Janubiy Orkni orollari
Janubiy Orkni orollari - Atlantika okeanining janubiy qismidagi bir tuda (4ta katta va 40tacha mayda) orol, Antarktikada. Maydon 621 km2. Yer yuzasi togʻlik (bal. 1266 m gacha), qor va muzlar bilan qoplangan. Oʻsimligi mox va lishayniklardan iborat. Dengiz qushlari va tyulenlar yashaydi. Doimiy aholisi yoʻq. Britaniya va Argentina davlatlariga qarashli ilmiy stansiyalar ishlab turibdi. Orol 1821-yilda ingliz va amerikalik sanoatchilar J. Pouell va N. Palmer tomonidan kashf qilingan.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |