Inson organlari va to'qimalarini transplantasiya qilish

Inson organlari va toʻqimalarini transplantasiya qilish — Hech qanday tijorat yoki gʻarazgoʻylik maqsadlarsiz kelishilgan rozilik asosida insonning hayotligida yoki uning jasadidan organlar va toʻqimalarni tibbiy yoʻl bilan jarrohlik operasiyasi yordamida amalga oshiriladigan jarayondir. Transplantatsiyaning eng keng tarqalgan turi qon quyishdir. Har yili millionlab bemorlarni davolash uchun qon quyish qoʻllaniladi. Organ transplantatsiyasi, qon quyishdan farqli oʻlaroq, immun tizimini (immunitetni susaytiruvchi vositalar, shu jumladan kortikosteroidlar) va infektsiya ehtimoli, transplantatsiya qilingan organni rad etish va boshqa jiddiy asoratlarni, shu jumladan oʻlimning oldini olishga qaratilgan katta jarrohlik muolajasidir. Hayotiy organi ishlamay qolgan bemorlar uchun transplantatsiya omon qolishning yagona imkoniyati sanaladi. Tirik donorlardan olingan toʻqimalar va organlar odatda sogʻlomligi sababli afzal hisoblanadi. Koʻp holatlarda ildiz hujayralari (suyak iligi yoki qondan) va buyraklar tirik donorlardan olinadi. Odatda, buyrakni donordan xavfsiz olish mumkin, chunki tananing ikkita buyragi bor va hatto bitta buyrak bilan ham normal ishlashga qodir. Tirik donorlar jigar, oʻpka yoki oshqozon osti bezining faqat bir qismini berishlari mumkin. Tirik donorlardan olingan organlar odatda yigʻib olingandan keyin bir necha daqiqada transplantatsiya qilinadi.

Hozirgi vaqtda mamlakatda tibbiyot sohasidagi transplantasiya institutini tartibga soluvchi normativ-hujjatlar bazasini takomillashtirish va rivojlantirish borasida bir qator ishlar olib borilmoqda. Amaldagi tartibga koʻra, inson organlari va toʻqimalarini transplantasiya qilishni tartibga soluvchi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining „Buyrak va (yoki) jigar boʻlagi hamda gemotopoetik suyak koʻmigi oʻzak hujayralarini transplantasiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida“gi № 859-son qarori[1]da Umumiy qoidalar, Transplantasiyaga nisbatan koʻrsatma va qarshi koʻrsatmalar, Transplantasiyani bajarish tartibi va yakunlovchi qoidalar oʻz aksini topgan. Mazkur qonun hujjatida transplantasiyani amalga oshirish jarayoni, standartlar va oʻzaro munosabatlar oʻz aksini topmaganligi sababli, Jahon tibbiyot assosiasiyasi va JSSTning rasmiy hujjatlari bilan tartibga solinadigan organlar va toʻqimalarni transplantasiya qilish tartibini hisobga olib xalqaro standartlarga muvofiq ishlab chiqiladigan va tijoratlashtirilishini umuman istisno etadigan „Inson organlari, toʻqimalari va (yoki) hujayralarini transplantasiya qilish toʻgʻrisida“gi qonunni qabul qilish va amaliyotga tatbiq etish talab etiladi[2].

Dunyo hamjamiyatidagi xalqaro qonun hujjatlar tahrir

  • JSSTning 2010-yildagi Inson organlari, toʻqimalari va hujayralarini transplantasiya qilish boʻyicha Rahbariy (Bosh) prinsiplar;
  • 1985-yildagi „Tirik organlar savdosi haqida“gi Butunjahon vrachlar Assosiasiyasi Murojaati;
  • Butunjahon vrachlar Assosiasiyasining tirik organizmlar savdosi toʻgʻrisidagi bayonoti (1985 y.),
  • 1987-yildagi „Organlar transplantasiyasi haqida“gi Butunjahon vrachlar Assosiasiyasi Deklarasiyasi;
  • 1994-yildagi „Inson organlarini transplantasiya qilishda vrachlarning xulqi masalalari“ boʻyicha Butunjahon vrachlar Assosiasiyasining Rezolyusiyasi;
  • 2004-yildagi „Milliy sogʻliqni saqlash organlari tomonidan samarali monitoringini amalga oshirish zarurligi haqida“gi Rezolyusiyasi.

Taraflar kelishuvi tahrir

Ikki taraf muvofiq kelgan taqdirda quyidagi shartlar asosida aʼzoni koʻchirish amaliyoti mumkin boʻladi:

  1. Biror aʼzosini hadya qiluvchi odamning aʼzosi olinganda uning hayoti xavf ostida qolmasligi;
  2. Oʻz aʼzosini hadya qiluvchi odam ixtiyoriy ravishda boʻlishi, hech kim tomonidan majbur qilinmasligi;
  3. Aʼzoning koʻchirilishiga sabab haqiqatan ham muhtoj boʻlgan bemorning kasalligi tibbiyot jihatidan faqat shu yoʻl bilangina tuzalishi mumkin degan xulosaga kelingan boʻlishi;
  4. Aʼzosi olinayotgan va yangi aʼzo qoʻyilayotgan ikki taraf uchun ham jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli tarzda oʻtishi va kutilgan natijaga erishilishi tajribalarda kuzatilgan va unga ishonch hosil qilingan boʻlishi zarur[3].

Transpllantatsiya uchun donorlar tahrir

  1. Koʻkrak qafasi:
  2. Yurak (faqat murda donor)
  3. Oʻpka (murda va tirik donor)
  4. Qorin boʻshligʻi:
  5. Buyrak (murda va tirik donor)
  6. Jigar (agar qisman jigar transplantatsiyasi zarur boʻlsa, oʻlikdan yoki bir nechta donordan butun jigar kerak boʻlsa, oʻlik va donor)
  7. Pankreas (faqat donorlar murda)
  8. Ichak (murda va tirik donor)
  9. Oshqozon (faqat donorlar murda)
  10. Jinsiy organ (murda va tirik donor)[4]

Koʻchirish mumkin boʻlmagan aʼzolar: tahrir

  • bir insonning nasli boshqasiga oʻtishiga sabab boʻladigan irsiy aʼzolar, shu sifatlarni tashuvchi va homilaga sabab boʻluvchi aʼzolar;
  • insonning yashashiga bevosita bogʻliq boʻlgan yurak kabi aʼzolar;
  • insonning toʻkis yashashiga bilvosita bogʻliq boʻlgan koʻz qorachigʻi kabi aʼzo[5].

Shuningdek, Oʻzbekistonda:

  • 18 yoshga toʻlmagan shaxslarga (bundan suyak iligini transplantasiya qilish hollari mustasno);
  • belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslarga, shuningdek ruhiy holatning buzilishlariga (ruhiy kasalliklarga) chalingan shaxslarga;
  • qamoqda yoki ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslarga;
  • I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga;
  • homilador ayollarga;
  • shaxsi aniqlanmagan shaxslarga;
  • muayyan yashash joyi boʻlmagan shaxslarga;
  • „Mehribonlik“, „Saxovat“ va „Muruvvat“ uylarida yashovchi shaxslarga;
  • aʼzosi va (yoki) toʻqimalari ilgari transplantasiya uchun olingan shaxslarga. Oʻzbekiston fuqarosi chet davlat fuqarosi boʻlgan resipient uchun donor boʻlishi mumkin emas. Transplantasiya qilinadigan inson aʼzolarini va (yoki) toʻqimalarini Oʻzbekistondan tashqariga olib chiqish taqiqlanadi[6].

Manbalar tahrir

  1. „O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Buyrak va (yoki) jigar bo'lagi hamda gemotopoetik suyak ko'migi o'zak hujayralarini transplantasiya qilish tartibi to'g'risidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida”gi №859-son qarori“ (o'zbek) (doc) (2017-yil 23-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 25-iyul.
  2. A.Binokulov. Inson organlari va to'qimalari (hujayralari)ni transplantasiya qilishni huquqiy tartibga solish va uni O'zbekiston Respublikasida rivojlantirish istiqbollari (o'zbek), 2020 — 9 bet. ISBN 2181-1415. 
  3. “Organlar transplantasiyasi haqida”gi Butunjahon vrachlar Assosiasiyasi Deklarasiyasi (rus), Milan, 1987 — 20 bet. ISBN 257-261. 
  4. „Organ transplantatsiyasi nima?“ (o'zbek). 2022-yil 25-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-iyul.
  5. Галибин О.В, Беляева И.Г.. Трансплантация органов, 2006 — 27 bet. 
  6. „Inson a'zolari transplantasiyasi qonun bilan tartibga solindi“ (o'zbek) (2022-yil 12-may). Qaraldi: 2022-yil 25-iyul.

Adabiyotlar tahrir

  1. Shimanovskiy Yu.K. Operatsii na poverxnosti chelovecheskogo tela.- Kiev, 1865, s.314.
  2. Problems of transplantation of human organs and tissues: international standards and international experience. RELIGACIÓN. REVISTA DE CIENCIAS SOCIALES Y HUMANIDADES. Nozimakhon Gafurova, Khasan Ochilov, Bobur Sobirov. Vol 4, No 16, Quito Trimestral, Junio 2019. pp. 714-719, ISSN 2477-9083
  3. Press Release, Health Res. and Servs. Admin., U.S. Dep’t of Health and Human Servs., HHS Will Expand Funds to Study Ways to Increase Organ and Tissue Donations (Apr. 17, 2001) (quoting Secretary of Health and Human Services Tommy G. Thompson), available at http://newsroom.hrsa.gov/releases/2001%20Releases/organgrant.htm.
  4. Pirogov N.I. O plasticheskix operatsiyax voobщe, o rinoplastike v osobennosti,- V kn.Sobranie sochineniy .M., 1957, t.1, s.100-101.
  5. Vsemirnaya organizatsiya zdravooxraneniya (VOZ). URL: http://www.who.int/transplantation/ru/.
  6. Istoriya otechestvennoy transplantologii. M.1985, s.15.
  7. Bogdanovskiy Ye.I. Opit perenosa kostey ot odnogo jivotnogo drugomu, Meditsinskiy vestnik, 1861, N 10, s.87.

Havolalar tahrir