada chaqirilgan Oqlov jarayonida Janna dʼArkning aybcizligi tula isbotlangan (1456). Rim papasi keyinchalik uni avliyolar qatoriga qoʻshgan (1920). Hozirgi kunda Janna qatl etilgan joy oq but chekilgan marmartosh bilan belgilangan. U haqida juda koʻp ilmiy va badiiy asarlar yaratilgan. Friedrich Schiller „Orlean qizi“, A. Frans „Janna d’Ark tarixi“, George Bernard Shaw „Avliyo Janna“ pyesaxronikalarini yozishgan. Mark Twainning „Janna d’Ark“ tarixiy romani oʻzbek tilida nashr qilingan (T., 1965).

Manbalar

tahrir
  1. — С. 82.
  2. // (unspecified title) — С. 21-31.
  3. — С. 92.

Adabiyot

tahrir
  • Qahramon Rajabov. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar

tahrir