Janubiy Dongting koʻli (xitoycha: 南洞庭湖), „Yanszi daryosining marvaridlari“ nomi bilan ham tanilgan[1] — Xitoyning Hunan provinsiyasi shimolida, Dongting koʻli hududida joylashgan yirik chuchuk suvli koʻl. Janubiy Dongting koʻli dunyodagi barcha botqoq yerlar umumiy maydonining taxminan sakkizdan bir qismini tashkil etadi[2]. Koʻl xalqaro miqyosda muhim botqoqlik sifatida qabul qilingan.

Geografiyasi

tahrir

Janubiy Dongting koʻli Dongting koʻlining janubi-gʻarbiy qismida joylashgan boʻlib, maydoni 1680-kvadrat kilometrni tashkil etadi. Hunan janubiy Dongting koʻli qoʻriqxonasi (qisqacha Janubiy Dongting koʻli qoʻriqxonasi) Xunan viloyati shimolidagi Dongting koʻlida , Yiyang shahridan 25-km va Yuanjiang shahridan 5-km uzoqlikda joylashgan. Maʼmuriy hududga Yuanjiang shahri, Ziyang tumani va Xeshan tumani kiradi. Muhofaza qilinadigan hudud ichki suv-botqoq yerlari boʻlib, suv-botqoq yerlarning asosiy turlari qatoriga: koʻllar, doimiy daryolar, sunʼiy botqoq yerlar va boshqalar kiradi. U 2, 3, 5 va 6-sonli xalqaro ahamiyatga ega botqoqliklarni belgilash standartlariga javob beradi. Yoʻqolib borayotgan turlarni asrab qolish maqsadida ushbu koʻl hududida 1997-yilda viloyat qoʻriqxonasi tashkil etildi va 2002-yilda u xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan suv-botqoq yerlari roʻyxatiga kiritilgan.

Ekotizim

tahrir

Janubiy Dongting koʻli ajoyib ekologik muhitga ega. Janubiy Dongting koʻli hududida 863-turdagi botqoq oʻsimliklari , 164-turdagi qushlar va 114-turdagi baliqlar yashaydi . Ular orasida birinchi darajali milliy muhofaza qilinadigan hayvonlarning 10-dan ortiq turlari mavjud, xususan, xitoy baliq turlari, oq turna , qalpoqli turna, xitoy mergansori ular sirasiga kiradi. Xuzjouning qamish maydoni 24 000-gektarni tashkil etadi, bu dunyodagi eng katta qamishzor hisoblanadi.

Maxsus oziq-ovqat

tahrir

Xuzjouda oʻsadigan yovvoyi selderey , qushqoʻnmas va boshqa shu hududda oʻsadigan oʻsimliklar haqiqiy yovvoyi yashil taomlar boʻlib, odamlar tomonidan qadrlanadi.

Manbalar

tahrir
  1. "South Dongting Lake, The pearl of the Yangtze River (Wayback Machine saytida 2019-04-03 sanasida arxivlangan) Guangming Daily. 2018-08-15 .
  2. He Ping; Wang Baozhong "Landscape ecological assessment and eco-tourism development in the South Dongting Lake Wetland, China Journal of Environmental Sciences, China. 2003. iOS press.