Janubiy Koreyada tibbiy turizm
Janubiy Koreya – 2009-yildan boshlab tibbiy turizm markaziga aylandi va shu vaqtdan 2019-yilgacha 2,76 milliondan ortiq chet ellik bemorlarni oʻziga jalb etdi[1]. Janubiy Koreyada tibbiy yordam izlayotgan bemorlar soni bir qator sabablar tufayli ortib bormoqda. Bular orasida tibbiy xizmatlarning arzonligi, yuqori sifatli tibbiy xizmatlar koʻrsatilishi, qisqa kutish muddatlari, hamda davolanish bilan dam olish va sayohatni uygʻunlashtirgan turistik paketlar mavjudligi kabi omillar bor[2].
Asosiy tarmoqlari
tahrirKoʻplab koreys shifokorlari a’zo ko‘chirib o‘tkazish, saraton kasalligini davolash, yurak va qon tomir kasalliklarini davolash hamda parvarish qilish, umurtqa pog‘onasi kasalliklari, bepushtlik, an’anaviy koreys tibbiyoti va plastik jarrohlik sohalariga ixtisoslashgan..
Aʼzo koʻchirib oʻtkazish
tahrirA’zo donorlik va jigar ko‘chirib o‘tkazish boʻyicha xalqaro roʻyxatga koʻra, 2014-yilda million koreys fuqarosiga nisbatan 18 nafar bemor tirik donordan jigar koʻchirib oʻtkazish amaliyotini olgan, bu dunyo boʻyicha eng yuqori koʻrsatkich hisoblanadi[3]. AQShda bu koʻrsatkich 85% boʻlsa, Koreyada jigar koʻchirib oʻtkazish operatsiyalarining muvaffaqiyat darajasi 92% ni tashkil etadi[3]. Koreyada aʼzo koʻchirib oʻtkazishning umumiy 5 yillik yashab qolish darajasi 86,72% ni, 11 yillik yashab qolish darajasi esa 80,44% ni tashkil qiladi[4].
Saraton kasalligini davolash
tahrirJanubiy Koreya Milliy saraton nazorati maʼlumotlariga koʻra, Koreyadagi barcha saraton kasalliklarining 5 yillik hayotda qolish darajasi 1990-yillardagi 43 foizdan 2017-yilda 70,4 foizgacha koʻtarilgan boʻlib, bu koʻrsatkich IQTK mamlakatlarining oʻrtacha koʻrsatkichidan yuqori hisoblanadi[5]. Janubiy Koreyada qalqonsimon bez saratoni uchun 5 yillik nisbiy hayotda qolish darajasi 100 foizni[6], prostata saratoni uchun esa 93,3 foizni tashkil etgan. Koʻkrak bezi saratoni boʻyicha eng koʻp klinik sinov tajribasiga ega boʻlgan koreyalik sogʻliqni saqlash mutaxassislari koʻkrak bezi, bronx va oʻpka saratonini davolashda ilgʻor usullarni qoʻllashlari bilan tanilgan[3]. Faqatgina 2019-yilning oʻzida 11 226 nafar xorijiy bemor – bu oʻtgan yilga nisbatan 45 foiz koʻp – saraton kasalligini davolash uchun Koreyaga tashrif buyurgan. Bemorlarning eng koʻp qismi Rossiyadan (29,4%) boʻlib, keyingi oʻrinlarda Qozogʻiston (17,7%), Xitoy (14,5%), Amerika Qoʻshma Shtatlari (10,5%), Moʻgʻuliston (7,7%), Birlashgan Arab Amirliklari (5,1%) va boshqa mamlakatlardan (15,0%) kelgan bemorlar turadi[4].
Plastik jarrohlik
tahrirXalqaro Estetik Plastik Jarrohlik Jamiyati (ISAPS)[7] tomonidan 2014-yilda oʻtkazilgan tadqiqotga koʻra, Janubiy Koreya dunyoda aholi jon boshiga eng koʻp kosmetik jarrohlik amaliyotlari oʻtkaziladigan mamlakat hisoblanadi[8]. 2022-yildagi soʻrovnomaga koʻra esa, plastik jarrohlar soni boʻyicha beshinchi oʻrinni egallagan. Kosmetik maqsadlarda tibbiy yordam olish uchun Koreyaga tashrif buyurgan xorijiy bemorlar soni 2018-yilda 464 452 nafarga yetib, bu 2017-yildagi[9] 397 882 nafardan 16,7 foiz koʻp boʻlgan. Koʻplab xorijiy bemorlar Koreyada kosmetik maqsadlarda plastik jarrohlik amaliyotini oʻtkazsalar-da, aksariyat qismi mamlakatga normal funksiya va tashqi koʻrinishni tiklash uchun bajariladigan rekonstruktiv jarrohlik uchun keladi[10]. Aksariyat xorijiy bemorlar Koreyaga yuz kuyishlarini davolash uchun tashrif buyurishadi, shuningdek, shilinish, kesilish, suyak sinishi, kuyish va amputatsiya[11] kabi jarohatlarni ham davolatishadi. Jarrohlik texnologiyasining rivojlanishi bilan Koreya yetakchi tibbiy xayriya dasturlariga ham hissa qoʻshmoqda. Masalan, 2013-yilda Seuldagi Avliyo Merining shifoxonasi burni boʻlmagan moʻgʻul bolasi Neru Guining rekonstruktiv jarrohlik amaliyoti uchun barcha xarajatlarni toʻlagan. Unga nafas olishda yordam berish uchun jarrohlar 3D bosma texnologiyasidan foydalangan holda yangi sunʼiy burun yaratishgan[12].
Tibbiy koʻrik
tahrirKoreyslar Milliy sog‘liqni saqlash sug‘urtasi xizmati (NHIS) tomonidan qoplanadigan bepul tibbiy koʻriklardan foydalanishadi[13]. Janubiy Koreyadagi tekshiruvlar odatda boshqa mamlakatlarda qoplanmaydigan MRT, KT va kolonoskopiya kabi usullarni oʻz ichiga oladi[3]. Keng qamrovli tekshiruvlar tufayli Koreyaga faqat tibbiy koʻrik uchun tashrif buyuruvchi chet ellik bemorlar soni 2010-yildagi 9 911 tadan 2016-yilda 41 316 tagacha koʻpaydi[14].
Chet ellik bemorlarning kelib chiqishi
tahrirSog‘liqni saqlash va farovonlik vazirligi qoshidagi hukumatga qarashli Koreya sogʻliqni saqlash sohasini rivojlantirish instituti (KHIDI) maʼlumotlariga koʻra, xorijiy statsionar va ambulator bemorlar soni 2009-yilda 139 mamlakatdan 60 201 nafar bemor boʻlgan boʻlsa, 2019-yilga kelib 198 mamlakatdan 2 760 553 nafar bemorga yetgan. Faqatgina 2019-yilning oʻzida 497 464 nafar chet ellik bemor davolanish uchun Koreyaga tashrif buyurgan[15]. Xitoylik bemorlar soni eng koʻp boʻlib, undan keyin Yaponiya, AQSH, Rossiya va Moʻgʻulistondan kelgan bemorlar oʻrin olgan[16]. Ichki kasalliklar boʻyicha eng katta oʻsish 26,1% ni tashkil etgan, undan keyin plastik jarrohlik (35,1%), dermatologiya (33,8%), tibbiy koʻrik (31,4%), akusherlik va ginekologiya (67,6%) hamda ortopedik jarrohlik (9,2%) yoʻnalishlarida oʻsish kuzatilgan[17].
Hukumat tashabbuslari: Koreya tibbiyoti
tahrir2009-yilda KHIDI sogʻliqni saqlash sohasini rivojlantirish va sogʻliqni saqlash xizmatini takomillashtirish maqsadida[3] professional va tizimli yordam koʻrsatish uchun Koreya tibbiy texnologiyalarini ifodalovchi „Smart Keyr“ shiori ostida „Tibbiy Koreya“ nomli Koreya tibbiy brendini tashkil etdi[18]. „Tibbiy Koreya“ konferensiyalar, koʻrgazmalar, shuningdek, tibbiy sayohat dasturlarini osonlashtirish va jamoat salomatligi xizmatlarini rivojlantirish kabi boshqa targʻibot tadbirlari orqali Koreyada tibbiy turizmni rivojlantirishga katta hissa qoʻshdi[3]. Faqatgina 2019-yilning oʻzida u hozirga qadar eng yuqori koʻrsatkich boʻlgan 497 000 dan ortiq bemorni jalb etishga erishdi[18].
Janubiy Koreya shifoxonalarining xorijdagi ishtirokini kengaytirish
tahrir2016-yilda Tibbiy xizmatlarni chet elga kengaytirish va xalqaro bemorlarni jalb qilishni qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi qonun (Prezidentning 27241-sonli farmoni)[19] qabul qilinganidan soʻng, KHIDI Koreya tibbiyot muassasalariga xorijiy bemorlarga xizmat koʻrsatishda faol rol oʻynay boshladi va 2016-2020-yillar oraligʻida 20 ta mamlakatga 91 ta tibbiy xizmat va texnologiyani eksport qildi[20]. KHIDI tibbiyot muassasalarining global kengayish loyihalari uchun maslahat xizmatlarini koʻrsatdi, mamlakatga tibbiyot mutaxassislarini jalb qilishda yordam berdi hamda Koreya tibbiyot muassasalari va xorijdagi diplomatik vakolatxonalar oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirdi[21].
Tibbiy turizmni qoʻllab-quvvatlash markazlari
tahrirJanubiy Koreya boʻylab joylashgan tibbiy turizmni qoʻllab-quvvatlash markazlarini KHIDI, Koreya turizm tashkiloti (KTO) va mahalliy hokimiyatlar boshqaradi. 2018-yil 18-dekabrda Inchxon xalqaro aeroportida KHIDI tomonidan boshqariladigan yangi tibbiy turizmni qoʻllab-quvvatlash markazi ochildi. Bu markaz xorijiy bemorlarni aeroportga kelishi bilanoq tibbiyot mutaxassislarining maslahatlari bilan taʼminlaydi. KHIDI 2021-yil 29-fevralda Seul Turizm Maydonida ochgan boshqa tibbiy turizmni qoʻllab-quvvatlash markazida tibbiy sayyohlar uchun tibbiy koʻrgazma markazi mavjud[22]. Markaz, shuningdek, bemorlarga Koreyadagi kasalxonalar va yaqin atrofdagi restoranlarni topishda hamda joy band qilishda yordam beradi[23].
Chet ellik bemorlarni himoya qilish boʻyicha hukumat qoidalari
tahrirSogʻliqni saqlash tizimini chet elda kengaytirish va xalqaro bemorlarni jalb qilishni qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi qonun
tahrirXorijiy bemorlarni jalb qilish uchun ortiqcha toʻlovlarni cheklash va ularga koʻproq imtiyozlar berish maqsadida[24], Koreya hukumati xorijiy bemorlar uchun „Sogʻliqni saqlash tizimini chet elga kengaytirish va xalqaro bemorlarni jalb qilishni qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida“gi qonunni taklif etdi. Agar roʻyxatdan oʻtmagan shifoxona roʻyxatga olinganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasisiz chet ellik bemorlarni jalb qilishga urinsa, u uch yilgacha qamoq jazosi va 30 million von miqdorida jarima bilan jazolanadi[25].
2016-yildan boshlab, barcha roʻyxatdan oʻtgan tibbiyot muassasalari tibbiy xatolar uchun javobgarlik sugʻurtasiga obuna boʻlishlari shart qilib belgilangan[26]. Bu Sogʻliqni saqlash va farovonlik vazirligi tomonidan xalqaro bemorlarning huquqlari va xavfsizligini taʼminlash maqsadida amalga oshirilgan. Shu bilan birga, vazirlik chet ellik bemorlar Koreyadagi tibbiyot muassasalarida xavfsiz va sifatli tibbiy yordam olishlarini kafolatlash uchun roʻyxatdan oʻtgan muassasalar ustidan nazoratni kuchaytirdi.
Kasalxona akkreditatsiya dasturi
tahrirKoreyada sogʻliqni saqlash sifatini oshirishning yana bir muhim qoidasi Sogʻliqni saqlash va farovonlik vazirligi tomonidan joriy etilgan Xorijiy bemorlarga xizmat koʻrsatadigan shifoxonalar uchun Koreya akkreditatsiya dasturi (KAHF) hisoblanadi[27]. Ushbu dastur tibbiyot muassasalari tomonidan koʻrsatiladigan tibbiy va notibbiy xizmatlar sifatini 35 ta standart va 149 ta mezon asosida baholashni oʻz ichiga oladi[28].
- Baholash kategoriyasi[28]
- Xalqaro bemorlar uchun maxsus xizmatlar: xalqaro bemorlarni jalb qilish samaradorligi va ularni boshqarish tizimi, tibbiyot sohasidagi mutaxassislar, bemor huquqlarini himoya qilish, tibbiy nizolar
- Bemorlar xavfsizligi tizimi: Bemorlar xavfsizligini taʼminlash, davolash jarayonini nazorat qilish, dori-darmonlarni boshqarish, yuqumli kasalliklarni nazorat qilish va shifoxona inshootlarini samarali boshqarish
Boshqa meʼyorlari
tahrirSogʻliqni saqlash va farovonlik vazirligi 2016-yilda chet ellik bemorlarni olib keluvchi va yuqori toʻlovlar talab qiluvchi noqonuniy vositachilarni jazolash boʻyicha qoidalarni eʼlon qildi[29]. Sogʻliqni saqlash tizimini chet elda kengaytirishni qoʻllab-quvvatlash va xalqaro bemorlarni jalb qilish toʻgʻrisidagi qonunga koʻra, roʻyxatdan oʻtmagan vositachilar uch yilgacha qamoq jazosi va 30 million von miqdorida jarima bilan jazolanadi, noqonuniy vositachi haqida xabar bergan har qanday shaxs esa 10 million vongacha mukofotlanadi[30]. Bundan tashqari, Sogʻliqni saqlash va farovonlik vazirligida tibbiy muassasa sifatida roʻyxatdan oʻtgan shifoxonalar xalqaro bemorlarga kosmetik muolajalar uchun 10% QQS qaytarimini taqdim etishga haqli[31]. 2016-yilda joriy etilgan[32] bu qaytarim tizimi 2022-yil 31-dekabrgacha uzaytirildi[33]
Mukofotlar
tahrirKoreya sogʻliqni saqlash sohasiga qoʻshgan hissasi uchun mukofotlarga sazovor boʻldi:
- IMTJ Awards – Health and Medical Tourism: Destination of year 2018[34]
- IMTJ Awards – Health and Medical Tourism: Destination of year 2019[35]
- IMTJ Awards – Best Medical Travel Website 2019
- IMTJ Awards – Outstanding Response to COVID-19 2020[36]
- 6th Porter Prize for Excellence in CSV 2019[37]
- Healthcare Revolution Innovation Awards 2018[38]
- Healthcare Asia Medtech Awards – Corporate Social Responsibility Program of the Year 2021[39]
Manbalar
tahrir- ↑ „10년간 한국 찾은 외국인 환자 276만명, 진료 수입 3조원“ (ko). 한의신문. Qaraldi: 2021-yil 8-noyabr.
- ↑ SEO, Byung Ro; PARK, Sam-Hun (August 2018). "Policies to Promote Medical Tourism in Korea: A Narrative Review". Iranian Journal of Public Health 47 (8): 1077–1083. ISSN 2251-6085. PMID 30186778. PMC 6123590. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=6123590.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 3,5 „Medical Korea: Promoting the excellence of Korean medical services“ (en). gulfnews.com. Qaraldi: 2021-yil 8-noyabr.
- ↑ 4,0 4,1 "2019년도 장기등 이식 및 인체조직 기증 통계연보". Korean Network for Organ Sharing: 22. 2020.
- ↑ „In Seoul, A Plastic Surgery Capital, Residents Frown On Ads For Cosmetic Procedure“ (en). NPR.org. Qaraldi: 2021-yil 8-noyabr.
- ↑ Shen. „Here are the vainest countries in the world“ (en-US). Business Insider. Qaraldi: 2021-yil 8-noyabr.
- ↑ „Medical screening often ends up representing status symbols here“ (ko). KBR (2017-yil 13-mart). Qaraldi: 2021-yil 8-noyabr.
- ↑ "2017년 외국인환자 유치사업의 경제적 유발효과 비교분석(최종보고서)". Korea Health Industry Development Institute: 4. September 2017.
- ↑ "Statistics on International Patients in Korea". Korea Health Industry Development Institute: 6. 2019.
- ↑ "Statistics on International Patients in Korea". Korea Health Industry Development Institute: 12. 2019.
- ↑ "Statistics on International Patients in Korea". Korea Health Industry Development Institute: 18. 2019.
- ↑ „"K-방역으로 한국 의료 우수성 확인… 중증치료 선도할 것"“ (ko). bizn.donga.com. Qaraldi: 2021-yil 8-noyabr.
- ↑ „Statutes of the Republic of Korea“. elaw.klri.re.kr. Qaraldi: 2021-yil 8-noyabr.
- ↑ „코로나19에도 韓 의료 해외진출 ↑…91건 달성“ (ko). www.mdtoday.co.kr (2021-yil 20-aprel). Qaraldi: 2021-yil 8-noyabr.
- ↑ „[New Year Special Korean healthcare gears up for new decade of global business“] (ko). KBR (2020-yil 3-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 8-noyabr.
- ↑ „진흥원, 우리 의료기술 알리는 한국의료홍보관 개관“ (ko). 민족의학신문 (2021-yil 30-aprel). Qaraldi: 2021-yil 8-noyabr.
- ↑ Töre. „Medical Tourism Support Center Opens at Incheon International Airport, Korea“ (en-gb). ftnnews.com. Qaraldi: 2021-yil 8-noyabr.
- ↑ 18,0 18,1 „Statutes of the Republic of Korea“. elaw.klri.re.kr. Qaraldi: 2021-yil 8-noyabr.
- ↑ „진흥원, 우리 의료기술 알리는 한국의료홍보관 개관“ (ko). 민족의학신문 (2021-yil 30-aprel). Qaraldi: 2021-yil 8-noyabr.
- ↑ Töre. „Medical Tourism Support Center Opens at Incheon International Airport, Korea“ (en-gb). ftnnews.com. Qaraldi: 2021-yil 8-noyabr.
- ↑ „"외국인환자 유치, 한국의료 신뢰도 제고가 우선"“ (ko). 헬스코리아뉴스 (2019-yil 15-mart). Qaraldi: 2021-yil 8-noyabr.
- ↑ „Seoul toughens rule for unregistered clinics luring foreign patients“ (ko). KBR (2021-yil 1-aprel). Qaraldi: 2021-yil 9-noyabr.
- ↑ „Ministry of Health & Welfare : News & Welfare Services > Press Release View Content“. www.mohw.go.kr. Qaraldi: 2021-yil 8-noyabr.
- ↑ „Ministry of Health & Welfare : Policies > Global Cooperation“. www.mohw.go.kr. Qaraldi: 2021-yil 8-noyabr.
- ↑ „데일리메디 복지부, 외국인환자 유치 의료기관 지정기준 개정·완화“. www.dailymedi.com. Qaraldi: 2021-yil 8-noyabr.
- ↑ „"해외환자 불법 브로커 근절"…신고포상금제 등 도입“ (ko). 매경헬스 (2015-yil 26-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 8-noyabr.
- ↑ „New act cracks down on illegal medical brokers“ (en). Korea JoongAng Daily. Qaraldi: 2021-yil 8-noyabr.
- ↑ 28,0 28,1 „외국인환자 부가가치세 환급제도“ (ko). www.bokuennews.com. Qaraldi: 2021-yil 8-noyabr.
- ↑ „The IMTJ Medical Travel Award Winners 2020“ (en-GB). IMTJ Medical Travel Awards 2020. Qaraldi: 2021-yil 8-noyabr.
- ↑ „'CSV 포터상' 영광의 얼굴들“ (ko). The Dong-a Ilbo (2019-yil 5-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 8-noyabr.
- ↑ „Korea Health Industry Development Institute nabs Corporate Social Responsibility Program of the Year“ (en). Healthcare Asia Magazine. 2021-yil 9-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-noyabr.
- ↑ Chen, Yue-Yang (2022-11-23). „Understanding the Acceptance Intention for Consumers toward Using E-VAT (Value-Added Tax) Refund System“. RA JOURNAL OF APPLIED RESEARCH. 08-jild, № 11. doi:10.47191/rajar/v8i11.03. ISSN 2394-6709.
- ↑ 안, 준 (2020-04-30). „2019년 유체기계 연구동향“. The KSFM Journal of Fluid Machinery. 23-jild, № 2. 65–66-bet. doi:10.5293/kfma.2020.23.2.065. ISSN 2287-9706.
- ↑ Settle, Amber; Davis, Karen (2020-01-17). „SIGCSE technical symposium 2020 travel award winners“. ACM SIGCSE Bulletin. 52-jild, № 1. 6–8-bet. doi:10.1145/3380469.3380473. ISSN 0097-8418.
- ↑ Rai, Anu (2019), „Kolkata: A Medical Tourism Destination in Eastern India“, Global Perspectives on Health Geography, Cham: Springer International Publishing, 43–66-bet, ISBN 978-3-319-73271-8, qaraldi: 2024-08-06
- ↑ Dalha, Sunusi; Babangida, Ibrahim (2020-09-04), „IMMUNE RESPONSE TO COVID-19 INFECTION“, COVID-19 Pandemic update 2020, Royal Book Publishing, 108–127-bet, qaraldi: 2024-08-06
- ↑ Duffin, Jacalyn (2019-06-07), „Commemorating Excellence: The Nobel Prize and the Secular Religion of Science“, Attributing Excellence in Medicine, BRILL, 17–38-bet, ISBN 978-90-04-40642-1, qaraldi: 2024-08-06
- ↑ „Highlights from the 2018 Ted Freedman Awards“. Healthcare Quarterly. 21-jild, № 2. 2018-07-31. 14–16-bet. doi:10.12927/hcq.2018.25628. ISSN 1929-6347.
- ↑ Jankalova, Miriam; Janka, Radoslav (2017-03-22). „Corporate Social Responsibility in the Context of National Awards for Social Responsibility in the Slovakia and Czech Republic“. New Trends and Issues Proceedings on Humanities and Social Sciences. 3-jild, № 4. 190–197-bet. doi:10.18844/gjhss.v3i4.1565. ISSN 2547-8818.